1-bob. Iqtisodiy balandlik: mohiyat va omillar
1.1. Ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar
IJTIMOIY SOHA
Tumanda doimiy aholi soni 2019 yil 1 yanvar holatiga 277,3 ming kishini tashkil etdi yoki yil boshiga nisbatan 3,2 foizga o’sdi. Hukumatimiz tomonidan aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan tadbirlarning asosiy vazifalardan biri bu mehnatga layoqatli yoshdagi aholini ish joylari bilan ta’minlashdir.
Tumanda 79,0 ming nafar iqtisodiy faol aholi mavjud bo’lib, shundan 77,9 ming nafari mehnatda bandlar, 5,1 ming nafari doimiy ish bilan band bo’lmaganlarni tashkil etadi.
2018 yil davomida «Bandlikka ko’maklashish va axolini ijtimoiy muxofaza kilish» markaziga jami 4203 nafar fuqarolar ish so’rab murojaat etgan bo’lib, shundan 3955 nafari iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ish bilan ta’minlandi.
Bandlik» Dasturiga asosan tumanda 7150 ta rejalashtirilgan bulib, xaqiqatda 7170 ta yangi ish o’rinlari yaratildi, reja 100,3 foizga bajarildi.
Jumladan, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 2251 ta, uy mehnatini barcha shakllarini rivojlantirish hisobiga jami 2768 ta, yangi ob’ektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va faoliyatini kengaytirish hisobiga 368 ta, dexqon va fermer xujaliklarini rivojlantirish xisobiga 380 ta, ishlab chikarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish xisobiga 602 ta, ishlamasdan turgan,iktisodiy nochor, zarar kurib ishlayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, moliyaviy soglomlashtirish hisobiga 100 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Kasanachilik asosida ish o’rinlari yaratish topshirig’i 421 taga tumandagi korxonalarda bajarildi.
Xalq ta’limi, sog’liqni saqlash va madaniyat sohalarini rivojlantirishda ham sezilarli o’zgarishlar amalga oshirildi.1
Xozirgi kunda tumanda 72 ta umumta’lim maktablari, 47 ta maktabgacha tarbiya muassasalari, 1 ta akademik litsey va 10 ta kasb-hunar kollejlari faoliyat ko’rsatmoqda. Aholini bilim saviyasini oshirish va madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, tumanda 19 ta ommaviy kutubxonalar (axborot resurs markazlar), 7 ta madaniyat muassasalari va 1 ta kinoteatrlar xizmat qilmoqda. Tuman markazida joylashgan 1 ta teatr qaytadan ta’mirlanib zamonaviy tomoshaxonalardan biriga aylandi Tumanda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga katta e’tibor karatilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilar uchun tumanda 6 ta o’yingohlar, 56 ta sport zallari, va bir qator boshqa sport inshootlari faoliyat ko’rsatmoqda.
Tumanda keyingi yillarda sportning futbol, boks, suv sporti, tennis, karate, kurash, badiy gimnastika, velosport hamda og’ir atletika kabi turlari keng ommalashmoqda. Tuman hududidagi sog’lomlashtirishga mo’ljallangan 1 pansionat va 5 ta oromgox muassasalari faoliyat ko’rsatmoqda.
Tibbiyot xodimlarini ish haqlari xisoblashda ularning toifalari, zararli ishlar uchun qo’shimcha to’lovlar va ish stajlariga to’lovlarni xisobga olgan xolda to’liq tarifikatsiyadan o’tkazildi.
Shuningdek, tuman bo’yicha 6,8 km gaz tarmog’i va 21,0 km toza ichimlik suv quvurlari tortildi.
SANOAT
Chust tumanida 2019 yil davomida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi o’sishi bilan birga sanoat korxonalarida yangi ishchi o’rinlari yaratish, eskirgan texnologiyalarni modernizatsiya qilish ya’ni yangi texnologiyalarni olib kirish, yangi turdagi mahsulotlarni o’zlashtirish, eksportbop mahsulotlar turlarini ko’paytirish borasidagi ishlar amalga oshirildi.
2019 yil yakuniga ko’ra sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi 70,7 mlrd.so’mni, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 49,3 mlrd.so’mni tashkil etib, o’sish sur’ati mos ravishda 109,6 va 138,9 foizni tashkil etdi.
Halq iste’moli mollarining umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi salmog’i 75,0 foizni teng bo’ldi. Aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 207,7 ming so’mga to’g’ri keldi.
Chust tumanida 109,6 foizga o’sish ta’minlandi.
Tumanda 2014 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatdan o’tgan sanoat korxonalari soni 230 tani tashkil etib, shundan faoliyat ko’rsatayotgan sanoat korxonalari soni 186 tani tashkil etdi. Ro’yxatdan o’tgan sanoat korxonalar soni o’tgan yilning shu davriga nisbatan 10 taga ko’paydi.
Tumanida sanoatning yetakchi tarmoqlaridan yengil sanoatda to’qimachilik, paxta tozalash, poyabzal, mebel ishlab chiqarish, oziq-ovqat hamda qishloq xo’jalik maxsulotlarini qayta ishlash tarmoqlari, mashinasozlik va metalni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmoqlariga qarashli korxonalar rivojlanib, sanoat va xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishda salmoqli xissalarini qo’shib kelmoqda.
Tumanida faoliyat ko’rsatayotgan yirik korxonalar tomonidan 35,4 mlrd so’mlik mahsulot ishlab chiqarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 129,7 foizga o’sdi. Yirik sanoat korxonalarining umumiy ishlab chiqarishdagi salmog’i 36,4 foizni tashkil etib, qolgan qismi kichik (48,7 %) mikrofirmalar (3,5 %), uy xo’jaligi va yakka tartibdagi xususiy tadbirkorlar (11,4 %) hissasiga to’g’ri keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |