Muqobil xarajatlar - iqtisodiy tanlovda resurslardan samarali foydalanish bilan bog'liq eng yaxshi alternativ variantdan voz kechish natijasida boy berilgan imkoniyatlarni (olinadigan foydani) aks ettiruvchi xarajatlardir.
Muqobil xarajatlar yordamida noyob resurslardan foydalanish yo'nalishlari boyicha eng yaxshi (optimal) taqsimlash masalasi, ya'ni muayyan variantda resurslarni sarflashdan olinadigan foyda va xarajatlarni boshqa variantlar boyicha olinadigan foyda va xarajatlar bilan solishtirish orqali yechiladi (ya'ni muqobil xarajatlarni bir-biri bilan solishtirish orqali).
Masalan, Toshkentdan Samarqandga avtobusda borishni xohlagan yolovchi biletni 30 minut turib, kassadan 25000 somga olishi mumkin, yoki 30000 so mga navbatsiz xizmat korsatuvchi firma orqali olishi mumkin deylik. Agar yolovchining 30 minut vaqtining alternativ xarajati 30000 so'mdan kam bo'lsa (u o'zining 30 minut vaqtini 30000 so'mdan kam baholasa), u biletni navbatda turib sotib oladi, agar alternativ xarajati 30000 so'mdan yuqori bo'lsa (u o'zining 30 minut vaqtini 30000 so'mdan yuqori baholasa), u holda yo lovchi biletni xizmat ko rsatuvchi firma orqali sotib oladi. Agarda yo lovchi vaqtining alternativ xarajati 30000 so mga teng bo'lsa, u ikkala variantdan xohlaganini tanlashi mumkin.
Haqiqatdan ham vaqtini yuqori baholaydigan va yuqori daromad oluvchilar kopincha navbat kutishni xohlamaydilar.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari va mahsulotning optimal tarkibi
Har bir jamiyat, firma yoki tadbirkor cheklangan iqtisodiy resurslarga ega va bu holat ularning ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimiy ravishda cheklab turadi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari jamiyat yoki firmaning muayyan teхnologik rivojlanish bosqichida mavjud resurslardan toliq va samarali foydalanib maksimal hajmda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini aks ettiradi.
Resrslarning cheklanganligi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ham cheklab turadi. Shunday ekan jamiyat va firmalar mavjud resurs zaxiralarini qanday tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yonaltirish xususida tanlov qilishga majbur boladi. Tahlilni soddalashtirish uchun firma faqat ikki xil mahsulot, masalan televizor va muzlatkich ishlab chiqaradi deb faraz qilaylik. Firma 100 mln. dollar kapitalga ega. Tabiiyki firma resurslar cheklanganligi sharoitida bir vaqtning ozida har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini ham oshirishga erisha olmaydi. Firma oldida ishlab chiqarish hajmi xususida qaror qabul qilishning 5 xil varianti mavjud deylik (2.1-jadval).
2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |