Ipak texnologiyasi



Download 8,22 Mb.
bet3/33
Sana01.01.2022
Hajmi8,22 Mb.
#286413
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
IICHQIJNA chuvish ma'ruza 97

MA’RUZA MATERIALLARI

Mavzu: Pilla chuvish jarayonlarining asoslari

Reja:

1. Ipak ishlab chiqarishning holati



2. Pilla chuvish asoslari
Tayanch so’z va iboralar: tabiiy ipak, pilla, eshilgan ipak iplari, shakldor ipak iplari, yigirilgan ipak iplari, maxsus sohalar uchun tayyorlangan ipak iplari.
Tabiiy ipak- jonivorlardan olinadigan qimmatbaho tо‘qimachilik xom ashyosi hisoblanib, u ipak qurtining ipak ajratish bezi mahsuli hisoblanadi. Pilla va ipak ishlab chiqarish, uni qayta ishlash О‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi an’anaviy milliy hunardmandchiligi bо‘lib, xususan, mamlakat hududida Farg‘ona vodiysi, Zarafshon vohasida keng rivojlangan. Keyinchalik diyorimizda pilla yetishtirishni jiddiylik bilan rivojlanishi yurtimizda pillani qayta ishlashni sanoat usuliga о‘tishiga sabab bо‘ldi. 1919 yilda О‘rta Osiyoda ipakchilik sanoatini tashkil qilish uchun «Turk ipak», sо‘ngra «О‘rta Osiyo ipagi» hissadorlik jamoasi tashkil qilindi. Bu jamoa, urug‘chilik zavodlari, ipak qurti ozuqasi tutchilikni rivojlantirishda pillakashlik korxonalarini ishga tushirishga katta hissa qо‘shdi.

Birinchi pillakashlik fabrikasi 1921 yil Farg‘onada qurilib, ishga tushirildi. Bu fabrika 38 ta mexanik pilla chuvish dastgohiga ega edi. Xuddi shunday korxonalar 1927 yil Samarqandda, 1928 Buxoroda, sо‘ngra Marg‘ilon shahrida ishga tushirildi. Keyinchalik yuqorida kо‘rsatilgan korxonalar iqtisodiy samaradorlik hisobiga kengaytirildi va qayta qurildi. 1959 yilda Toshkent pillakashlik fabrikasi, keyinchalik 80-yilllarda Urganch, Shahrisabz, Namangan, Buloqboshi korxonalari ishga tushdi.

Ma’lum davr korxonalarda KMS-10 mexanik dastgohlar qо‘llanilgan bо‘lsa, fan texnika rivoji avtomat pilla chuvish dastgohlarini yaratilishiga va ularni ishlab chiqarishga tadbiq qilinishiga olib keldi.

Hozirgi davrda pilla chuvish dastgohlarini 80% ni avtomatlar tashkil qiladi. Ipakchilik sanoati О‘zbekistonda asosiy sanoat sohalaridan biri bо‘lib, tо‘quvchilik korxonalariga xom ashyo tayyorlaydi. Ipakchilik sanoatining asosiy mahsulotlariga:


  1. Tut ipak qurti pillasi;

  2. Pilladan chuvib olingan xom ipak (1,56; 1,89; 2,33; 3,23; 4,56 va x.k. teks chiziqli zichlikdagi assortimentlar);

  3. Eshilgan ipak iplari (jarrohlik, tikuv iplari);

  4. Shakldor ipak iplari;

  5. Yigirilgan ipak iplari;

  6. Maxsus sohalar uchun (elektrotexnika, harbiy, kosmos) tayyorlangan ipak iplari.

Shoyi tо‘qish sanoatida, asosan, ipak gazlamalar (xon atlas, krepdeshin, krepjorjet va shifon, tasma, gilam) ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Mustaqillik yillarida О‘zbekistonda pilla yetishtirish va ipak ishlab chiqarish sohasiga, uni jahon andozalari talab darajasiga olib chiqish uchun juda katta e’tibor berilmoqda. Xom ipak assortimentini kо‘paytirish aholini kelib chiqishi va an’analari, sanitariya gigiyena talablari, iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ipak mahsulotlarini yangidan yangi turlarini yaratish imkonini beradi. Bu masalalarni hal qilishda ishlab chiqarish korxonalarining ahamiyati katta. Pillakashlik korxonalarida xom ashyodan, texnologiya va dastohlardan, ishchi kuchidan unumli va oqilona foydalanib, mahsulot tannarxini kamaytirish hozirgi davr talabidir.

Hozirgi kunda ipakchilik sanoatining oldiga sifatli quruq pilla, pilla xom ashyosi va xom ipak, jahon bozorida raqobatbardosh bо‘lgan tabiiy va aralash shoyi gazlamalarni ishlab chiqarishning yagona texnologik jarayonlarini ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar barpo etish, eksport xajmini kо‘paytirish jahon bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlash, yangi tutzorlar barpo etish vazifalari qо‘yilgan. Respublika bо‘yicha ipak yetishtirish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi bir qancha korxona va birlashmalar mavjud.

О‘zbekistonda yuqori sifatli yangi mahalliy zot va duragaylarni yaratish bо‘yicha qator tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Bozor munosabatlariga о‘tishda mustaqil О‘zbekiston Respublikasi chet ellar bilan iqtisodiy va savdo munosabatlarini о‘rnatish uchun ipak buyumlari sifat kо‘rsatkichlarining yuqori bо‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ipak buyumlarining sifati, asosan tut ipak qurti zoti yoki duragayiga, boqishga, pillani tayyorlash, dastlabki ishlash, pishirish va oxirida chuvish texnologik rejimlarini tо‘g‘ri olib borishga, ishchining kasbi va malakasi, hamda uning ishga nisbatan mas’uliyatiga bog‘liq. Xom ipakning sifati qanchalik yuqori bо‘lsa, korxonaning iqtisodiy samarasi ham shuncha yuqori bо‘ladi.

Pillakashlikni asosiy vazifasi pillani chuvib, xususiyatlari bir tekis bо‘lgan xom-ipak olish. Bu ishni amalga oshirishda albatta xom ashyo bazasi va sifati muhim rol о‘ynaydi. Pilla va ipak sifatini kо‘tarishni asosiy omili ipak qurti seleksiyasiga katta ahamiyat berilishidadir. Har 2-3 yilda zot almashtiriladi. Buning natijasida hozirgi kunda 40-42 % atrofida xom ipak chiqadigan pillalar о‘raydigan zot va duragaylar boqiladi (1.1-jadval).

1.1-jadval

О‘zbekiston viloyatlarida sanoat va urug‘chilik uchun parvarish qilingan zot va duragaylar

Viloyatlar

Zot va durugaylar nomi

Urug‘ zavodi nomi

Q.Q.R

M-1xM-2; M-2xM-1; Ip-1xIp-2; Ip-2xIp-1

Urganch, Navoiy

Andijon

An-3; An-4; Mech-1; Mech-2;

T-3; Xorij



Asaka, Andijon, Xо‘jaobod, Xorij

Buxoro

Xorij; Mech-1; Mech-2; An-4

Xitoy, Samarqand, Andijon, Farg‘ona

Jizzax

An-4; T-3; An-3; F-5; S-13xS-14

Asaka, Kattaqо‘rg‘on

Qashqadaryo

M-1; M-2; T-3; Naslli

Shaxrisabz, Kattaqо‘rg‘on

Navoiy

Xorij; M-2; Ipak-1

Xorij, Navoiy

Namangan

Xorij; M-1xM-2; An-3; An-4; T-3

Xorij, Namangan, Chortoq

Samarqand

Xorij; M-1xM-2; Uzb-5; Uzb-6; T-3

Xorij, Samarqand, Kattaqо‘rg‘on

Surxondaryo

T-3; F-6; M-1; F-5

Andijon, Qо‘qon, Xо‘jaobod

Sirdaryo

T-3; An-3; M-1; M-2

Kattaqо‘rg‘on, Asaka, Andijon

Farg‘ona

F-5; F-6; F-3; F-2; Vyetnam

Frg‘ona, Marg‘ilon

Xorazm

M-1; M-2; An-3; An-4; Must-1; Must-2

Urgench, Kattaqо‘rg‘on

Toshkent

Yangi zot; F-5; F-6; F-3; An-3; M-2xM-1

Toshkent, Andijon

Nav sinash uchastkalarida va tanlov sinovlarida pillalarni texnologik baholash ishlab chiqilgan normativlar bо‘yicha о‘tkaziladi:



  • kalibr bо‘yicha bir xillik (17-19 mm chegarasida) – kamida 85 %

  • pillaning ipakchanligi – kamida 53 %

  • xom ipak chiqishi – kamida 45 %

  • pilla qobig‘ining chuvilishi – kamida 850 m

  • pilla ipining chiziqiy zichligi 286-303 milliteks.

Pillakashlikning asosiy maqsadi silliq, uzluksiz uzunlikka ega bо‘lgan, chiziqli zichligi va boshqa sifat kо‘rsatkichlari bо‘yicha bir tekis, bir necha pilla iplari qо‘shilishidan tashkil topgan kopleks ipni qobiqdan ajratib olishdan iborat. Bunda xom ipak deb nomlanuvchi kompleks ipni ishlab chiqarishda kam sarf xarajatlarga yо‘l qо‘yib, qobiqdagi ipak massasidan imkon qadar samarali foydalanish asosiy vazifa hisoblanadi.

Mavzu: Xom ipak ishlab chiqarish uchun xom ashyo bazasi

Reja:

1.Pilla qabul qilish va saqlash

2.Pillani saqlashda ta’sir etuvchi omillar.

3. Chuvish korxonalarida pillalarni saqlash omborlari.



Download 8,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish