Tayanch so’z va iboralar: pilla ipi uchini toppish, silkitish jarayoni, yumaloq va siyrak shyotka, ip tutuvchi, charx, suv sirkulyatsiyasi.
Bug‘lab ichiga suv tо‘ldirilgan pillalar yakka uchini toppish uchun silkitish dastgohiga jо‘natiladi. Pilla ipi uchini toppish va silkitish jarayoni, pilla chuvish dastgohining tuzilishiga kо‘ra turlicha bajariladi.
KMS-10 dastgohida bu jarayon bug‘lovchi yordamida maxsus bug‘ va oval qozonlarda bajariladi. Pilla ipining uchi yumaloq va siyrak shyotka yordamida, qozondagi suvni yengil qaynashi bilan birga, bir siklda 9-12 marotaba aylanadigan yangi va eski pillalarga qarab bir, ikki marotaba shyotkani ishga tushirish bilan pilla iplarining uchi topiladi.
Avtomat pilla chuvish dastgohlariga uchli pillalarni tayyorlab berishda pillani silkitish va iplardan tozalash diferensallashgan holda qо‘lda bajariladi.
RK turidagi dastgoh yangi shuningdek eski pilla ipi yakka uchini topishga, har qanday dastgoxda bug‘langanidan qat’iy nazar uchi chiqqan pillalarni uchi chiqmagan pillalardan qayta saralashga mо‘ljallangan.
Dastgohning harakati asosida: uncha katta bо‘lmagan porsiyadagi pillalar losini aylanma tarnovcha bо‘yicha harakatlanuvchi kichik xajmli dumaloq shetkada qidirish; los torini shetkadan qо‘zg‘almas taroq yordamida mexanik olish; pillalarga tо‘xtovsiz katta chastotadagi tebranish oqibatida silkitiladigan ta’sir kо‘rsatib, shu bilan birga о‘zgarmas tezlikda pilla losi yig‘iladi; yakka uchi topilgan pillalarni silkitish zonasidan, pilla uchi bermagan pillalardan avtomatik tarzda saralab olinadi.
RK-3 dastgohi qozondan, shyotkali qurilmadan, silkituvchi mexanizmdan, ip tutuvchidan charx va suv sirkulyatsiyasini ta’minlovchi qurilmadan iborat (1.13-rasm).
Qozon tо‘siqlar bilan A,B,V,G,D va E zonalarga bо‘lingan. A zonasida kanal orqali pillalarni suv yordamida shyotkali qurilma yoniga yuboriladi; B zonasi A zonasining davomi bо‘lib, pilladan losni ajratishga xizmat qiladi; V zonasi B zonasining davomi bо‘lib, shetkada qayta ishlangan pillalarni yig‘ilish joyi vazifasini bajaradi; G zonasi V zonadan alohida о‘ralgan bо‘lib, unda pillalar silkitiladi; D zonasida uchi topilgan pillalar yig‘iladi; G zonasi D zonasi bilan qо‘shilgan, oxirida A zona E kanal orqali birlashadi.
A va B zonalarning chuqurligi bir xil bо‘lib, qolgan zonalardan chuqurroqdir. A zonasi boshida tutish savatchasi 11 bо‘lib, unda chо‘kkan pillalar va qaznoqlar yig‘iladi. A zonasining ikkinchi yarmida teshikli tub bо‘lib, E kanalini tubi bilan bir tekis bо‘ladi. B zonada ham teshikchali tub bо‘lib, uning ostiga kuchli bug‘ uchun burama naycha о‘rnatilgan. A va B zonalarning chegarasida qozon tagida oval shaklidagi teshik 12 bо‘lib, filtrli trubachalar bilan birlashtirilgan. U A kanalidan suv tortish uchun xizmat qiladi. V zonasidagi qozon tubida dumaloq teshik 13 bо‘lib,teshik qopqoq bilan berkitilgan. Bu teshiklardan ham filtrga suv tortiladi. B va V zonalar chegarasidagi qozon tubida teshikli truba 14 о‘rnatilgan, u yuqoriga qaratilgan bо‘lib, undan sovuq suv pastdan yuqoriga beriladi. G zonasi V zonasidan yopiq tо‘siq bilan ajratilgan, D zonasida tepa qismida uzun kesikli plastinkali tо‘siq 15 bor. U qozon tubiga panjasimon qilib qotirilgan va bitta uchi 16 buloq bilan qо‘shiladi, boshqasi bilan devor eshik 17 hosil qiladi. Suv va pillaning erkin oqimi uchun qozon tubida dumaloq teshik bо‘lib, pompa bilan birlashtirilgan va filtrdan suvni olishga xizmat qiladi. Bu teshik turtib chiqqan disk 18 bilan yopilgan bо‘lib, о‘rtada teshikchali konusli qopqoqlidir. Disk 18 vertikal valga о‘rnatilgan va dastgoh yurituvchisiga shesternali uzatkichlar orqali birlashtirilgan.
Tashqi kо‘rinishidan G zonasi chig‘anoq kо‘rinishidagi chiquvchi devor yо‘nalishida radiusi oshib boradi. D zonasi E kanali devorlari bilan birlashgan bо‘lib, uning kengligi tо‘siq 19 orqali moslanadi. Qozon buloqdan 16 tashqari ikkita chо‘ntakka 20 va 21 ega ular V va D zonalarga birlashgan bо‘lib, qozon oppis dumaloq teshiklidir. Chо‘ntak ichida balandlik bо‘yicha qо‘zg‘atiluvchi shtuserlar о‘rnatilgan bо‘lib, ular suv miqdorini moslaydi. Buloq 16 ga sovuq suv vodoprovoddan beriladi. U D zonasi orqali devorning tepa kesim qismidan qо‘shiladi. Shyotkali qurilma qozonda B zonada joylashgan. Uning markazida ustun 1 mahkamlangan.
13-rasm. RK-3 silkitib yakka uchini oppish dastgohi. 1-D zonasi, 2-shetka mexanizmi, 3-silkitish mexanizmi, 4-ip tutgich, 5-charx, 7- taroq, 9-filtr, 11- E kanali, 12- oval о‘yiq, 13- dumaloq о‘yiq, 14-sovuq suv bilan ta’minlash trubkasi, 15-tо‘siq, 16-buloqcha, 18-disk, 19-tо‘siq.
|
Qozon devorlari bilan halqali ariqcha hosil qiladi. Ustun markazidan aylana о‘q 2 о‘tgan, uning yuqori qismiga shyotkali disk 3 sakkizta shyotkasi 4 bilan mahkamlangan. Disk 3 aylana shyotkalari bilan soat strelkasi yо‘nalishida dastgoh yurgazuvchisiga birlashgan chervyakli g‘ildirak 5 yordamida aylanadi.
RK dastgohiga bug‘langan pillalar о‘rnatilgan yо‘nalishda beriladi.
Yangi pillalar qozon kanalining A zonasiga tushiriladi. Suv oqimi bilan pillalar aylanma kanalga tushadi, unda о‘z о‘qi atrofida tebranayotgan va aylanma xarakatlanayotgan shyotka qobiq yuzasidagi ipni uchi bilan ilib oladi va kanaldan chiqishga harakatlantiradi. Chiqish oldida shyotkalar undan gorizontal holda kо‘tariladi va pillalarni ip uchlaridan V zonasiga о‘tkaziladi.
B zonasidagi yuqori harorat tufayli pilla tomonidan shimilgan suvning bir qismi tashqariga siqib chiqariladi. Yо‘qotilganni о‘rnini tо‘ldirish uchun va pillalarni suv bilan tо‘ldirish uchun, V zonasida ularni dushda sovutiladi.
Pillalar V zonasidan G zonasiga о‘tkazilgach, silkitish mexanizmiga beriladi. Bunda los, silkituvchi rotor mexanizmi va taxlagichdan о‘tib charxga о‘raladi. Silkituvchi qurilma dastgohni ishlash vaqtida katta bо‘lmagan porsiya pillalar bilan ta’minlanadi. Silkitish mexanizmining katta tebranishi soni va tо‘xtovsiz los yig‘ilishi pilladagi ip chigallari ajralishini ta’minlaydi. Dastlabki vaziyatda bitta pilladan chiqayotgan uchlar soni 3-15tagacha borishi mumkin. Tо‘xtovsiz losning ajralishi natijasida chigal chiqindilar chiqib, pilla ipining yakka uchiga yetib kelinadi. Gzonaning pastki qismida joylashgan pompa mexanizmining suv sirkulyatsiyasini hosil qilishi, parrakli diskning tо‘xtovsiz aylanishi natijasida yakka uchli ip harakatlanib, D zona tomonga о‘tadi. Yakka ip tutgichda tо‘planadi. Uzilib uchi yо‘qolgan pillalar E kanal orqali yana A zonaga uchini oppish uchun keladi.
Dastgohning ish unumdorligi:
(7)
bu yerda: - chuvish tezligi, m/min
T – xom-ipakning chiziqli zichligi, teks
t – vaqt, min
C – ilgich soni
Ur – pillani solishtirma sarfi
RK dastgoxining texnologik jarayoni.
RK dastgoxiga bug‘lanagan pillalar о‘rnatilagan yо‘nalishda beriladi.
Yangi pillalar qozon kanalining A zonasiga tushiriladi. Suv oqimi bilan pillalar aylanma kanalga tushadi, unda о‘z о‘qi atrofida tebranayotgan va aylanma xarakatlanayotgan shyotka qobiq yuzasidagi ipni uchi bilan ilib oladi va kanaldan chiqishga xarakatlantiradi. Chiqish oldida shyotkalar undan gorizontal xolda kо‘tariladi va pillalarni ip uchlaridan V zonasiga о‘tkaziladi.
B zonasidagi yuqori xarorat tufayli pilla tomonidan shimilgan suvning bir qismi tashqariga siqib chiqariladi. Yо‘qotilganni о‘rnini tо‘ldirish uchun va pillalarni suv bilan tо‘ldirish uchun, V zonasida ularni dushda sovutiladi.
Pillalar V zonasidan G zonasiga taminlovchi va qayish xosil qiluvchi yordamida о‘tadi. Bunda los, silkituvchi ilgak va taxlagichdan о‘tib charxga о‘raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |