Iqtisodiy ko’rsatgichlarni tasniflash mundarija



Download 140 Kb.
bet3/13
Sana11.04.2022
Hajmi140 Kb.
#543563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1.3 Iqtisodiy o\'sish omillari

QISHLOQ XO’JALIGI
Qishloq xo’jaligini isloh qilishni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari mamlakat hayoti va iqtisodiyotida agrar sohaning tutgan o’rni, mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, islohotni bosqichma-bosqich amalga oshirib borish va rivojlantirishning muhim ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqmoqda.
Qishloqda yangicha xo’jalik yuritish mexanizimining, qishloq xo’jaligini moliyalashtirish, kreditlash va sug’urta qilishning yangi tizimini, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot va qishloqqa keltiriladigan texnika, yoqilg’i va mineral o’g’itlar uchun bo’ladigan o’zaro xisob-kitobning asoslari ishlab chiqildi va tadbiq etildi. Qishloq xo’jalik korxonalarining iqtisodiy mustaqilligi kengaydi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2019 yilda jami qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlar xajmining asosiy qismi nodavlat sektori hissasiga to’g’ri keladi. Iqtisodiyotning agrar sektorida mustahkam va barqaror rivojlanish ta’minlandi.
Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish strukturasi tubdan o’zgardi. Qishloq xo’jaligida ekinlarni joylashtirishda ilmiy asoslangan usullar joriy etildi.
2019 yil yakuni bilan tumanda qishloq xo’jaligida 242,1 mlrd. so’mlik yalpi mahsulot ishlab chiqarildi yoki yalpi mahsulot ishlab chiqarish 2018 yilga nisbatan 109,6 foizga o’sdi.
2019 yil tumanda dexqonchilik maxsulotlaridan 59003 tonna don, 26008 tonna kartoshka, 47001 tonna sabzavot, 5604 tonna poliz mahsulotlari, 26502 tonna meva, 8702 tonna uzum yetishtirildi. Chorvachilik maxsulotlaridan 7700 tonna go’sht, 60000 tonna sut, 15706 ming dona tuxum ishlab chikarildi.
KAPITAL QURILISH
Mustaqillikka erishilgandan so’ng Respublika Hukumati tomonidan ijtimoiy infratuzulma tizimini mustahkamlash va bosqichma-bosqich qayta barpo etish ustuvor yo’nalish qilib belgilandi.
2019 yil yakuni bilan barcha manbalar hisobiga 61,5 mlrd.so’mlik kapital mablag’lar o’zlashtirilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 118,8 foizga o’sishga erishildi.
Shundan, 0,2 mlrd.so’m Respublika byudjeti, 2,5 mlrd.so’m korxona va tashkilotlar mablag’lari, 5,2 mlrd.so’m byudjetdan tashqari fondlar, 11,3 mlrd.so’m bank kreditlari, 0,3 mlrd so’mi chet el investitsiyalari, 29,1 mlrd.so’mi xususiy shaxslar mablag’lari hisobiga to’g’ri keldi.
Pudratchi tashkilotlar tomonidan o’z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmi 50,6 mlrd.so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 121,4 foiz o’sishga erishilgan.
2019 yilda barcha manbalar hisobidan amalda 93,0 ming kv.m. turar-joylar qurildi.
Shuningdek, 2019 yil davomida 21,0 km toza ichimlik suvi va 6,8 km tabiiy gaz tarmoqlari tortildi.
Tumanda ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo etish va mulkchilikni barcha shakllarini rivojlantirish uchun yetarli iqtisodiy sharoitlar yaratildi.
2019 yilning 1 yanvar holatiga 5 ta xisadorlik jamiyatlari, 749 ta xususiy korxonalar, 2093 ta dehqon va fermer xo’jaliklari, 6 ta qo’shma korxonalar, 405 ta boshqa mulk egalari faoliyat ko’rsatmoqda.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning 23,0 foizi xususiy korxonalar, 64,3 foizi dehqon fermer xo’jaliklari 0,2 foizi qo’shma korxonalar 12,5 foizi boshqa mulk shaklidagi korxonalardir.
Tumanda 2019 yilning 1 yanvar holatiga 2889 ta mikrofirma va 325 ta kichik korxonalar mavjud bo’lib, ularning 13,3 foizi savdo va umumiy ovqatlanish, 6,5 foizi sanoat, 0,2 foizi qurilish, 63,4 foizi qishloq xo’jaligi, 16,6 foizi boshqa korxonalardir.
Tumanda qishloq xo’jaligi va transport sohalari to’laligicha nodavlat mulk shakliga o’tkazildi.
Kichik va o’rta biznesni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlashga e’tibor kuchaytirildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ishlovchilarning o’rtacha bir oylik ish haqi tuman bo’yicha 2018 yilda 671124,9 so’mni tashkil etdi.2
Tumanda iqtisodiyotning moliyaviy muttanosibligi ta’minlandi. Mahalliy byudjetning daromad qismi bo’yicha barcha ko’rsatkichlar oshirib bajarilganligi tufayli byudjet to’lovlarini o’z vaqtida amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga alohida e’tibor berildi.
Umuman olganda iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish