Tayanch so‘z va iboralar
Ijtimoiylashuv – shaxsning ijtimoiy me’yorlar va madaniy qadriyat-larni o‘zlashtirish jarayoni;
ijtimoiy aloqa – odamlarning ijtimoiy ta’sir orqali amalga oshirila-digan bog‘liqligi;
ijtimoiy munosabatlar – hamkor shaxslarning barqaror o‘zaro ta’siri;
konformlik – guruhning ta’siriga ongli ravishda berilish;
suggestiya – atrofdagi kishilar ta’siriga qanday berilganini sezmay qo-lish;
nizo – shaxslar, ijtimoiy guruhlar, va ijtimoiy tashkilotlar talab, man-faat hamda maqsadlarining mos kelmasligi;
motivatsiya – shaxsiy yoki guruhiy ehtiyojlarni amalga oshirishdagi harakatlantiruvchi istak;
ipteraksiya – kishilarning guruh va jamiyatdagi o‘zaro ta’siri;
maqom (status) – individning guruh yoki jamiyatdagi ijtimoiy o‘rni.
Savollar va topshiriqlar
“Ijtimoiylashuv” tushunchasi nimani anglatadi?
Ijtimoiy aloqaning mohiyati nimada?
Ijtimoiy munosabatlarning mohiyatini ayting.
Konformlik va suggestiya deganda nimani tushunasiz?
Shaxslararo o‘zaro ta’sir qanday yuz beradi?
Xomansning “eng kam manfaat” tamoyili nimadan iborat?
Nizolar qanday yuzaga keladi?
Nizolarning destruktiv va konstruktiv turlari qanday kelib chiqadi?
Ijtimoiy guruh jamiyatda qanday vazifani bajaradi?
O‘zaro ta’sir turlari va uning shakllarini ayting.
Ijtimoiy notinchlikning namoyon bo‘lishi nimalarda ko‘rinadi?
5-bob. SOHALAR SOTSIOLOGIYASI. SIYOSIY VA IQTISODIY SOHALAR SOTSIOLOGIYASI
5.1. Siyosiy sotsiologiya. Hokimiyat, hukmronlik va avtoritet
Siyosiy sotsiologiya – sotsiologik nazariyaning bir qismi bo‘lib, jami-yat va davlat ijtimoiy tuzum va siyosiy institutlar o‘rtasidagi o‘zaro muno-sabatlarni o‘rganuvchi fan. Siyosiy sotsiologiya siyosiy fanlardan farq qiladi va bu farq o‘rganish predmetida ifodalanadi. Siyosatshunoslik jami-yatning siyosiy hayotini, ya’ni davlat hokimiyati, uni egallash va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy tizimdagi munosabatlarni o‘rga-nadi.
Siyosiy sotsiologiya jamiyatning davlat, partiyalar, ijtimoiy-siyosiy tashkilot va individlarga ta’siri, ularning siyosiy xulq-atvorini o‘rganadi. “Siyosiy sotsiologiya keng ma’noda, – deb yozadi O.Berg-Shlosser, – barcha ijtimoiy nodir hodisalar bilan shug‘ullanadi va bu hodisalar siyosiy jihatdan muhim hisoblanadi. Obyektiv sohada bu, avvalambor, turli shakl-dagi jamiyat strukturalari va bu strukturalarga ta’sir qiluvchi omillardir. Obyektiv sohada u siyosiy muhim bo‘layotgan ijtimoiy nazariya va xulq-atvor namunalarini tadqiq qiladi, tor ma’noda, siyosiy sotsiologiya obyekti – aniq siyosiy jihatdan muhim guruh va jarayonlarni tadqiq qilishdir”. Demak, siyosat haqidagi fan davlat boshqaruvi bilan bog‘liq bo‘lsa va uning jamiyatga ta’sirini o‘rgansa, u vaqtda siyosiy sotsiologiya jami-yatdan kelib chiqadi hamda uning davlatga qanday ta’sir ko‘rsatishini, ya’-ni hokimiyatni taqsimlashga va uni amalga oshirishga xizmat qiluvchi rasmiy institutlarga ta’sirini o‘rganadi. Shunday qilib, siyosiy sotsiolo-giyaning predmeti ijtimoiy strukturalar va jarayonlarning siyosiy soha bilan o‘zaro ta’sir mexanizmi hisoblanadi.
Siyosiy sotsiologiya o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
siyosatning umumiy nazariyasi (siyosiy hokimiyat, uning boshqa
ijtimoiy voqeliklardan farqi va vazifasi);
siyosatning ijtimoiy aspektlari (manfaatlar, talablar, shaxslar va gu-ruh, institutlar faoliyati).
Siyosiy hayot sotsiologiyasi ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning 3 dara-jasini o‘rganadi:
ijtimoiy-siyosiy tizimlar faoliyat ko‘rsatishining umumiy qonunlari;
ayrim olingan mamlakatlarda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari;
siyosiy faoliyatning ayrim turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |