2.1-rasm. Iqtisodiy resurslarning turkumlanishi
Yer - insonga tabiat tomonidan tuhfa etilgan barcha tabiiy resurslarni, ya'ni iqtisodiyot tarmoqlarida foydalaniladigan yer resurslari, yer osti qazilma boyliklari, ormonlar va suv resurslarini oz ichiga oladi.
Kapital yoki “investitsion resurslar” ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan barcha asosiy vositalarni, ya'ni fabrika va zavod binolari, turli inshootlar, qurilmalar, mashinalar va asbob-uskunalar, traktorlar, transport vositalari, kompyuter va axborot-kommunikatsiya vositalarini ifodalaydi. Bu vositalarni ishlab chiqarish va jamg arish jarayonini “investitsiyalash” deb ataymiz.
Bazan iqtisodchilar asosiy vositalar sotib olishga sarflanadigan pul mablaglarini ham “kapital” deb atashadi. Ammo pul mablaglari ozicha hech qanday tovar ishlab chiqarmasligini e'tiborga olsak, ularni ishlab chiqarish resursi deb emas, balki “moliyaviy kapital” deb atash togriroq boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |