«iqtisod moliya»



Download 324,09 Kb.
bet25/48
Sana26.02.2022
Hajmi324,09 Kb.
#470577
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

4.4. Ijtimoiy harakatlar
Tashkil etilmagan guruhlarda, olomon ichida odamlarning faoliyati ja-miyatning shakllangan tartibiga zid turadi. Kishilarning jamoadagi xulq-atvorining elementar shakllari nisbatan stixiyali bo‘lib, noaniq vaziyatda va xavf-xatarda bu xatti-harakatni oldindan aytib bo‘lmaydi. Jamoa xatti-harakati tabiatini aylanma reaksiya yordamida tushunish mumkin. Ijtimo-iy o‘zaro ta’sirning bu shaklida kishilar bir-birlarining kayfiyati, his-haya-jonini ifodalaydi.

Ijtimoiy notinchlik – ko‘plab kishilarning ichki keskinligi, tarangligi bo‘lib, u faoliyatning tartibsizligi va muvofiqlashtirilmaganligida ifodala-nadi. U aylanma reaksiyaga jalb etilib, boshqalarga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Odamlarning bir-biriga nisbatan ta’sirchanligi oshganda, shuningdek, shakllangan turmush tarzi buzilgan paytlarda va kishilar birgalikda uni boshidan o‘tkazganda ijtimoiy notinchlik paydo bo‘ladi. U inqilobiy besa-ranjomlik, noroziliklar, diniy hayajonlar, mehnat nizolari paytida ko‘p uchraydi.

Ijtimoiy notinchlik quyidagi xususiyatlarga ega:


  • xulq-atvorning tartibsiz xarakteri. U kishilar tanglik va og‘ir ahvolda qolib, faoliyat ko‘rsatishlariga kuchli ehtiyoj vujudga kelganda, lekin aniq bir maqsadlari bo‘lmaganda, namoyon bo‘ladi;


  • kuchli tashvish, xavotir, vahima, qo‘rquv, ishonchsizlik, agressivlik tuyg‘ulari;


  • ta’sirchanlik, biron narsaga ishonish, ruhiy beqarorlik va yo‘lbosh-chilar fikriga berilish.


Jamoada hayajonlanish, qo‘zg‘alish keng tarqalganda ijtimoiy infeksi-ya (yuqumlilik) oshadi, ya’ni biron-bir kayfiyat, xatti-harakat (chayqov-chilik, moliyaviy vasvasa, vatanparvarlik jazavasi) vujudga keladi.

Sotsiologiyada elementar jamoa guruhlarining to‘rt turini ajratib ko‘r-satish mumkin (G.Blumerga ko‘ra):

  • harakatdagi olomon (agressiv olomon);


  • ekspessiv olomon (masalan, diniy sektalarda raqsga tushayotgan, ja-zavadagi olomon);


  • omma (ommaviy xatti-harakatda ishtirok etadigan, lekin hech qan-day ijtimoiy tashkilotga ega bo‘lmagan, bir-birini tanimaydigan kishilar);


■ jamoatchilik (biron-bir muammo bo‘yicha turli fikrga ega bo‘lgan kishilar guruhi).

Bu ijtimoiy guruhlar tashqi ta’sir natijasida emas, balki ichki bir sabab vositasida vujudga keladi. Ularning faoliyati mavjud madaniy me’yorlar orqali belgilanmaydi.

Umuman olganda, jamiyat quyidagi buyruq, farmoyishlar yordamida faoliyat ko‘rsatadi:


  • olomon aloqa o‘rnatish orqali harakat qiladi (odamlarning bir-biriga nisbatan ta’sirchanligi yuqori bo‘ladi, kayfiyatga ongli bo‘lmagan holda javob beradi, birgalikda faoliyatga ichki bir turtki yordamida kirishadi);


  • ommadagi individual tanlash, qarashlarning mos kelishi orqali jamo-atchilik o‘ziga xos birlikni tashkil qiladi va muayyan umumiy qarorning bajarilishi yoki jamoatchilik fikrining tashkil topishi uchun harakat qiladi.


Jamoatchilik fikri jamoa mahsuli bo‘lib, uni o‘zida ifodalaydi.

Jamoatchilik fikrining shakllanishi bir necha yo‘llar bilan amalga oshadi, masalan:

■ manfaatdor guruhlar manfaatdor bo‘lmagan guruhlarga nisbatan boshqalar fikrini bahs-munozaralar orqali shakllantiradi;

■ odamlarni muayyan nuqtayi nazarni qabul qildirishga qaratilgan tashviqotlar orqali ham jamoatchilik fikri shakllanadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan jamoa guruhlari ijtimoiy o‘zgarishlardan dalolat beradi. Ular yangi jamoa xulq-atvori, yangi ijtimoiy hayot shakllarining rivojlanishi, yangi ijtimoiy tartiblarning rivojlanishda muhim rol o‘ynaydi. Ijtimoiy harakat dastlab boshlangan paytda yaxshi tashkil etilmagan bo‘-ladi. U rivojlanishi bilan tashkilotga, an’analar, mustahkamlangan rahbar-lik, ijtimoiy tartib va qadriyatlarga ega bo‘la boradi. Ijtimoiy harakat quyi-dagi mexanizmlar yordamida rivojlanib, tashkil etilishi mumkin:


  • odamlarning bir-biri bilan birdamligi va hamkorligi tuyg‘usining tashkil etilish jarayoni, muayyan ijtimoiy harakat tarafdorlari orasida o‘za-ro xayrixohlikning shakllanishi kelishilgan xatti-harakatni paydo qiladi;


  • guruhlar ichida va guruhlararo munosabatlarning rivojlanishi, hara-kat a’zolarining o‘z faoliyati haqqoniyligiga ishonishi ularni o‘z maq-sadlari atrofida birlashtiradi, dushmanning borligini tan olish harakat bir-damligini ta’minlaydi;


  • tantanali marosim va urf-odatlardan foydalanish: ommaviy miting, parad, yubiley tantanalari, shiorlar, qo‘shiqlar, she’rlar, bayroqlar va hoka-zolar ijtimoiy harakatni rivojlantirib mustahkamlaydi, shu marosimlarning har bir ishtirokchisi o‘z-o‘ziga baho beradi, natijada u o‘zini muhim bir shaxs deb hisoblaydi;


  • harakatga barqarorlik va muayyanlik beradigan guruh axloqining shakllanishi: harakat maqsadining haqqoniyligi va odilligiga hamda maq-sadga erishishga ishonish;


  • harakat maqsadi va vazifalari shakllanadigan ta’limotlar to‘plami – guruh mafkurasining rivojlanishi.


Ijtimoiy harakatning muvaffaqiyatli rivojlanishi yuqorida ko‘rsatilgan mexanizmga, ijtimoiy oqibat esa ijtimoiy harakat xarakteriga (inqilobiy yoki islohot harakati) bog‘liq.



Download 324,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish