Toshkent xususiy do`konlarida savdo hajmi va baholari
Mahsulot turlari
|
o`lchov birligi
|
Mahsulot miqdori
|
1kg yoki dona bahosi
so`m
|
Yakka indekslar
% %
|
bazis davr
|
Joriy davr
|
bazis davr
|
joriy davr
|
Mahsulot miqdori
|
baho
|
q0
|
q1
|
p0
|
P1
|
|
|
go`sht:
|
|
|
|
|
|
|
|
qo`y, mol
|
t.
|
100
|
120
|
1350
|
1300
|
120.0
|
96.3
|
Parranda
|
t.
|
50
|
40
|
1800
|
2000
|
80.0
|
111.1
|
sabzavot:
|
|
|
|
|
|
|
|
Kartoshka
|
t.
|
150
|
180
|
120
|
100
|
120.0
|
83.3
|
Karam
|
t.
|
80
|
85
|
70
|
60
|
100.3
|
85.7
|
pomidor
|
t.
|
100
|
140
|
50
|
40
|
140.0
|
80.0
|
tufli:
|
|
|
|
|
|
|
|
erkaklar
|
ming juft
|
10
|
10
|
3100
|
3000
|
100.0
|
96.8
|
ayollar
|
|
12
|
12
|
5700
|
6000
|
100.0
|
105.3
|
gilam (3*4)
|
ming
dona
|
1.0
|
0.6
|
25000
|
40000
|
60.0
|
160.0
|
Zanjirsimon, o`zgarmas asosli va o`zgaruvchan asosli yakka indekslar
Zanjirsimon indekslar davr sayin hodisalar o`zgarishini aniqlaydi.
Zanjirsimon indekslar ayni (har bir) davr ko`rsatkichini o`zidan oldingi davr ko`rsatkichi bilan solishtirish natijasida hosil bo`ladi. Bu jihatdan ular zanjirsimon o`sish suratlarini eslatadi.
Miqdoriy ko`rsatkichlar uchun (12.3)
Sifat ko`rsatkichlari uchun (12.4)
Bu yerda qi, pi ayrim solishtirilayotgan davrlarga tegishli ko`rsatkichlar. qi-1, pi-1 solishtirilayotgan davrdan oldingi davr ko`rsatkichlari.
Zanjirsimon indekslar davr (oy, yil) sayin indekslashtirilayotgan hodisalarning o`zgarishini tasvirlaydi.
O`zgarmas asosli indekslar boshlang`ich davrdan to solishtirilayotgan davrgacha o`tgan vaqt davomida o`rganilayotgan hodisalar o`zgarishi qanday darajalar bilan ifodalanishini ko`rsatadi. Ular har bir davr ko`rsatkichini boshlang`ich davr ko`rsatkichiga taqqoslash hosilasi hisoblanadi:
O`zgarmas asosli indekslar boshlang`ich davrga nisbatan keyingi davrlarda hodisalar o`zgarishini belgilaydi.
Miqdoriy ko`rsatkichlar uchun: (12.5)
Sifat ko`rsatkichlari uchun: (12.6)
Bu yerda: q0, p0 boshlang`ich davr ko`rsatkichlari.
O`zgaruvchan asosli indekslar taqqoslanayotgan davrlardan boshlab muayyan taqqoslanuvchi davrgacha o`tgan vaqt davomida o`rganilayotgan hodisalar qanday darajada o`zgarganligini aniqlaydi. Ular joriy davr ko`rsatkichini birmuncha oldingi davrlarga tegishli ko`rsatkichlarga nisbati hisoblanadi:
Miqdoriy ko`rsatkichlar uchun: (12.7)
Sifat ko`rsatkichlari uchun: (12.8)
bu yerda q1, p1 -joriy davr (qatorning oxirgi davri) ko`rsatkichlari, qi-k, pi-k undan birmuncha oldin o`tgan davrlarga tegishli ko`rsatkichlar.
12.5. Yakka indekslarning xossalari
Zanjirsimon, o`zgaruvchan va o`zgarmas tarkibli indekslar orasida ma`lum munosabat mavjud. Zanjirsimon indekslar ko`paytmasi o`zgaruvchan asosli indekslarga teng:
(12.9)
Oxirgi davrni boshlang`ich davr bilan taqqoslashdan olingan o`zgaruvchan asosli indeksni ketma-ket tartibda har bir keyingi davrlar bilan qiyoslab aniqlangan shunday indeksga nisbati tegishli davrlarning o`zgarmas asosli indekslariga teng:
(12.11)
Oxirgi davr uchun olingan o`zgarmas asosli indeksni ketma-ket tartibda har bir keyingi davrlar indeksiga bo`lsak, tegishli davrlarning o`zgaruvchan asosli indekslariga ega bo`lamiz:
12.12
Shunday qilib, zanjirsimon, o`zgarmas va o`zgaruvchan yakka indekslar orasida sirkulyar (doiraviy) bog`lanishlar mavjud. Bu yakka indekslarning davrali (aylanma) teskarilanish xossasi deb ataladi.
Biror iqtisodiy jarayonda ro`y bergan ikkita hodisaga tegishli miqdoriy ko`rsatkich indeksi bilan sifat ko`rsatkichi indeksining bir biriga ko`paytmasi real mazmunli uchinchi indeks hosil qiladi va u natijaviy o`zgarishni ifodalaydi. Masalan, bozorda sotilgan mahsulot hajmi indeksini uning bahosi indeksiga ko`paytirsak, sotuvchilarning daromadi yoki iste`molchilarning xarajati indeksiga ega bo`lamiz:
ip*iqipq
(12.13)
Yakka indekslarga xos bu xususiyat omillarning teskarilanish xossasi deb ataladi.
Yakka indekslarga xos yana bir muhim xususiyat shundan iboratki, ularning formulasida bazis va joriy davrlar o`rnini almashtirilsa, u holda yangi va eski indekslar teskari miqdorlar singari o`zaro (bir - biriga) nisbatda bo`ladi.
(12.14)
Yakka indekslarning bu xususiyati ularning vaqt bo`yicha teskarilanish xossasi deb ataladi.
Joriy va bazis davrlarda indekslashtirilayotgan ko`rsatkichlarning qiymatlari o`zgarmasa, yakka indeks, qanday hodisa - natijaviy yoki omil hisoblanishidan qat`i nazar, har doim birga teng bo`ladi, ya`ni hodisalarda o`zgarish yo`qligini qayd qiladi:
12.15
Indekslarning bu xususiyati aynan birday bo`lish xossasi deb yuritiladi. Nihoyat, indekslar qanday o`lchov birliklar qo`llanishiga bog`liq emas, demak, bir o`lchov birligi boshqasi bilan almashtirilsa, bu hol indeksga ta`sir etmaydi. Bu xususiyat indekslarning bir o`lchamlik xossasi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |