Iqtisodiy geografiya



Download 296,14 Kb.
bet43/137
Sana02.02.2022
Hajmi296,14 Kb.
#425189
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   137
Bog'liq
Iqtisodiy geofrafiya (2)

10-jadval


Dunyoning ayrim mamlakatlari va uyushmalarida energetika balansi (1998 y.)



AQSh

GES

Sobiq sotsialistik mamlakatlar

Neft

35,5%

54,5%

36,7%

Ko’mir

10,5%

22,8%

35,0%

Tab.gaz

14,0%

16,6%

17,9%

Gidro va










atom ener.

40,0%

6,1%

10,4%

Lekin ayrim mamlakatlarning yoqilg’i-energetika balansi o’z xususiyatiga ega.


Masalan, Italiyada gidroenergiya katta salmoqqa ega, chunki yoqilg’i juda kam.
Ruminiyada asosiy yoqilg’i tabiiy gaz va neft, chunki u yoqilg’iga boy.
Jahonning neft sanoati - hozirgi zamon industriyasining eng muhim tarmog’i bo’lib, uning xo’jalik va harbiy ahamiyati beqiyosdir.
Dunyodagi mavjud aniqlangan neft zaxirasi (1993 yil) 150 mlrd.t. Kapitalistik mamlakatlarning 53 tasida neft qazib olinadi, 84 tasida qayta ishlanadi.
Neftning tekshirilgan zahiralarini ko’p qismi 8 ta yirik neft monopoliyalarining mulki yoki ijaraga olgan hududida joylashgan.
Dunyoda neft zaxiralariining 86%i rivojlanib kelayotgan davlatlar hissasiga to’g’ri keladi. Fors qo’ltig’i atrofidagi 5 ta davlatga 90 mlrd.t. neft zahirasi to’g’ri keladi. G’arbiy davlatlarning ma’lumotiga ko’ra sobiq Ittifoqning neft zahiralari 8- 10 mlrd.t. baholanadi. MDH davlatlari o’rtasida Rossiyaning salmog’i 85%ni tashkil etadi.
Sobiq Ittifoqni neft zaxiralari respublikalar bo’yicha quyidagicha taqsimlangan: Qozog’iston-9%, Ozorbayjon-2,3%, Turkmaniston-2%, Uzbekiston -1%ni tashkil etadi.
Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida 50,0 mlrd.t. yoki kapitalistik dunyoning 66% nefti to’g’ri keladi, shu jumladan: Saudiya Arabistonida 45,8 mlrd.t., Kuvayt- 13,7 mlrd.t, Eron-13,2 mlrd t., Iroq- 12,9 mlrd.t. BAA-12,9 mlrd.t.
1991-1993 yilarda dunyoda neft qazib olish darajasi 3-3,1 mlrd. t. atrofida bo’lgan, lekin bu ko’rsatgich ayrim regionlarda o’zgargan. MDH davlatlarida 450 mln.t. 1992 yilda, 1993 yilda -400 mln.t. Ayniqsa Rossiyada 390 dan-340 mln.t. neft qazib olish kamaygan. AQShda ham neft qazib olish 1999 yilda 340 mln.t. yetgan.
Janubi-g’arbiy Osiyo davlatlarida hamda Norvegiyada neft qazib olish ko’paygan. Shuning uchun 4-chi o’nlikka kiruvchi neft qazib oladigan davlat tarkibi 1993 yilda o’zgargan. Bularga Saudiya Arabistoni (420 mln.t), AQSh, Rossiya, Eron (185mln.t), Meksika (155mln.t), Xitoy (145mln.t), Venesuela (115mln.t), Norvegiya (110mln.t), BAA(110 mln.t) va Nigeriya (95 mln.t.) kiradi.
Dunyoda qazib olingan neftning 43%i OPUKga a’zo davlatlariga to’g’ri keladi.
Kapitalistik dunyoda neft qazib olinadigan rayonlar 4 ta, ular hozir kapitalistik dunyoning 95% neftini qazib olmoqda.

  1. Shimoliy Amerika

  2. Karib dengizi rayoni

  3. Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari

  4. Shimoliy Afrika mamlakatlari

Shimoliy Amerika asosiy neft qazib olinadigan rayonlardan hisoblanadi. AQSh (dunyoda ikkinchi o’rinda), 1993 yilda AQShda 370 mln.t.,1990 yilda
430 mln.t. neft qazib olingan. Keyingi uch yil ichida AQShda neft qazib olish kamaydi. Shuning uchun AQSh har yili Venesuela, Kanada, Yaqin Sharq mamlakatlaridan 100 mln.t. neft sotib oladi. Shimoliy Amerikada neft qazib olishda 2-chi o’rinda Meksika turadi. 1993 yilda Meksikada 155 mln.t., Kanadada 80 mln.t. neft qazib olingan. Lekin shuni ham aytish kerakki, Meksika va Kanadadagi neftni AQSh monopoliyalari nazorat qiladi.
Karib dengizi rayonida neft qazib chiqarishda 1-o’rinda Venesuela turadi. 1993 yilda 115 mln.t.neft qazib olingan.
Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida 1993 yilda 810 mln.t. neft yoki kapitalistik dunyoning 40%dan ko’proq nefti qazib olingan.
Shu jumladan:

  1. Eron - 155 mln.t.

  2. Saudiya Arabistoni 325 mln.t.

  3. Quvayt - 60 mln.t.

  4. Iroq - 100 mln.t.

  5. BAA - 105 mln.t. neft qazib olgan.

Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida qazib olingan neftning 80%i eksport qilinadi. Eksportning 50%i G’arbiy Yevropa mamlakatlariga, 25%i Yaponiyaga to’g’ri keladi. Shimoliy Afrika - neft qazib olinadigan eng yosh rayon bo’lib, bu yerda neft sanoati Yaqin va O’rta Sharqqa nisbatan tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. 1993 yilda umuman Afrika bo’yicha 300 mln.t. neft qazib olingan. Asosiy rayonlari: Liviya - 65 mln.t., Nigeriya - 90 mln.t., Jazoir - 35 mln.t., Misr - 45 mln.t. Yuqorida ko’rsatilgan neft rayonlari ichida Liviya neft rayonlari geografik jihatdan qulay bo’lib, dengizdan atigi 160 km uzoqlikda joylashgan. Shuning uchun ham bu
mamlakatda neft sanoati tez sur’atlar bilan o’sib bormoqda.
Jahonda kapitalistik mamlakatlardan keyin sobiq ittifoq neft qazib olish bo’yicha muhim o’rinni egalaydi. Sobiq Ittifoqda 1995 yilda 491 mln.t. neft qazib olingan bo’lsa, 1984 yilda 603 mln.t., 1988 yilda 603 mln.t. neft qazib olingan. Lekin sobiq ittifoqning bo’linib ketishi, neft qazib olinishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 1991 yilda jami 503 mln.t. neft qazib olingan.
Dunyodagi mavjud 700 dan ortiq neftni qayta ishlash zavodlarini katta qismi yuqori darajada taraqqiy etgan. G’arbiy Yevropa hamda rivojlanib kelayotgan davlatlarga to’g’ri keladi. Ularning umumiy kuvvati 3,6 mlrd.t. Shundan AQSh 780, G’arbiy Yevropa 720, Yaponiya 200, Lotin Amerikasi 300, Yaqin va O’rta Sharq 950, Afrika 150 mln.t. quvvatga ega.
Dunyoda neftni qayta ishlashda tub o’zgarishlar yuz bermoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda rivojlanib kelayotgan davlatlar hududida katta siljishlar yuz bermoqda. Bu davlatlarda neftni qayta ishlash zavodlarini quvvati keyingi yillarda 25%dan 40%gacha ko’paydi.
Bugungi kunda 15 ga yaqin neftni qayta ishlash zavodlarini ishlab chiqarish quvvati 15 mln.t. Shundan 50 %i Singapur, Saudiya Arabistoni, Venesuela hissasiga to’g’ri keladi.
Eng yirik neftni qayta ishlash zavodlariga ega (quvvati 30 mln.t.bo’lgan) OPYeKga qarashli davlatlarda 400 mln.t. neft qayta ishlanishi kerak. Hozirgi vaqtda Saudiya Arabistonida – 30 mln.t., AQShda – 30 mln.t., Kuvaytda - 15 mln.t. neftni qayta ishlash quvvatiga ega bo’lgan ulkan zavodlar mavjud.
Jahon bozoriga har yili 1,2 mlrd.t dan ko’proq neft va neft mahsulotlari kirib keladi. Jahon bozorini neft eksportning uchdan ikki qismini Yaqin va O’rta Sharq davlatlari ta’minlaydi. Bundan tashqari eksport qilishda keyingi 10 yil ichida Rossiya, Venesuela, Meksika, Liviya, Nigeriya, Jazoirning salmog’i o’sib bormoqda.
Keyingi yillarda Rossiyada neft qazib olish salmog’i kamayib borayotgan bo’lsa ham, eksport salmog’i o’sib bormoqda. Masalan: 1992 yili Rossiya hududidan 66 mln.t. neft (8,5 mlrd. dollar) eksport qilingan.
Jahonning gaz sanoati. Gaz yoqilg’i va ximiya sanoati uchun xom ashyo hisoblanadi. Yer yuzasidagi zaxirasi 180-200 trl.kub.m baholangan. Ko’p hollarda gaz asosan neft uchraydigan rayonlarda qazib olinadi.
Gaz sanoatining ahamiyati yoqilg’i balansida tutgan salmog’i bilan belgilanadi. G’arbiy yarim sharda gazning yirik zaxiralari AQSh, Kanada, Meksika,
Venesuela, Argentina, Avstraliyada, Sharqiy yarim sharda esa Yaqin va O’rta Sharq rayonida, Jazoir, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Ruminiya, Italiya, GFRda to’plangan.
MDH davlatlariga Jahon gaz zahiralarining uchdan biri to’g’ri keladi. 1992 yilda kapitalistik mamlakatlarda 1285 mlrd.m3 gaz qazib olingan. Shu jumladan, AQShda - 510 mlrd.m3, Kanadada - 110 mlrd.m3, Niderlandiyada - 75 mlrd.m3, GFRda - 15 mlrd. m3 tabiiy gaz qazib olingan.
1993 yilda Rossiya hududida 640 mlrd.m3, Turkmanistonda 88 mlrd.m3,O’zbekistonda 45 mlrd.m3, Ukrainada 25 mlrd.m3 gaz qazib olingan.
Dunyoda gaz qazib olish bo’yicha birinchi o’nlikka kiruvchi davlatlar quyidagilar: Rossiya, AQSh, Kanada, Turkmaniston, Niderlandiya, Angliya, O’zbekistan, Indoneziya, Jazoir, Saudiya Arabistoni.

Download 296,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish