“Iqtisod Nazariyasi” fanidan



Download 24,44 Kb.
bet1/11
Sana31.12.2021
Hajmi24,44 Kb.
#230449
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-maruza savollar IN MARUZa


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY

UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI


“Iqtisod Nazariyasi” fanidan



Mustaqil ish



Mavzu: Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish shart-sharoitlari. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari.



Bajardi: N Abdulla

Tekshirdi : Saitov Sirojiddin Abduvaliyevich 


1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi rivojlanish shart-sharoitlari

2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari

3. Tadbirkorlik kapitali. Asosiy va aylanma capital

4. Tadbirkorlikda tavakkalchilik

5. O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi va unga ta`sir etuvchi omillar to`g`risida nima deya olasiz

1. Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning ajralmas

tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi. Bugungi kunda tadbirkorlik

faoliyatining yagona ta’rifi mavjud emas. Bir iqtisodiy

manbada keltirilgan ta’rif boshqa bir manbadagi ta’rifga

muvofiq kelmasligi mumkin.

Hozirgi paytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda

tadbirkorlik faoliyati va biznes xususida, uning yo'nalishlari,

tamoyillari, huquqiy-iqtisodiy jihatlari to‘g‘risida ko'plab

olimlarning fikrlari, mulohazalari keng o'rin egallamoqda.

Ularda ko‘pincha tadbirkorlik faoliyati va biznes bir xil

tushuncha sifatida talqin qilinmoqda. Haqiqatan ham bozor

iqtisodiyoti subyektlari xo‘jalik faoliyatida “tadbirkorlik” va

“biznes” tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog'liq

bo‘lib, amaliy jihatdan bir-birining o'miga ishlatilishi

mumkin. Ammo, “tadbirkorlik” va “biznes” tushunchasini

iqtisodiy ta’sir qilish sohalari nuqtai nazaridan qaraganimizda,

aynan bir xil tushuncha deb bo‘lmaydi.

Kundalik hayotda aksariyat hollarda “biznes” so'zini

tijorat, savdo kabi tushunchalarning sinonimi sifatida talqin

qiladilar. Ko‘pchilik hollarda esa, “tadbirkorlik” va “biznes”,

“tijorat” va “marketing” tushunchalarini bir xil faoliyat

sifatida baholanayotganligining guvohi boMamiz.

Fikrimizcha, tadbirkorlikning biznesdan asosiy farqi

shundaki, tadbirkorlik — bu mahsulot ishlab chiqarish va

xizmat ko‘rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida

yondashish bilan bog‘liq faoliyatdir. Biznes esa, unga nisbatan

keng tushuncha boMib, umuman, foyda olish nuqtai nazaridan

yuritiluvchi faoliyatdir.

O’zbekiston Respublikasining ≪Tadbirkorlik va tadbirkorlar

faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida≫gi Qonunida

ta’riflanishicha, ≪Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) — yuridik

va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy ma’suliyat ostida,

mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida,

tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir≫.

2. Hozir jahonda ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va o‘ziga

xos tomonlarining beqiyos darajada bir-biriga qo‘shilib ketishi

kuzatiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning ijtimoiy, umumdavlat

maqsadlarida foydalanadigan va nihoyat, jamoa, guruh, xususiy

hamda shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga

mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman: davlat, jamoa,

shaxsiy, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari rivojlanadi.

Hozir jahonning ko‘pchilik mamlakatlarida davlat

tadbirkorligi mavjud boMib, ularda milliy daromadning 20

foizidan 50 foizigacha davlatlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Davlat

korxonalari ko‘pincha mamlakat iqtisodiyoti uchun juda

muhim ahamiyatga ega boMgan yoki katta kapital qo‘yilmalar

talab qiladigan tarmoqlarda tuzilmoqda. Masalan, Angliyada

davlat sektori qora metallurgiya, ko‘mir qazib chiqarish, aerokosmik

sanoat, aloqa vositalari, temiryo‘1 transporti, elektr va

gaz bilan ta’minlash kabi sohalarni qamrab oladi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat korxonalari

milliylashtirilgan chet el kompaniyalari bazasida, asosan,

sanoatning konchilik tarmoqlarida tuziladi. Rivojlanayotgan va

rivojlangan ko‘pchilik mamlakatlarda davlat kompaniyalari

sanoat firmalari orasida peshqadam hisoblanadi.

Turli mamlakatlarda davlat korxonalarining huquqiy

maqomi turli-tumanligi bilan ancha farqlanadi. Hatto birorbir

mamlakatda barcha davlat korxonalari faoliyatini tartibga

soluvchi yagona qonuniy hujjat mavjud emas.

Yuqorida ko‘rib o‘tilgan sharoitlar asosida davlat

korxonalarini uch guruhga boMish mumkin:

— byudjet korxonalari;

— davlat ishlab chiqarish korxonalari;

— aralash kompaniyalar.

Huquqiy va xo‘jalik mustaqilligiga ega boMmagan

korxonalar byudjet korxonalariga kiradi. O’zlarining holati

ular davlatning ma'muriy-boshqarish tizimiga kiradi

va biron-bir vazirlik, mahkama yoki mahalliy o‘z-o‘zini

boshqarish organlariga bevosita bo‘ysunadi va ularning tarkibiy

qismi hisoblanadi. Ular olgan foydasidan soliq toMamaydi.

Barcha daromad va xarajatlar davlat byudjeti orqali o‘tadi.


Download 24,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish