Ipak texnologiyasi



Download 8,22 Mb.
bet8/33
Sana01.01.2022
Hajmi8,22 Mb.
#286413
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
IICHQIJNA chuvish ma'ruza 97

Nazorat savollari

  1. Pilladan qanday mahsulotlar ishlab chiqariladi?

  2. Pillalar qanday kalibrga ega bо‘lishi kerak?

  3. Viloyatlarda sanoat va urug‘chilik uchun parvarish qilingan qanday zot va duragaylar yetishtiriladi?

  4. Pillakashlikning asosiy maqsadi nima?

  5. Pillalar partiyasi deb nimaga aytiladi?

  6. Pillalar omborxonalarda qanday tarzda saqlanadi?

  7. Omborxonalarda pillalarga qanday zararkunandalar taxdid solishi mumkin?

  8. Pillaga qobiqxо‘rlar zarar yetkazgan bо‘lsa qanday chora qо‘llaniladi?

  9. Pilla chuvishdagi jarayonlarni necha guruhga bо‘lish mumkin?

  10. Pilladan xom ipak ajratib olish qachon ixtiro qilingan?

Mavzu: Ishlab chiqarish partiyasini hosil qilish

Reja:


  1. Ishlab chiqarish partiyasini hosil qilish.

  2. Pillakashlik korxonasining saralash sexidagi texnologik jarayonlar va dastgohlar uchun rejimlarni tanlash.


Tayanch so’z va iboralar: mayda pillalar, o’rta pillalar, yirik pillalar, ipakdorlik, nostandart pillalar, nuqsonli pillalar.
Ishlab chiqarish partiyasini hosil qilishda avval pillalar kalibri bо‘yicha saralanadi. Kalibr bо‘yicha pillalar mayda, о‘rta, yirik va о‘ta yirikka bо‘linadi.

Mayda pillalar kengligi – 15-16 mmgacha bо‘ladi.

О‘rta kalibrli pillalar – 18-19 mmgacha bо‘lgan pillalar.

Yirik kalibrga – 21-22 mm kenglikkacha bо‘lgan pillalar kiradi.

О‘ta yirik pillalarga 22.1 mm dan katta kenglikdagi pillalar kiradi.
Pillaning о‘rtacha kengligiga ipakdrolikning bog‘liqligi



d,mm

12

123

14

15

16

17

18

19

20

21

22

sh,%

43.6

45.3

46.2

45.9

49.5

51.2

49

48.1

51.1

51.3

52

Fabrikada pillalar qattiqligi va qobiq tavsifi bо‘yicha I va II nav, navsiz va nostandartga ajratiladi.

I navga toza, shikastlanmagan pillalar, shu bilan birga qobiq sirtidagi dog‘lar 5mm dan katta bо‘lmagan, dasta izining uzunligi 10mm dan katta bо‘lmagan, silliq yaltiroq joyi 10mm dan katta bо‘lmagan pillalar kiradi.

II navga pilla sirtidagi dog‘ qobiq yuzasining 4/1 qismidan oshmasa, dasta izi va silliq yaltiroq joyi 15mm dan katta bо‘lmasa, bir qutbi о‘tkir uchli, ezilgan, buzuq shaklli, yupqa qobiqli, ichi kо‘rinmaydigan yupqa qutbli pillalar kiradi.

Navsiz pillalalrga dog‘ qobiq sirtining 4/1 qismidan oshgan yuzani qoplagan bо‘lsa, dasta va silliq yaltiroq joyining uzunligi 15mm dan katta bо‘lsa, о‘ta ezilib pachoqlanib yopishgan bо‘lsa, ichki dog‘i sirtiga chiqqan, kigizsimon, paxtasimon, qо‘shaloq g‘umbakli, teshik, mog‘orlagan, qotib qolgan, chala о‘ralgan, yupqa qutbli, buzuq shaklli va ikkala qutbi о‘tkir uchli pillalar kiradi.

Nostandart pillalarga – qobiq tavsifi bо‘yicha navli pillalar talabiga tо‘g‘ri kelgan kar pillalar va xom ipak chiqishi 23% dan kam II nav pillalar kiradi.

Navsiz va nostandart pillalar ichidan chuvishga yaroqli pillalar aralashmasi ajratib olinadi. 10mm dan yuqori dasta izli, shakli buzuq, о‘tkir uchli, yupqa qobiqli pillalardir.

Xom ipak chiqishining meyorlangan miqdori I nav pillalar uchun 35.4%, II nav uchun 28.8%. Pillaning barcha navi uchun meyorlangan namlik 10 %ni tashkil qiladi.

Qо‘shaloq pillalar, qorapachoq, teshik, mog‘orlagan, qotib qolgan, dog‘langan, paxtasimon pillalar brak hisoblanib, ipak yigirish korxonasi hom ashyosi hisoblanadi.

Tadqiqot natijasi shuni kо‘rsatadiki, har bir navlar alohida chuvilsa maqsadga muvofiq bо‘lar ekan, bu esa chuviluvchanlik va pillaning solishtirma sarfiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.




Nav

Solishtirma sarf

Chuviluvchanlik, %

I

2.78

72.1

II

2.9

70

Chuvishga yaroqli nuqsonli

3.41

63

I-II

2.84

71.1

I+II+nuqsonli

2.98

71.7

Pilladan samarali foydalanish va shu bilan birga notekisligi kam va kо‘p ipak ajratib olish uchun pillalar partiyasini quyidagi sxema buyicha saralash kerak.

Kalibr I Kalibr II Kalibr III Kalibr IV


  1. ta saralanmagan pillalar partiyasi kam hollarda 60-70 tonnaga yetadi. Kichichk partiyalardan iborat bо‘lgan pillalarni qо‘shib yirikroq partiya hosil qilinadi. Zot duragayiga, о‘ldirib, quritish bir usulda bо‘lganligiga e’tibor qaratiladi.

Berilgan sxemaga binoan sutkada saralash sexiga kerak bо‘ladigan pillalarning nisbiy miqdorini quyidagiformula bilan aniqlab olinadi.

  (1)

bu yerda:



 1ta partiyadagi pillalarning solishtirma miqdori, kg

  – yiriklashtirilgpn saralanmagan pillalarning saralash sexiga kerak bо‘ladigan sutkalik miqdori, kg

  – 1ta partiyaning umumiy og‘irligi

  – partiyadagi aralashtirilayotgan hamma pilla vazni, kg

Masalan: 3ta partiyani aralashtirish kerak: ularning og‘irligi  =5000 kg. Saralash sexiga sutkalik kerak bо‘ladigan pilla vazni   kg. Unda sutka aralashtiriladigan pillalarning solishtirma miqdori quyidagicha bо‘ladi.

A1 – partiya bо‘yicha  

A2 – partiya bо‘yicha  

A3 – partiya bо‘yicha  

Hammasi 30+45+75=150kg

Mavzu: Pillakashlik korxonasining saralash sexidagi texnologik jarayonlar va dastgohlar uchun rejimlarni tanlash

Reja:


  1. Pillalar pasportizatsiyasi

  2. Pillalarni changdan tozalash

  3. Paxtasimon losdan tozalash



Download 8,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish