Ipak texnologiyasi



Download 8,22 Mb.
bet12/33
Sana01.01.2022
Hajmi8,22 Mb.
#286413
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
IICHQIJNA chuvish ma'ruza 97

Nazorat savollari

  1. Pillalarni chuvishga dastlabki tayyorlash deganda nima tushiniladi?

  2. Pillalar partiyasini yiriklashtirishdan maqsad nima?

  3. Pillalar partiyasini aralashtirishda qanday dastgohdan foydalaniladi?

  4. Ikkita partiya bо‘lsa aralashtirish dastgohi bunkeriga pillalar qanday tartibda yuklanadi?

  5. Pillalarni losdan tozalash nima uchun kerak?

  6. Qanday los ajratgich dastgohlardan foydalaniladi?

  7. Los ajratgich dastgohlarining kamchiligi nimadan iborat?

  8. Los ajratgich dastgohlarning ish unumi nechaga teng?

  9. Pillalarni о‘lchami bо‘yicha saralashda necha kalibrga ajratiladi?

  10. Pillalarni tashqi belgisi bо‘yicha saralashda qanday uskunalardan foydalaniladi?

  11. Davlat standarti bо‘yicha pillalar necha navga ajratiladi?

  12. Qanday nuqsonli pillalarni bilasiz?

  13. Nostandart pilla deganda qanday pillalar tushiniladi?

  14. Birinchi va ikkinchi navli pillalardan meyorlangan necha % xom ipak chiqadi?

Mavzu: Pillani chuvishga tayyorlash texnologik jarayonining nazariy asoslari


Reja:


  1. Seritsinni yumshatish.

  2. Pillani suv bilan tо‘ldirish.

Tayanch so’z va iboralar: bug’lash, serisinni yumshatish, pilla ichiga suv to’ldirish, qobiqdan ipni chiqish kuchi, ipning yopishqoqligi, qobiqdan ipning ajralish burchagi.

Pillalarni chuvishga tayyorlash deganda, bug‘lash, bug‘langan pillalarni losdan tozalab, yakka uchini topish va uchi topilgan pillalarni ajratish tushuniladi. Bu jarayonda pilladagi seritsin yumshatilib, ichiga suv tо‘ldirilib, qobiqdagi pilla losi ajratilib, uzluksiz uzunlikdagi yakka ip topiladi. Pilla chuvish, pilla о‘rash jarayonining teskarisi bо‘lib, bunda tashqi qavatdan ichkariga kirib boradi. О‘rashdan farqli chuvish jarayoni, qobiqdagi ipning yopishqoqligi yо‘q qilinadi. Pillakashlikda adgeziya kuchini yengish degan ibora mavjud bо‘lib, qobiqdan ipni ajratish uchun kerak bо‘lgan kuch tushuniladi. Ipni ajratish tekislikka perpendikulyar yо‘nalishda bо‘lib, ajralayotgan ip halqa qismi joylashgan bо‘ladi. Pilla qobig‘ining ustki qismidagi seritsin 70°C va ichki qismidagi seritsin 80°C haroratda eriydi. Bunga sabab ustki qismidagi seritsin molekulasi qisqa bо‘lib, ya’ni ichki qavatdagisi nisbatan uzun bо‘ladi, ularning solishtirma molekulyar massasi turlicha. Seritsinning erishi suvning temperaturasiga, tarkibiga va bug‘lash vaqtiga bog‘liq.

Quruq pilladan ipni yopishganlik kuchi о‘rta hisobda 0,73 dan 2,9 sN gacha bо‘lishi mumkin. Bu esa pilladan ipak ajratib olish mumkin emasligini kо‘rsatadi. Chuvilgan taqdirda ham chuvish tezligi 0,366 m\min bо‘lishi kerak. Ishlab chiqarish sharoitida pilla chuvish 120 m\min va undan katta tezlikda chuviladi. Buning uchun esa seritsinning yopishqoqlik kuchini pasaytirish yо‘li bilan erishiladi. Buning uchun pilla bug‘lanib, seritsin yumshatilib, yopishqoqlik xususiyati pasaytiriladi.

C - pilladagi ipning yopishqoqlik kuchi

Pn – qobiqdan ipning chiqish kuchi

P – chiqayotgan ipning taranglik kuchi

Pτ – ipning tarangligini tangensial tashkil etuvchi kuchi

α – qobiqdan ipning ajralish burchagi

Pn = Psinα boshqa tarafdan Pn = C , bundan kelib chiqqan holda Pn = C = Psinα bu yerdan

P = Pn / sinα = C / sinα

α = 90º bо‘lganda sinα = 1 ga teng

Pn = C = P Pτ = 0 ga teng, ya’ni ipning tarangligi minimal bо‘ladi. α = 0º ga teng bо‘lsa, ip yо‘nalishi tekislik yо‘nalishi bilan tо‘g‘ri kelganda ipning uzilishlar kuchi kо‘payadi va ip uzilib chо‘zilmaydi. Ip uzilmasligi uchun: Pn pilla ipining uzilishdagi mustahkamligidan ancha kichik bо‘lishi kerak. Qobiqdan ipning chiqish burchagi kritikdan yuqori bо‘lishi kerak, bunda P Pr , bu yerda Pr – uzilish kuchi.


8-rasm. Pilla qobig’idan ipni ajralishini aniqlash. а) pilla chuvishda ipni taranglanishi va chiqish kuchini bog’liqlik grafigi.б) ipning statik chiqish kuchini aniqlash pribori. в) ipning qobiqdan dinamik chiqish kuchini aniqlash pribori.


Qobiqdan ipning ajralish kuchi static va dinamikka ajraladi. Statik ipning qobiqdan ajralish kuchini aniqlash kvadrantda amalga oshiriladi.Buning uchun 40-450C haroratli stakanga solingan pilla uchlari kvadrantni ilmog’i uchiga ilinadi. So’ng kvadrant strelkasi asta sekin bo’shatilib to’xtaguncha olib boriladi. Kvadrantni ko’rsatkichi ipning chiqish kuchiga teng boladi.

Dinamik ipning chiqish kuchi ipning amaliy tarangligini anglatadi. Uni 8b-rasmda ko’rsatilgan pribor orqali aniqlanadi.

Pillalarni pishirishda pilla qobig‘idagi 3 – 7 % gacha seritsin erishi mumkin.

Temperaturaning oshishi va vaqt о‘tib borishi bilan seritsin erishi ham ortib boradi. Ipning qobiqdan chiqish kuchi ham shunga bog‘liq holda temperatura ortganda ipning yopishqoqligi kamayadi, temperatura kamayganda esa yopishqoqligi ortadi.

Ishlov berish rejimiga bog‘liq holda modda hususiyatining о‘zgarishi gisterezis deyiladi. Temperatura oshganda ipning ajratishga sarflangan kuch kamayadi. Agar temperatura kamaysa, u ham bog‘liq holda oshadi. Lekin birinchi holatga qaytmaydi, ya’ni seritsinning yelimlanish hususiyati 1/3 qismga kamayadi.

9-rasm. Temperaturaga bog‘liq holda ipning chiqish kuchi gisterezisi

a) temperatura oshirilganda (I) keyin pasaytirilganda (II)

b) temperatura pasaytirilganda (I) keyin oshirilganda (II)

Adgeziya gisterezisini yomon ta’sirini kamaytirish uchun suvda uzoq saqlash va qayta ishlov berishga kо‘p qaytishning oldini olish kerak.

7-jadval


Temperatura va vaqtni serisinni erishi va bo’kishiga ta’siri.

Suvda ivitish davomiyligi

Suv harorati, 0C

45-50

65-70

90-95

Qaynatish

Bo’kish

Erish

Bo’kish

Erish

Bo’kish

Erish

Bo’kish

Erish

1

-

-

-

-

86,1

2,29

123,7

4,77

3

43,2

0,79

46,4

2,06

86,9

3,15

106,2

5,46

5

42,4

0,97

49,6

2,52

96,6

4,23

101,8

5,23

10

49,3

1,21

58,4

2,12

107,2

4,18

105,6

7,21

30

53,5

1,28

62,3

2,87

-

-

93,1

8,51

Temperatura ortishi bilan bo’kish va erishi ortib boradi. Qaynash haroratiga kelganda bo’kish to’xtab, erish ortadi.



10- rasm. Serisinni erishini boktirish vaqtiga bog’liqligi. 1- 45-500C; 2-60-700C;3-90-950C; 4-qaynash.

Pillani chuvish uchun

Pilladagi seritsinni yumshatishning о‘zi kamlik qiladi, yana pillani suvda ushlab turuvchi kuchni hosil qilish kerak. Shuning uchun pillani ichiga suv tо‘ldirib og‘irlashtiriladi. Ipak chuvishga pillani tayyorlashda individual va markazlashtirilgan yо‘l bilan pilla pishirish usullari mavjud.

Pilladan ipak chuvish 3 usulda olib boriladi:



  1. Pilla chuvish davrida pilla suvda suzib yuradi, uning ichiga 75 % gacha suv kirgan bо‘ladi. Bu pillalar mexanik pilla chuvish dastgohlarida chuviladi.

  2. Pilla suvda yarim chо‘kkan holda chuviladi, yarim chо‘kkan holdagi pillalar UzNIISHP sistemasidagi va ayrim Yapon sistemalaridagi pilla chuvish avtomatlarida chuvilib, 75-92% gacha suv kirgan bо‘ladi.

  3. Pilla suv tagiga chо‘kib turgan holda chuviladi. Chо‘kkan holdagi pillalar Yapon va Xitoy sistemasidagi avtomvtlvrda chuvilib, 97 % dan oshiq suv kirgan bо‘lishi kerak.

Mavzu: Pilla qobig’ini suv bilan to’ldirish va seritsinni yumshatish jarayonlari maqsadi

Reja:


  1. Pillalarni bug‘lash texnologiyasi

  2. Pillaning ichiga suv to’lganlik darajasi.


Tayanch so’z va iboralar: pillalarni bug‘lash texnologiyasi, seritsinning yopishqoqlik kuchi, pillalarni suzib yurgan holda chuvish, pillalarni yarim cho’kkan holda chuvish
Pillalarni chuvishga tayyorlash deganda, bug‘lash, bug‘langan pillalarni losdan tozalab, yakka uchini topish va uchi topilgan pillalarni ajratish tushiniladi. Bu jarayonda pilladagi seritsin yumshatilib, ichiga suv tо‘ldirilib, qobiqdagi pilla losi ajratilib, uzluksiz uzunlikdagi yakka ip topiladi. Pilla chuvish- pilla о‘rash jarayonini teskarisi bо‘lib, bunda tashqi qavatdan ichiga kirib boradi. О‘rashdan farqli chuvish jarayoni qobiqdagi ipning yopishqoqligi yо‘q qilinadi.

Quruq pilladan ipni chiqish kuchi о‘rta hisobda 0,73 dan 2,9 sN gacha bо‘lishi mumkin. Bu esa quruq pilladan ipak ajratib olish mumkin emasligini kо‘rsatadi. Chuvilgan taqdirdayam chuvish tezligi 0,366 m/min bо‘lishi kerak. Ishlab chiqarish sharoitida pilla chuvish 120 m/min va undan katta tezlikda chuviladi. Buning uchun esa seritsinning yopishqoqlik kuchini pasaytirish yо‘li bilan erishiladi. Buning uchun pilla bug‘lanib, seritsin yumshatilib, yopishqoqlik xususiyati kamaytiriladi. Lekin bu kamlik qiladi. Chuvish jarayonida pillalar suvda bо‘lishi uchun ipning tortilish tezligiga qarshilik kо‘rsatadigan kuch kerak bо‘ladi. Shuning uchun pillani ichiga suv tо‘ldirilib u og‘irlashtiriladi. Ipak chuvishga pillani tayyorlashda individual va markazlashtirilgan yо‘l bilan pilla pishirish usullari mavjud. Individual yо‘l bilan asosan mexanik pilla chuvish dastgohlarining bug‘lash qozonida pillalar pishirilsa, markazlashgan xolda pillalarni pishirish usulida esa bug‘lash konveyerining bir necha seksiyalarida turli temperaturalar bilan pillalarga ishlov berib pillalarni yakka uchini topishga tayyorlaniladi.

Ichiga suv kirgizilgan pillalar uch xil xolatda bо‘ladi.


  1. pilla chuvish davrida suvda suzib yuradi.

  2. pilla suvga yarim chо‘kib turgan holda chuviladi.

  3. pilla suv tagiga chо‘kib turgan holda chuviladi.

Suzib yurgan holdagi pillalar mexanik pilla chuvish dastgohlarida chuvilib, 75% gacha ichiga suv kirgan bо‘ladi. Shu sababli pillaning ozgina qismigina suvga botib turadi.

Yarim chо‘kkan holdagi pillalar UzNIISHP sistemasidagi va ayrim Yapon sistemalaridagi pilla chuvish avtomatlarida chuvilib, 75 dan 92% gacha suv kirgan bо‘ladi.

Chо‘kkan holdagi pillalar Yapon va Xitoy sistemasidagi avtomatlarda chuvilib, 97% dan oshiq suv kirgan bо‘lishi kerak. 90-950S temperaturali suvda pillaga ishlov berilganda, seritsin bо‘kib yumshaydi. Chuvish jarayonida pillalarga turli kuchlar ta’sir qiladi. Quyidagi tengsizlik qoniqtirilgan sharoitda, pilla chuvilishi sodir bо‘ladi.

bu yerda: K- pillaning og‘irlik kuchi




Download 8,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish