Mavzu: Yakka pilla ipini uchini topishda qo’llaniladigan dastgohlarning asosiy ishchi organlari
Reja:
Yakka pilla ipini uchini topishda qo’llaniladigan dastgohlarning asosiy ishchi organlari.
Silkitish dastgohlarining turlari. RK-3, GUNZE, KEYNAN rusumidagi silkitish dastgohlarining bir biridan farqi va ishlash printspi
Tayanch so’z va iboralar: silkitish dastgohlari, chetka, taroq, ip tutgich, pilla silkitish zonasi, uchli pillalarni yig’ish.
RK tipidagi dastgohning chetka mexanizmi. B zona markazida (1) kalonka mahkamlangan. Kalonka o’rtasidan o’rtasi bo’sh val (2) o’tadi. Valning yuqori qismiga chetkali disk (3) sakkista (4) chetkasi bilan o’rnatiladi. Disk (3) chervyakli g’ildirak (5) bilan soat strelkasi bo’yicha aylantiriladi. Chetka ushlagichga mahkamlangan (6). Ushlagichga lyulka (7) disk quloqchasiga ilib biriktirilgan. Ushlagichga valik (9) ulangan. Uning yuqori qismida shesterna (8), pasiga yapaloq rolik (10) o’rnatilgan. (9) valga purjina (11) kiydirilgan. Shesterna (8) (13) valda o’tirgan (12) shesterna bilan birikkan. U krivaship (14) bilan harakatga keltiriladi. (15) lekala lyulkani ko’tarish uchun kerak bo’ladi.
14-rasm RK- tipidagi mashinaning shetka mexanizmi.
RK-dastgohini silkitish mexanizmi. Mashinanig G zonasida joylashgan bo’lib, tebranuvchi ikki elkali richagdan (15) va uni tebrantiruvchi profillangan barabanchadan (16), muftadan (17), uni boshqaruvchi richagdan (18) iborat. Barabancha (16) (19) valga erkin o’rnatilgan. Mufta esa (17) unga shpon bilan mahkamlanib, barabanga prujina bilan siqiladi. Val (19) mashina bosh validan qiya tishli shesterna orqali harakatlanadi. Ikki elkali richagning bo’sh uchi ilmoq bilan yakunlanib, silkitilayotgan pilla loslari shu joydan o’tadi.
Silkitish mexanizmi plitaning orqa bortiga mahkamlangan bo’lib, korpus (20) bilan tugallangan.
Ip tutgich yulduzcha (22) bilan harakatga keltiruvchi yopiq zanjirdan (21) iborat. Zanjirning pastki qismi ilmoq ko’rinishida (23) ishlangan bo’lib, ilgich (24) diskiga silkitilgan pilla iplari yig’iladi. Ilgichga (25) harakatlanmaydigan igna o’rnatilgan. Mashina umumiy (27) shesternasi bilan ulangan (26) val orqali qurilma harakatga keltiriladi. Ip tutgich kransheyin orqa bortga (28) mahkamlangan. Zanjirning tarangligi (29) vint orqali nazorat qilinib, u (31) bolt bilan kranshteyinga biriktirilgan, ushlagich (30 ) orqali o’tgan. Zanjir yuqori qismi (32) qopqoq bilan yopilgan.
Mashinanig yig’ish qurilmasi. Charxdan (33), taxlagichdan (34), friksion (36) valdan (35) tashkil topgan. Charx (35) valga o’tkazilgan bo’lib bo’sh holatda (37) purjina bilan ushlab turiladi. Uni friksion uzatma (36) harakatga keltiriladi. Qurilma kronshteyinga (38), tozning orqa bortiga mahkamlangan.
15-rasm. RK tipidagi dastgohning: a) silkitish qurilmasi, b) ip tutgich, v)yig’ish qurilmasi.
10-jadval
RK dastgoxida charxning aylanish tezligi.
¤zgaruvchi yulduzchaning tish soni
|
Charxning aylanish tezligi ayl.min
|
Yetakchi Zsm5
|
Yetaklanuvchi Zcm6
|
16
16
16
20
.16
20
|
20
20
16
16.
.12
12
|
3,01
4
5
6,25
6,66
8,33
|
11-jadval
RK dastgoxidagi shyotka aylanasining aylanish tezligi.
Shyotka aylanasidagi о‘zgaruvchi yulduzchaning tish soni
|
Shyotka aylanasining aylanish tezligi ayl/min
|
Shyotka aylanishidagi ish vaqti
S
|
Yetakchi Zsm1
|
Yetaklanuvchi Zcm2
|
16
24
28
28
24
28
|
28
32
32
24
16
16
|
1,03
1,27
1,49
2
2,57
2,98
|
33
30
26
19
15
13
|
Silkituvchi qurilma dastgohni ishlash vaqtida katta bо‘lmagan porsiya pillalar bilan taminlanadi (zapravka). Ilgichning katta tebranishi soni va tо‘xtovsiz los qayishi yig‘ilishi pilladagi ip chigallari ajralishini ta’minlaydi. Bunda ipak losga qobiqdan bitta ip chiqquncha olinadi.
Nissan sistemasi silkitish mashinalari
Silkitish mashinasi bir-biridan izolyasiyalangan qismlardan: yeg’uvchi A, chetka kallagi B va tozdan C iborat.
Yig’gich to’g’ri burchakli rezervuardan (3), silindrik ta’minlagich bilan ta’minlangan (2) va harakatlanuvchi chuqurdan (6) iborat. Ta’minlagichga qaytuvchi klapan (1) o’rnatilgan. Taminlagich korpus ichiga tushganda (7), klapan yopilib, suv oqimi (5) shlang orqali va dush (4) chiqarish tomonga yuradi. Navbatdagi ta’minlagich ko’tarilishida klapan (1) ochiladi.
Chetka kallagi kransheyindagi (12) markaziy vertikal valga (11) sharnirli mahkamlangan o’nta dumaloq chetkadan (10) tashkil topgan. Har bir chetka o’n ikkita supirgichadan tashkil topgan (15), shudan toqqistasi harakatlanadi. Uchta supirgi (21) harakatlanmaydigan (17) o’qdagi kronshteyinga (12) biriktirilgan korpusga mahkamlangan. (8) (13) shesternalar va (20) (22) shesternalar ta’sirida supirgichalar guruhi (24) tebranadi.
16-rasm. Yapon sistemasi avtomatlari pilla silkitish mashinasi: a) texnologik sxema; b) yig’gich; v) chetka kallagi; g) chetka; potok mexanizm kinematik sxemasi.
Chetka (10) faqat ishchi zonada markaziy shesterna (8) bilan aloqada bo’ladi. Ip uchlari tushirish zonasi kranshteyinning (12), tog’chaga (9) yetib kelib, chetkani suvdan yuqoriga ko’taradi va tishli juftlar (14) va (8) ni birikishdan chiqaradi. Yuqoriga ko’tarilgan supirgichali shtanga (28) gorizontal yuzada tebranib torsimon los hosil qiluvchi prizma (26) orqali ip uchlari o’tkazilib va taroq (25) orqali ajratiladi. Prizmaga tashlangan ip uchlari yo’naltiruvchi prutok orqali (24) planka tishini ishg’ol qilib (28) unga o’raladi. Pillalar chetka kallagi zonasidan ta’minlagich (27) kolosniklari yordamida silkitish zonasiga to’kiladi. Silkitish zonasida torsimon los silkitish ilmog’iga (29) yig’iladi. Silkitish ilmog’iga yig’ilgan pillalar lopastli disk (30) markaziga nisbatan aylanma harakat bajaradi. Ilgich (32) markaziy teshikka ega bo’lib torsimon los shu yerdan o’tadi/ ilgichdan so’ng torsimon los yo’naltiruvchi ilmoq (33) va disk (35) teshigidan yo’naltiruvchi konus (38) yo’naltiruvchi silindrlar sistemasidan o’tib, charxga yig’iladi. Disk (35) alohida pilla iplarini o’zaro o’ralish uchun ta]minlagichga (37) tushirish oldidan toz oldi konveyerlaridagi (40) chashkalarni zaryadlash uchun xizmat qiladi. Uchsiz pillalar silkitish zonasida cho’kib, C tozi qiya tagidan dumalad (39) ta’minlagichga boradi. U yerdan chetka kallagi zonasiga yuborilib yana uchi topiladi. Uchzis pilla va qaznoq gidrolotok (41) orqali avtomatdan avtomatdan tushirilib, saralovchi qurilma (42) ga tushiriladi. U yerda chuvilmay qolgan pillalar saralanib trasportyor orqali (43 ) chetkali kallak zonasiga yuboriladi. Chetka kallagi pilla silkitish mashinasi umumiy yurutmasidan harakatga keltiriladi. Bunda chervyakli juft 44-45 chetka kallagini markaziy val (11) orqali aylantiradi. Vintli juft 46-47 esa markaziy tishli g’ildirak (8 ) orqali chetkani tebrantiradi. Kinematik sxema bo’yicha oraliq valdan (49) ekssentrik (48) orqali tyaga va ikki yelkali richagga (53) uzatiladi. Richag (53) tebranishi yopiq zanjir 54 va 55 yulduzchalardan o’tuvchi (55) yulduzchani aylanma qaytma harakatga keltiriladi, qaysiki harakatni 52 va 51 juftlari orqali markaziy tishli g’ildirakka (8) uzatiladi. (53) richag tebranish va chetka kallagi aylanishidagi burilish amplitudasi joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |