Axborot va nomoddiy aktivlar keyingi yillarda resurs sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa axborot va kommunikasiyalar asrida biznes uchun axborotning muhimligi shubhasiz.
Iqtisodiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida resurslardan foydalanib moddiy ne'matlar ishlab chiqarish jarayonini iqtisodiy tizim deb ataymiz.
Iqtisodiyotning bosh muammosi: ehtiyojlarning cheksizligi va
resurslarning chеklanganligi
Jamiyatning butun iqtisodiy tizimi asosan ikkita fundamental muammo ustiga qurilgan bo lib, uni iqtisodchilar iqtisodiyotning bosh muammosi deb ataydilar (2.2-rasm).
Jamiyat va uning a'zolari bo'lmish indivudial shaxslar, korxonalar va tashkilotlarning moddiy ehtiyojlari ^ksiz.
Moddiy ehtiyojlarni qondirish vositalari, ya'ni tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan yoki taqchil (noyob).
Do'stlaringiz bilan baham: |