BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Sohibqiron Amir Temur o‘z saltanatida
juda ham samarali soliq tizimini shakl-
lantirgan. U yurtdagi soliq siyosati
adolatli bo‘lishiga katta e’tibor bergan.
“Temur tuzuklari”da soliq haqida shunday
yozadi: “Xirojni yig‘ish vaqtida ikki
vazir tayinlansin. Biri to‘plangan molni
yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursin,
boj oluvchilar fuqaroga zulm qilib,
ularning ahvoliga zarar yetkazmasinlar.
Viloyatlarda yig‘ilgan tamom mol-ashyoni
kirim daftariga yozishlari lozim. Ikkinchi
vazir esa chiqim daftariga yozib, yig‘ilgan
mollarni sipoh maoshiga taqsim qilsin”.
Amir Temur davlati xazinasida hisob-
kitob ishlari aniq yo‘lga qo‘yilgan. Bu
hozirgi zamondagi davlatning budjet
siyosatiga juda ham o‘xshab ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |