IoT nima? Asosiy tushunchalar



Download 23,34 Kb.
bet4/4
Sana18.01.2022
Hajmi23,34 Kb.
#388784
1   2   3   4
Bog'liq
oraliq

Ilova darajasi.  Ushbu darajada tegishli sanoat tarmoqlari va faoliyat sohalari (energiya, transport, savdo, tibbiyot, ta'lim va boshqalar) uchun turli xil ilovalar mavjud. Ilovalar "Vertikal" ya'ni ma'lum bir sanoat uchun "maxsus" yoki iqtisodiyotning turli sohalarida ishlatilishi mumkin bo'lgan "gorizontal" bo'lishi mumkin.


XULOSA


IoT tobora kengayib bormoqda va tobora ko'proq odamlar hayoti bilan bog'liq bo'lgan tizimlar paydo bo'lmoqda, masalan, avtomobillar, samolyotlar va sanoat uskunalari, shuning uchun xavfsizlik ushbu tizimlarga o'rnatilgan va ularda dastlab "arxitekturasi xavfsiz" bo'lishi kerak. Ko'pgina hollarda xatolar uchun stavkalar juda katta. Agar siz ham yuqorida keltirilgan kabi servislardan foydalanishni istasangiz IoT himoyasiga e'tibor bering. Quyida sodda va samarali etalon arxitektura taqdim etilgan, keyinchalik uni oson joylashtirish va mashtablashtirish mumkin.

  • Zararli kod ta'sirini kamaytirish uchun arxitektura barcha kodlarning kriptografik tarzda imzolanganligini va qurilma uchun avtorizatsiya qilinganligini, imzolanmagan kodni ishlatishga yo'l qo'yilmasligini ta'minlaydi.

  • O'zaro autentifikatsiya va shifrlash orqali xavfsiz aloqani ta'minlang. Biz bir milliarddan ortiq IoT qurilmalarini himoya qiladigan vaqt sinovidan o'tgan sertifikatlashtirish markazlari va ishonchli modellardan foydalanamiz. Yangi ECC algoritmlari cheklangan hisoblash resurslariga ega IoT qurilmalarida yuqori darajadagi xavfsizlikni ta'minlash uchun ishlatiladi.

  • Ushbu arxitektura xavfsizlikni tahlil qilish orqali xostlarni himoya qilishning zararli ta'sirini yanada kamaytiradi va boshqa barcha tahdidlarning xavfini minimallashtirish orqali samaradorlikni oshiradi.

  • Zaifliklar va tahdidlar aniqlanganda, tizimni samarali, ishonchli va xavfsiz dinamik boshqarish yordamida ularni amalga oshish xavfini kamaytirish mumkin.

IoT kontseptsiyasi oldin ham ba’zi bir texnologik loyihalar (aqlli uy, shahar transportini boshqarishning avtonov 327 tizimlari, zaridlarning individual datchiklari, insonlarning fizik xolatini kuzatib boradigan ilovalar) amalga oshirilganida bir predmetlarni boshqalari bilan ulash vositasi sifatida amalda qo’llanilar edi. Qandaydir muddat davomida bunday loyihalar turli yo’nalishlarda (shahar boshqaruvida, sog’liqni saqlashda, ta’limda, tijoratda) parallel ravishda rivojlangan edilar. Ammo infratuzilmalarning yetarli darajada rivojlanmaganligi va tarmoqlarning quvvati yetarli emasligi ularni birlashtirishga va ma’lumotlarni inson ishtirokisiz bir qurilmadan boshqasiga uzatishga imkon bermadi. O’z-o’zini msolashtiruvchi tarmoqlar va bioalgoritmlardan foydalanuvchi IoT kontseptsiyasining amalga oshirilishi trillionlab mijozlar bazasi bo’lgan tarmoqlararo ma’lumot almashinish imkonini berdi. Atrof-muhitdagi buyumlarni birlashtirish bo’yicha IoT imkoniyatlari ko’lamini ko’rsatish uchun quyidagi ma’lumotlarni keltiramiz: Halqaro simsiz aloqa ilmiy forumi bashoratlariga ko’ra, 2020 yilgacha bitta tarmoqqa ulanadigan buyumlar soni yeti tirillionga yetishi mumkin ekan. Cisco kompaniyasi esa joriy o’n yillikda internetga ulanadigan qurilmalarning sonini pul ko’rinishida $14,4 trillion dollar deb baholadi. Bu kompaniyaning ma’lumotlariga ko’ra, hozircha jahondago 99% fizik qurilmalar hozircha bir-biri bilan ulangan emas, ammo, bu biznesning rivojlanishi va o’sishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Bularning barchasi kelajakda buyumlar interneti iqtosodiyotining paydo bo’lishiga olib keladi. Buyumlar soni 3-5 ming dona deb hisoblanadi va bu kelajakda 50 trillion buyumlarni bir information tarmoqqa ulanish mumkinligi istiqboliga olib keladi. Shuning uchun ham bir qator ilmiy-tadqiqot kompanyalari va bir qancha ko’zga ko’ringan olimlar buyumlar internetini tizimning yangi rivojlanish bosqichi deb ko’ra boshladilar, chunki bu insonlarni, jarayonlarni, ma’lumotlarni va buyumarni birlashtirish orqali insoniyatga cheksiz imkoniyatlar eshigini ochib beradigan kontsetsiya va bu bilan bog’liq texnologiyalardir. Buyumlar internet kontseptsiyasiga o’tishda tarmoq geterogen infratuzilma bo’lib qoladi. Unda bioalgoritmlarning ishlab chiqarish quvvati an’anaviy marshrutlashtirish algoritmlaridan ancha ko’p miqdorda bo’lib, ular simsiz o’z-o’zidan moslashuvchi sun’iy intellekt tizimlarnini ancha mukammallashtirishga imkon beradi. Keyingi 328 yillarda buyumlar internetining alohida tarmoqlarning (sog’liqni saqlash, havfsizlik, shahar infratuzilmasi), biznes-modellarning tijoratlashtirishning rivojlanishiga ta’siri ham kuchaydi. Keyingi paytlarda IoT texnologiyalarning havfsizligini ta’minlashga katta ahamiyat qaratilmoqda, ammo bu ish muammoning taxnologik va huquqiy tomonlari bilan chegaralanib qolmoqda. Bir qancha ilmiy ishlarda esa buyumlar internetining ijtimoiy va ruhiy jihatlariga, shu jumladan, jamiyat, tashkilot va insonga bo’lgan ta’siriga ham e’tibor qaratilmoqda. IoT texnologiyasining tarafdorlari va faol ishlatuvchilari uning rivojlanishiga texnooptimizm nuqtai-nazaridan yondoshadilar va bu texnologiya ta’sirida inson imkoniyatlari cheksiz ravishda kengayishiga astoydil ishonadilar. Haqiqatan ham mashinaviy texnologiyalar va inson imkoniyatlarining birlashishi insoniyat rivojlanishi hamda uning salohiyoti oshishi uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratadi.
Download 23,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish