Iqtisodiyot
– cheklangan Iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib,
insonlar uchun zarur
bo‘lgan hayotiy vositalarni
ishlab chiqarish
va yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas
bog‘liqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligini ta'minlovchi Iqtisodiy tizim.
Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun
zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni
yaratish
jarayoni
; ishlab
chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan
tovarlar va xizmatlarga
aylantirish. I.ch.
Ehtiyoj
– insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga bo‘lgan
zaruriyat.
Iqtisodiy resurslar
– ma'lum davrda ma'lum bir mamlakat ixtiyorida to‘plangan va
mavjud bo‘lgan
ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ularni iste'molchilarga yetkazib berish va
iste'mol jarayonlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan
vositalar, qo‘r-qutlar, imkoniyatlar va
manbalardir.
Iqtisodiy rivojlanish
- ko‘p o‘lchamli jarayon bo‘lib,
jamiyatning ijtimoiy
,
Iqtisodiy va
ma'naviy taraqqiyotida o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiy o‘sish
- YaMM (IMM, SMM, MD) miqdorining mutloq va aholi jon boshiga
hamda Iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishida va
sifatning yaxshilanishida
ifodalanadi