Tadbirkorlik qobiliyati - mehnat resurslarining alohida xususiyatga ega kategoriyasi bolib, uning mohiyati quyidagi funksiyalarida o'z ifodasini topadi:
tadbirkor ishlab chiqarish jarayonida yer, kapital, xomashyo, ishchi kuchi va boshqa barcha resurslarni birlashtiradi va o'ziga xos “katalizator” vazifasini o'taydi;
tadbirkor biznesni yuritish jarayonida firma faoliyatining asosiy strategiyasi hamda muvaffaqiyatini ta'minlab beruvchi eng asosiy qarorlarni qabul qilish bilan bog'liq qiyin vazifalarni zimmasiga oladi;
tadbirkor ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar, yangi mahsulot turlari va biznesni tashkil etishning ilg'or usullarini joriy etishga harakat qiluvchi tashabbuskor shaxs hisoblanadi;
tadbirkor biznes yuritish bilan bog'liq katta tavakkalchilikni (riskni) o'z zimmasiga oladi. Bozor iqtisodiyotida tadbirkorga foyda olish kafolatlanmagan, ya'ni u yilni zarar bilan yakunlashi ham mumkin. Shu tufayli tadbirkor nafaqat o'z kapitalini, balki sarflagan vaqti, mehnati va sha'nini ham tavakkalchilik ostiga tikib harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |