13-MAVZU
DAROMAD VA BOYLIK
1. Diagrammadan oilada 2012- yili daromad la rining choraklar bo‘yicha o‘sishini tahlil qiling.
2. Bu oila 2011-yil dekabrida 1 200 000 so‘m daromad qilgan bo‘lsa I, II, III, va IV choraklarda
o‘rtacha qanchadan daromad qilganligini hisoblanng.
3. IV chorakda I chorakka nisbatan oilaning daromadi necha mar ta oshganligini aniqlang.
4. Bu oila qaysi chorakda ko‘proq daromad qilgan?
2012- yil choraklar bo‘yicha O‘zbekiston aholisi o‘rtacha
daromadining o‘sishi (2011- yil dekabriga nisbatan % hisobida)
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
0
50
150
100
I
II
III
IV
120
125
128
144
INSON KAPITALI
Odatda, har bir kishi mehnat faoliyati natijasida insonning asosiy boyligi — mehnati
evaziga ma’lum daromadga erisha boshlaydi. Kishining aql-idroki, bilimi, zakovati,
kuch-quvvati, ish tajribasi, kasbiy mahorati, salohiyati, sog‘lig‘i va ma’naviy dunyosi
uning — insoniy boyligi (kapitali)
ni
tashkil qiladi. Inson kapitali — bu kishining iqtisodiy
qadr-qimmatini aniqlovchi kattalik. Insonning ma’naviy boyligi — uning dunyoqarashi,
Do'stlaringiz bilan baham: |