Aholining hududiy joylashishi.
Yer yuzasida aholi juda notekis joylashgan. Aholining o’rtacha zichligi (1 kv.kmga to’g’ri kelgan aholi miqdori) doimiy aholisi mavjud hududlar (130 mln. kv.km) doirasida 46 kishini tashkil qildi.
8-jadval.
Ayrim qit’alar, materiklar va regionlar bo’yicha aholining o’rtacha zichligi.
Mintaqa va regionlar
|
1950
|
1990
|
1995
|
1999
|
2025
|
Butun jahon shu jumladan
|
19,4
|
40,3
|
43,8
|
46,0
|
63,8
|
Yevropa
|
74,4
|
97,0
|
101,9
|
102,5
|
103,5
|
Osiyo
|
45,1
|
100,7
|
111,3
|
116,3
|
159,3
|
Afrika
|
7,6
|
21,8
|
24,3
|
27,5
|
51,0
|
Shimoliy Amerika
|
11,0
|
21,4
|
22,8
|
23,8
|
31,0
|
Janubiy Amerika
|
6,4
|
17,1
|
18,3
|
19,6
|
26,4
|
Avstraliya va Okeaniya
|
1,5
|
3,1
|
3,3
|
3,7
|
4,6
|
Shu vaqtning o’zida ushbu ko’rsatgich Osiyoda 116.3 va Yevropada 102.5 kishini tashkil etsa, Afrikada 27.5, Shimoliy Amerikada 23.8, Janubiy Amerikada
19.6 hamda Avstraliya va Okeaniyada atigi 3.7 kishiga teng. Umumlashtirib aytganda yer quruqlik yuzasining atigi 7%da unda mavjud aholining 70%i istiqomat qiladi.
Aholi nihoyatda zich joylashgan mintaqalar qatoriga Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo, Yevropa hamda AQShning shimoli-sharqiy qismi, «Bosvash» megopolisi kiradi. Dastlabki uchta mintaqada aholi qadimdan joylashgan bo’lib, u hozirgi vaqtda juda yuqori darajadagi aholi zichligiga ega. Bunday holat avvalambor bu yerda mehnatni juda ko’p talab qiluvchi sholichilikning qadimdan mavjudligi, qolganlarda esa XVIII-XIX asrlarda yuz bergan sanoat inqilobi hamda undan keyingi davrda amalga oshgan industirlashtirish jarayoni bilan uzviy bog’langandir. Insonlarning qadimdan okean va dengiz sohillarida joylashishga intilishi ham muhim omillardan biridir. Hozirgi vaqtda dengiz va okeanlardan quruqlikka tomon 200 kmga cho’zilgan yer yuzasi qismida insoniyatning yarmidan ziyod qismi 50 km kenglikka ega bo’lgan quruqlik qismida esa dunyo aholisining deyarli 30 %i to’plangandir. Dunyo bo’yicha aholi juda zich joylashgan hududlar qatoriga quyidagilar kiradi: Rur, Elzas va Lotaringiya hamda Parij va London rayonlari, Shimoliy Italiya, Moskva rayoni, Donbass, Farg’ona vodiysi, Sharqiy Xitoy, Hind- Gang tekisligi, Yava oro’li, Yaponiya orllari, Nil deltasi, AQShning Shimoli- Sharqiy, Buyuk ko’llar rayonlari va Sansan megopolisi.
Aholi siyrak tarqalgan hududlar yer quruqlik yuzasining ancha katta qismini egallaydi. Shular qatoriga birinchi navbatda ekstremal tabiiy sharoitlarga ega bo’lgan geografik ob’ektlar-cho’llar, tropik o’rmonlar, baland tog’lar, tundra, muzlik hududlari va boshqalar kiradi.
Yer quruqlik yuzasining 15%i umuman o’zlashtirilmagan va doimiy aholisi yo’q hududlar hisoblanadi. Ayrim mamlakatlar ichida aholi zichligining juda yuqori ko’rsatkichlari Singapur (5 ming kishiga yaqin), Bangladesh (ming kishiga yaqin), Niderlandiya (460), Koreya Respublikasi (454), Livan, Belgiya, Yaponiya va boshqalarga (200 kishidan ortiq jami 40 mamlakat), juda past ko’rsatkichlar Rossiya,
Kanada, Avstraliya, Mavritaniya, Liviya, Namibiya va boshqalarga xos. Aholi joylashishidagi juda katta hududiy farqlar mavjud mamlakatlar qatoriga Rossiya, Kanada, Xitoy, Braziliya, Misr, Turkmaniston, Tojikiston, Indoneziya kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |