Iqtisodiy bilim asoslari 8



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/136
Sana14.10.2022
Hajmi3,59 Mb.
#853058
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   136
Bog'liq
Iqtisodiy bilim asoslari. 8-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

oila-uy xo‘jaliklari
deb ham atashadi.
DAVLAT
Bozorda davlat (hukumat) jamiyatning boshqaruv organi, tabiiy resurslar egasi sifatida 
alohida o‘rin tutadi. Shu sabab, davlat bozorning uchinchi ishtirokchisi sifatida alohida 
ajratiladi. Davlat ham bir tomondan tabiiy resurslarni, davlat idoralari va mahkamalarining 
xizmatlarini, turli xil davlat korxonalarida ishlab chiqarilgan tovarlarni, davlat mulkini sotsa, 
ikkinchi tomondan davlat korxonalari ehtiyojlari uchun bozordan tovarlar, xizmatlar va 
ishchi kuchi sotib oladi. Davlat aholi va korxonalarga o‘z idoralari va mahkamalari orqali 
ko‘rsatgan xizmatlari evaziga turli xil majburiy to‘lovlar, soliqlar ko‘rinishida haq undirib 
oladi. Masalan, bir qarashda aholiga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilayotgandek ko‘rinadi. 
Aslini olganda esa bu xizmat uchun har birimiz daromadimizdan chegirib qolinadigan 
soliq ko‘rinishida haq to‘laymiz.
Shuningdek, bozorning har uchala ishtirokchisi — davlat, ishlab chiqaruvchilar va 
iste’molchilar bozor orqali bir-birlariga pul qarz beradilar hamda oladilar, bir-birlarining 
qimmatli qog‘ozlarini sotib oladilar va sotadilar. Shu tariqa, bozorning har uchala 
ishtirokchisi orasida oldi-sotdi jarayoni sodir bo‘lib, bozorni davriy ravishda harakatga 
keltirib turadi.
RESURSLAR, TOVARLAR, XIZMATLAR VA 
PUL MABLAG‘LARINING AYLANMA HARAKATI
Bozor qatnashchilari bo‘lmish davlat, ishlab chiqaruvchilar va oila-uy xo‘jaliklari 
(iste’molchilar) bozordan nimanidir sotib oladi va nimanidir sotadi. Shu bois, bozorda 
resurslar, tovarlar, xizmatlar va pul mablag‘lari tinmay harakatda bo‘lib, aylanib turadi 
(41-betdagi rasmga qarang).
Uy xojaliklari, ya’ni iste’molchilar o‘zlariga tegishli mulkni, ishchi kuchlarini ish haqi, 
maosh, foiz to‘lovi va foyda kabi pul daromadlari evaziga davlatga hamda ishlab chiqaruvchi 
firma va korxonalarga sotadi. Olingan daromadga esa o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun 
bozordan kerakli xizmatlarni, iste’mol tovarlarini va turli xil mulklarni sotib oladilar. 
1. Bozor ishtirokchilarining mehnat bozoridagi o‘zaro oldi-sotdi munosabatlarini sharhlab 
bering.
2. Kechasi ko‘chalarimizni yoritishga sarflanayotgan elektr energiyasi uchun kim, qaysi 
manbadan haq to‘laydi?
3. Davlat mulkini tejash va avaylash eng avvalo kim uchun muhim?
4. Oilangiz misolida bozordan nima xarid qilayotganingizni va nima sotayotganingizni 
gapirib bering.
5. Tumaningizda faoliyat ko‘rsatayotgan bozor infratuzilmalarini sanab bering.
6. Iqtisodiyotda resurslar, tovarlar, xizmatlar va pul mablag‘lari aylanib turishini tushuntirib 
bering.
7. Bugungi kunda mamlakatimizdagi bozor infratuzilmalari haqida nimalar bilasiz? 
Fikringizni hayotiy misollar yordamida tushuntirishga harakat qiling. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish