Iqtisodiy geografiya


Dunyo mamalakatlari tipologiyasi



Download 296,14 Kb.
bet23/137
Sana02.02.2022
Hajmi296,14 Kb.
#425189
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   137
Bog'liq
Iqtisodiy geofrafiya (2)

Dunyo mamalakatlari tipologiyasi


Dunyoning hozirgi siyosiy xaritasida 230ga yaqin mamlakat va hududlar bor. Ularning 190 tasi BMTga a’zo va suveren davlatlardir, qolganlari asosan o’zini-o’zi boshqarmaydigan hududlar hisoblanadi. Ular o’rtasidagi farqlar g’oyat katta va xilma-xildir. Masalan, siyosiy xaritada, bir tomondan aholisi juda ko’p, hududi esa g’oyat katta mamlakatlar (Xitoy, Hindiston, Rossiya, AQSh), boshqa tomondan juda kichkina "mitti" mamlakatlar (Monako, Andorra, Vatikan, Lixtenshteyn) mavjud.


Dunyoda bir millatli (Yaponiya, Shvetsiya va boshqalar) va ko’p millatli (Hindiston, Rossiya, AQSh), tabiiy resurslari g’oyat boy va resurslari kam, dengiz bo’yida va materik ichkarisida (Chad, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Mongoliya, Paragvay, Nepal, Butan) joylashgan mamlakatlar ham bor. Ba’zi mamlakatlar butun materikni (Avstraliya) boshqalari esa kichik bir oro’lni yoki oro’llar guruhini egallaydi. Mamlakatlarning geografik o’rni ularning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi muhim omildir.
Dunyoning har bir mamlakati o’ziga xos takrorlanmas xususiyatga ega, lekin ularning o’xshashlik hamda farqlarini aniqlab, mamlakatlarni turli tiplarga ajratish mumkin. Tipologiya ham turli belgilar va me’zonlarga, ko’zlangan maqsadlarga ko’ra turlicha bo’ladi.
Bu tipdagi mamlakatlarning mavjudligi ularning rivojlanish sharoiti, sur’ati, boshqaruv usullarining har xilligi bilan belgilanadi. Lekin mamlakatlar tipini bir yoki bir necha muhim me’zonlarga asoslanib aniqlab bo’lmaydi. Birinchi bosqichda katta hajmdagi statistik ma’lumotlar tahlil qilinib, so’ngra ular guruhlarga ajratiladi. Tipologiyaning o’zi ham har xil bo’ladi. Ularda malakatlarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish darajasini belgilovchi ko’plab ko’rsatkichlar, shuningdek tarixiy, siyosiy jihatlar (Masalan, demokratiyaning rivojlanish darajasi va boshqalar) hisobga olinadi. Kapitalizmning rivojlanishi aholining daromad darajasiga asoslangan ko’plab tipologiyalar mavjud. Davlatlarning geografik o’rni tashkil topish vaqtiga, etnik va diniy tarkibiga ko’ra ham guruhlash mumkin. Uzoq vaqt davlatlarning kapitalistik (bozor iqtisodiyoti bilan) yoki sotsialistik (rejali iqtisodiyot bilan) ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga mansubligiga asoslangan tipologiya xukmron bo’lib keldi. Shuningdek, rivojlanayotgan ya’ni "uchinchi dunyo" mamlakatlari – sobiq mustamlaka va qaram davlatlar ham mavjud edi. Sotsialistik tuzumning barbod bo’lishiga mutanosib ravishda mazkur tipologiya ham o’z ahamiyatini yo’qotdi (lekin, sotsialistik mamlakatlar hozirda ham mavjud).
Tipologiya o’zining ilmiy qiymatidan tashqari, katta amaliy ahamiyatga ham ega. Masalan, shunday tipologiyalar asosida BMT dunyo mamlakatlarining uzoq kelajak rivojlanish yo’nalishlari dasturini ishlab chiqadi, moliyaviy hamda gumanitar yordam berish uchun eng kam rivojlangan mamlakatlar guruhini aniqlaydi. Bunday mamlakatlar quyidagi uchta asosiy mezonga asoslanadi:

  1. Aholi jon boshiga juda kam daromad to’g’ri kelishi;

  2. Xo’jalik strukturasida ishlab beruvchi sanoat salmog’ining 10%dan kam bo’lishi;

  3. Voyaga yetgan (katta yoshdagi) aholi o’rtasidagi savodsizlik darajasi 80%dan yuqoriligi. 1990-yillarda bu guruhdagi ro’yhatga 40 mamlakat kiritildi (Afg’oniston, Gaiti, Gvineya, Bangladesh, Laos, Nepal, Butan, Mali, Mozambik, Somali, Burundi, Chad, Efiopiya va yuoshqalar).

Rivojlanayotgan mamlakatlarning boshqa qutbida boshqa guruh va hududlar – "yangi industrial mamlakatlar" (YaIM) ajralib turadi. Bular qatoriga Singapur, Koreya Respublikasi, Tayvan, Braziliya, Meksika, Argentina kiradi. So’nggi yillarda ular qatoriga yana Tailand, Malayziya, Indoneziya, Filippin kabi davlatlar ham qo’shiladi. Bu mamlakatlarning iqtisodiyoti industrializatsiyaning yuqori sur’atlari, xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etishi bilan tavsiflanadi.



    1. Download 296,14 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish