Aylanma kapital - bir doiraviy aylanish davomida toMiq
iste’mol qilinadi, o'zining qiymatini ishlab chiqarish
natijalariga toMiq o‘tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham
yo'qotadi.
Asosiy va aylanma kapitallarning farqlanishi asosida
quyidagi belgilar yotadi:
Asosiy kapital tayyorlanayotgan mahsulot moddiy tarkibiga
buyum jihatdan kirmaydi, uzoq davr (masalan, stanok 10 yil,
bino 50-100 yil) davomida faoliyat ko‘rsatadi, o'zining oldingi
natural-buyum shaklini bir nechta doiraviy aylanishlar
davomida saqlab qoladi. Aksincha, aylanma kapital (masalan,
paxta, jun, metall) har bir doiraviy aylanishda toMiq unumli
iste’mol qilinadi, o‘zining ashyoviy-buyum shaklini yo'qotadi
va yangi turlari bilan almashinadi.
2. Q iym a rtm is /t ia d c ft ig a r is A n a r i/a ia r ig a о ‘r k a z /s /i
x u s u s iy a /i Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida qator
yillar davomida faoliyat ko‘rsatib, ularning qiymati tovarlarga
qisman o'tib boradi. Agar stanok 10 yil, binolar esa, 50 yil
davomida foydalanilsa, bunda har yili yangi mahsulot
qiymatiga stanok qiymatining 1/10 va bino qiymatining 1/50
qismi o‘tkazib boriladi. Xom ashyo va materiallar, yoqilg‘i va
energiya kabi aylanma kapital elementlari har bir doiraviy
aylanishda to'lig'icha unumli iste’mol qilinadi hamda ularning
qiymati mahsulot va xizmatlar qiymatiga to‘lig‘icha o‘tadi.
Aylanma kapital bir yil davomida bir necha marta aylanishi
mumkin.
3. K a p iia i q iym a tin in g a y ia n is /г u s u ii. Qiymatning aylanish usuli
bo‘yicha asosiy kapital qiymati ikkiga bo'linadi. Qiymatning
mahsulotga o‘tgan qismi tovarlar va xizmatlar bilan biiga muomalada
bo'ladi, doiraviy aylanish jarayonida tovar shaklidan pul shakliga
o'tadi hamda qoplash fondi shaklida asta-sekin jamg'ariladi.
Mahsulotga o'tmagan qismi ishlab chiqarish doirasida mavjud
bo'lgan asosiy kapitalda gavdalanganicha qolaveradi. Iste’mol
qilingan mehnat predmetlari qiymati to'la-to'kis aylanib, yangi
mahsulotlar qiymati tarkibiga kiradi. Mehnat vositalari o'z aylanishi
davomida bir qator izchil doiraviy aylanishlarda ishtirok etadi,
vaholanki, mehnat pnedmetlarining aylanish vaqti bir doiraviy
aylanish davriga to'g'ri keladi.
4. Q a y /a t ik ia n is A u s u ii. Qayta tiklanish usulida asosiy
kapitalning ishlab chiqarish natijlariga o'tkazilgan qiymati, bu
vositalar bir qator doiraviy aylanishlarni o'z ichiga olgan
muayyan davr davomida edirilib, ishdan chiqqandan keyin pul
shaklidan yangi asosiy kapital shakliga aylanadi. Aylanma
kapital har bir doiraviy aylanishdan keyin ashyoviy-buyum
shaklida qaytib tiklanadi.
Balcha mehnat vositalari asosiy kapital tarkibiga
kirmasdan, faqat ularning inson mehnati bilan vujudga
keltirilgan qismi shunday kapital hisoblanadi. Shu sababli yer,
o‘rmonlar va boshqa tabiiy resurslar mehnat vositalari
hisoblansada, odatda, asosiy kapital tarkibiga kirmaydi.
Faqat unumli kapital asosiy va aylanma kapital shaklini
oladi, chunki ular ishlab chiqarish jarayonidagina o'z
qiymatini mahsulotga o'tkazadi. Shu bilin birga muomala
doirasida ishlab chiqarish jarayoni ma’lum darajada davom
etganligi tufayli bu yerda ham qo'shimcha unumli kapital,
masalan, muzlatish uskunalari, qadoqlash, oMchash
mashinalari, idish materiallari va boshqalar mavjud bo‘ladiki,
bular ham asosiy va aylanma kapitalga boMinadi.
Tadbirkorlik kapitali o‘z harakatida ishlab chiqarish va
muomala bosqichlarini bosib o'tadi. Shu sababli uning
Do'stlaringiz bilan baham: |