bob. Transport, infrastruktura, tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasi
14.1.. Infrastruktura haqida tushuncha. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida infrastrukturaning ro’li va ahamiyati
O’zbekiston Respublikasining milliy iqtisodiyoti shakllanayotgan davrda ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil qilish va takomillashtirishda infrastruktura tarmoqlarining rivojlanishi darajasi juda katta amaliy ahamiyat kasb qiladi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotini amalga oshirishda bozor infrastrukturasining ahamiyati juda ham beqiyosdir.
Infrastruktura – bu ishlab chiqarish va insonlarning turli faoliyatida shart- sharoit yaratib beruvchi iqtisodiyotning (ko’pqamrovli) tarmoqlar majmuasidir, u ijtimoiy mehnat taqsimoti mahsuli hisoblanadi. U moddiy va nomoddiy soha tarmoqlarining faoliyatida muhim tarzda ko’maklashadi. U ishlab chiqarish tarkibiga kirmaydigan mustaqil tarmoq bo’lib, moddiy va nomoddiy sohaga xizmat qiladi (ishlab chiqarish infrastrukturasi va ijtimoiy infrastruktura)(4-rasm).
Ishlab chiqarish infrastrukturasi – transportning barcha turlari va transport xo’jaligi (temir yo’l, dengiz va daryo portlari, neft va gaz quvurlari), elektr uzatish, axborotlarni uzatish va qayta ishlash vositalari va boshq inshoatlar kiradi. Bularsiz albatta ishlab chiqarishda me’yordagi jarayon bo’lmaydi. Xalq xo’jaligida infrastrukturani rivojlanish va ta’minlanganlik darajasi ko’p jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini belgilaydi.
Ijtimoiy infrastrukturaga – aholiga xizmat ko’rsatuvchi savdo va umumiy ovqatlanish tarmoqlari, sog’liqni saqlash, yo’lovchi tashuvchi barcha transport turlari va aloqa, shahar uy-joy xo’jaligi tashkilotlari va nomoddiy sohaning boshqa qismlari kiradi.
Infrastrukturani kelajakda rivojlanishi ishlab chiqarishda samaradorlikni oshiradi va jamiyatni moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish va boshqa ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun shart-sharoit yaratadi, inson omili faoliyatini oshiradi.
Ishlab chiqarishning hududiy tashkil etishning ilg’or shakli bo’lgan hududiy ishlab chiqarish majmualarini yaratish asosida infrastruktura tarmoqlarining samarali shakllanishi uchun sharoit vujudga keladi. Natijada mablag’larni tejash, joriy sarf xarajatlarni kamayishi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun imkon yaratiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni va iqtisodiy integratsiyani amalga oshirishda ishlab chiqarish infrastrukturasi elementlarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |