Tayanch so’z va iboralar: vazni, rangi, dastlabki ishlov berish usuli, qurish darajasi, kalibri, qattiqligi, nuqsonlar
Pillalarni aralashtirishdan oldin ularning vazni, rangi, dastlabki ishlov berish usuli, qurish darajasi aniqlanib pasportizatsiya qilinadi. Vazni, zot duragayi, о‘ldirish va quritish usullari, topshirish, qabul qilish aktlaridan, ya’ni pillaga qushib yuborilgan xujjatlardan olish mumkin. Rangi, tusi 1kg pilla namunasini qо‘lda yoki lyuminitsent analiz uchun priborda aniqlanadi.
Qо‘lda saralanganda partiyadagi oq, yashil, sariq va novvotrang pillalar tuslari protsenti aniqlanadi.
Lyuminitsent analizda esa ultrabinafsha nurlar bilan yoritishda binafsha, kо‘k-binafsha, sariq-binafsha va yorqin-sariq ranglarga ajratilib, protsent hisobi aniqlanadi.
Pillaning quriganlik darajasi, ular bug‘lab, uchini topish buyicha aniqlanadi. 100tadan pilla bug‘lanib, mexanik pilla chuvish dastgohida, los ajratish chetkasini 12-15 marta harakatlantirib, uchli pillalar aniqlanadi.
(2)
bu yerda
– porsiyada uchi topilgan pillalar soni
K – porsiyada pillalar soni (100ta)
Shularga qarab, bitta gibridga tegishli, bir xil rang yoki tusga ega bо‘lgan, bir usulda о‘ldirilgan va quritilgan va pilladan uch chiqish kо‘rsatkichi partiyalarning bir-biridan 20% ga farqlansa qо‘shiladi.
Bu saralanmagan pillalar pasportizatsiyasi bо‘lib, ikkinchi pasportizatsiya esa kalibrlarga ajratish, navlarga ajratish buyicha;
Kalibri, qattiqligi va nuqsonlar bо‘yicha chuvilgan namunalar 7 ta pilladan chuvilgan xom ipak о‘rtacha chiziqli zichligi va notekisligi bо‘yicha olib boriladi. Olingan natijalar asosida saralash rejasi ishlab chiqiladi, ya’ni kalibr va navlarga ajratiladi.
Pasportizatsiya 120kg saralanmagan pilla namunasi orqali amalga oshiriladi. Kalibrlarga, navlarga ajratilgan pillalar KMS-10 dastgohida, yangi va eski pillalar aralashmasidanchetkani 12-14 marta aylantirib, ya’ni bitta ishchi siklga qо‘yib, uchli pillalar 42-45°C temperaturali suvda, chuvish tezligi va notekisligi aniqlanadi. Olingan natijalar asosida hisobiy yо‘l bilan shu pillalar partiyasini saralash rejasi ishlab chiqiladi. YA’ni yiriklashtirilgan pillalar partiyasini necha guruhga bо‘lish, qaysi kalibr va navlvrga ajratish о‘rnatiladi. Bu esa о‘z navbatida yuqori sifatli assortimentni ishlab chiqarishdagi ishlab chiqarish rejasi talablarini qondirish kerak bо‘ladi.
Kalibr va navlarni tanlash chegarasi uchun asosiy kriteriya xom ipakning zrtacha kutilayotgan chiziqli zichligi (T▫) va uning notekisligi (C▫) hisoblanadi. (T▫) va (C▫) quyidagi formula bilan topiladi:
; (3)
bu yerda:
va – xom ipakning faktik chiziqli zichlik va notekisligi
i – pillalar komponenti uchun
Olingan natijalar asosida pillalarni saralash bо‘yicha texnologik karta tuziladi, sо‘ng ishlab chiqarishga pillalarni tushirish uchun plan grafik tuziladi.
Pillalarni changdan tozalash
Pillalarni saqlash, quritish, tashish davrida changlanadi. Ayniqsa soyali quritgichlarda quritilgan pillalarda chang kо‘p bо‘ladi. Chuvish davrida suv ifloslanib pilla iplarini ustma-ust tushib qolish nuqsonlari kо‘payadi va ip xira xolatga keladi. Pillalar paxtasimon losdan ajratilayotganda va kalibrlanganda changdan tozalanadi.
Paxtasimon losdan tozalash
Paxtasimon los – pillalar dastadan terilayotganda olib tashlanadi. Transportirovka davrida pillalar bir-biriga ishqalanish natijasida yana paydo bо‘ladi. Uni olib tashlanmasa kalibrlash va saralash qiyinlashadi. Xitoyda pillani dastadan terishda paxtasimon losni qoldiradi. Intensiv tarzda paxtasimon losning olinishi qobiqning butunligini buzib, uning natijasida xom-ipak chiqishi va uzluksiz chuvaluvchan uzunlik kamayib, chiqindilar kо‘payadi.
Paxtasimon los miqdori, pilladan ajratib olingan, %
|
Vsh.s
Xom ipak chiqishi
|
Vp.s
Pilla losi chiqishi
|
Pillalarni chuvishga qaytishi
|
L u.u. m
|
0.0
0.25
0.85
|
36.12
35
34.65
|
4.7
5.4
5.6
|
1.31
1.49
1.58
|
489
441
403
|
Saralangan pillalar yana aralashtirilib, 25-30kg dan qopga joylab, saralangan pilla omboriga jо‘natiladi.
Mavzu: Pillalarni chang va losdan tozalash dastgohlarining tuzilishi va ishlash printspi
Reja:
1. Chang va losdan tozalashning maqsadi.
2. Chang va losdan tozalash dastgohi turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |