XUSUSIYLASHTIRISH
Mulk shaklini davlat mulkidan xususiy mulkka o‘zgartirishga xususiylashtirish deb
ataladi. Xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish esa milliylashtirish deb yuritiladi.
Ma’lumki, mustaqillikdan oldin respublikamizdagi barcha ishlab chiqarish vositalari, zavod
va fabrikalar davlat tasarrufida edi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng bozor iqtisodiyoti
yo‘lini tanladik. Korxonalarning ko‘pchiligi xususiy mulkka aylantirildi. Xususiylashtirish
deb nom olgan bu jarayon hali ham davom etmoqda. Xususiylashtirish natijasida kichik
korxonalar, do‘konlar, hunarmandchilik ustaxonalari, uy-joylar — egasi yakka shaxs
bo‘lgan xususiy mulkka, katta korxonalar esa egasi bir necha shaxsdan iborat xususiy
mulk — jamoa mulkiga aylantirildi. Yurtimizda 2006- yilda 673 ta (70,5 mlrd. so‘mlik),
2007- yilda 631 ta (111,1 mlrd.so‘mlik), 2008- yilda esa 392 ta (130,6 mlrd. so‘mlik)
obyekt xususiylashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |