1-MAVZU
“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Reja:
Kirish.
Fanning maqsadi va vazifalari. Tarkibi.
3. Hayot faoliyati xavfsizligi nazariyasining asosi bo’yicha tushuncha va tariflari
4. Mehnatni muxofaza qilish qonuni, mexnat kodeksi.
5. Havfsizlik bo‘limi xizmati vazifalari, havfsizlik, muxofaza bo‘yicha qoida, me’yor, standart, yo‘llanmalar
6. Davlat nazorat organlarini turlari. Ularning burch va huquqlari. hamda vazifalari
7.Javobgarlik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI” ning beshinchi yo‘nalishi xavfsizlikka bag‘ishlangan bo‘lib, insonlarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini saqlash ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi muhim vazifa hisoblanadi. Shuning uchun kimyo sanoati korxonalarida mahsulot etishtirish jarayonida ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklarining kelib chiqish manbalarini yo‘qotish, shuningdek ish faoliyati inson uchun charchash, toliqish va kasallanish manbai bo‘lishligining oldini olishga harakat qilish zarur. Bularni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilishning huquqiy, texnik va sanitariya-gigiena qoidalari bilan belgilab qo‘yilgan qonunlari qabul qilingan va yangidan tahrir qilingan qoidalar umumjahon talablari darajasida ishlab chiqilmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohatlarning asosiy maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib xayot sharoitlarini tashkil qilib berishga qaratilgan ozod va obod Vatan erkinligi va farovon turmush qurish birinchi navbatda milliy istiqlol g’oyasi sodiq yetarli intelektual salohiyatga ega, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mulohaza yurita oladigan shaxslarni tarbiyalash xamda raqobat bardosh , yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga bog’liqdir.Insoniyat taraqiyotida XX asrdan o’tib , XXI asrga qadam qo’ydik o’tgan asrda yuz bergan ijobiy o’zgariw ilm-fan taraqiyotining yuqori bosqichlariga kotarilganligi , yangi texnika va texnalogiyalarning paydo bolganligidir.
Ta’lim, tarbiya, bilimni oshirish sohalar bo’yicha malakali mutaxasislarini tayyorlash o’quv adabiyotlaridan boshlaydi. Shu sababli zamon talablariga javob beradigan o’quv adabiyotlarini yaratish va ulardan o’quv – tarbiyaviy jarayonlarda foydalanish uzluksiz ta’lim tizimidagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Hayot faoliyati xavfsizligi (HFX ) fanini insonning barcha ko’rinishdagi faoliyati davrida hamda favqulotda vaziyatlar vaqtida yuzaga keladigan xavfli omillarni o’rgatishi, uni bartaraf etishga, ishlab chiqarishdagi faoliyatida sog’lom va xavfsiz mexnat sharoitini yaratishga bag’ishlangan tadbirlarni majmuasini ifodalaydi.
Hayot faoliyati xavfsizligi (HFX ) fanining maqsadi bo’lajak bakalavrlar mutaxassislarga insonni barcha faoliyatida sodir bo’ladigan xavflardan ogohlantirish, uni bartaraf etish me’yoriy mehnat sharoiti yaratish ta’minlashga bog’liq tadbirlarni qo’llash borasida nazariy , amaliy bilim berish ularda fan mazmuni talabi bo’yicha ko’nikmalar hosil qilishdan iborat.
Hayot faoliyati xavfsizligi (HFX ) fanining vazifasi ishlab chiqarishda xavfsiz, sog’lom mehnat sharoitini yaratish, xavfli vaziyatlardan ogohlantirish, insonni vaziyatlardan ximoyalash, korxonalarda xavfsiz barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni o’rgatish, qo’llash, texnik vositalarini xavfsizligini taminlash tizimlarini o’rgatish bo’yicha bo’lajak mutaxassislarga bilim berishdan iborat. Hayot faoliyati xavfsizligi (HFX ) fanini maqsad va vazifasini amalga oshirishda faoliyat xavfsizligini nazariy asoslarini ishlab chiqarishdagi faoliyat xavfsizligi, sanitariya-gigieniya, texnika xafsizligi , yong’in xavfsizligi ma’lumotlari e’tiborga olinadi, xavfsizligini ta’minlashga bog’liq tadbirlarni qo’llashda tavsiya etiladi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani birqancha fanlar bilan uzviy bog’langan fan sifatida vujudga keldi. Uni asosiy tekshirish manbai hayot jarayonida odam organizmiga sanoat muhiti va sharoitining ta’siri, shuningdek sanoat jihozlari texnologik jarayn, ishlab chiqarish va hayot faoliyati xavfsizligini tashkil qilish bilan inson o’rtasidagi bog’lanishni o’rganishdan iborat. Bu vazifani bajarishda quyidagi fanlarning yutuqlaridan keng foydalaniladi:
Ijtimoiy-huquqshunoslik va iqtisod fanlari-mehnat huquqshunosligi, sotsiologiya, mehnatni ilmiy tashkil qilish, iqtisod va boshqalar.
Tibbiyt fanlari- mehnat gigienasi, ishlab chiqarish gigienasi-sanitariyasi, sanoat toksikologiyasi, mehnat fiziologiyasi, mehnat psixologiyasi va boshqalar.
Texnika fanlari –umum muhandislik va iqtisod bo’yicha, yong’inga qarshi kurash texnikasi, sanoat estetikasi va boshqalar.
Insonnig yashashi uchun zarur bo’lgan asosiy shart-sharoitlardan biri faoliyat bo’lib uni oliy formasi mehnat xisoblanadi faoliyat va mexnat formasi turlicha bo’lib u xayotdagi ishlab chiqarish madaniyat va jamoat ishlari ilmiy ishlar va boshqa sohalardagi amaliy va intelektual hamda ma’naviy jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Hayot faoliyati xavfsizligini tartibsiz, amaldagi qonun qoidalar, standartlar ko’rsatmalar amal qilmasdan amalga oshirilishi jaroxatlanishga shikastlanishga , xatto o’limga olib kelishi mumkin “xavf –xatar” odam sog’lig’iga bevosita yoki bilvosita zarar keltiradigan ko’ngilsiz xodisalar xavflar kelib chiqishi bo’yicha-tabiy, texnik ekalogik va aralash bo’ladi . Rasmiy standartga asosan – fizik, kimyoviy, biolagik va ruxiy turda bo’ladi.
Salbiy oqibatlarning ro’y berishi vaqti bo’yicha impulsive (beixtiyor harakat) va kumulyativ (to’satdan keluvchi) turlarda bo’ladi:
-havflar tarqalishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha
- litasfera gidrasfera atmasfera va koinot bilan bo’g’liq bo’ladi
-kelib chiqadigan oqibatlari bo’yicha charchash kasallanish jarohatlanish halokatlar yong’inlar ko’rinishida bo’ladi
-keltiradigan zarari bo’yicha ijtimoiy, texnik , ekolagik va boshqa turlarga bo’linadi
- nomoyon bo’lishi bo’yicha mayishiy sport, yo’l-taransport , ishlab chiqarish va xarbiy bo’ladi
- odamga ta’siri bo’yicha o’ta ta’sirchan (zaxarlar, kislatalar) va sust narkotik moddalar bo’ladi
Xavflar ro’yxati harorat , xavo tezligi, bosim, yoruglik, xavo ionizatsiyasi, portilash, berbisit, shovqin , tebranish, yong’in zaxarli moddalar, lazer nuri , elektir va boshqalar misol bo’ladi
Yashirin xavflarni amalga oshirishga olib keladigan sharoit “sabab” deb atalib , turli oqibatlarga olib keladi. Sabablar jaroxatlar yuqumli kasaliklarni keng tarqalishiga, atrof muhutga zarar va boshqa xil oqibatlarga olib keladi.
Xavf, sabab, oqibat, - yashirin xavflarni, zararlarni amalga oshiruvchi jarayon xisoblanadi
Mutloq xavfsiz bo’lgan ish (faoliyaut) bo’lishi mumkin emas. Faoliyat qanday bo’lmasin unda yashirin xavf bo’ladi bu xavfni o’rganish oldini olish, xayot faoliyati xavfsizligi talablarni qo’llash o’z navbatida ahamiyatga ega.
Germaniyaning Kyoln shaxrida 1950 yil sentyabrida 1- Jahon Kangeressida “Xayot faoliyati xavfsizligi” fan deb qabul qilindi, olimlar tomonidan “tavakkal” tushunchasi kiritildi. Shaxsiy tavakkal ko’pchilik tavakali mavjud
Tavakalning boshqarishda xafsizlikni taminlashda mablag’ni uch yo’lida sariflash kerak bo’ladi.
Ishlab chiqarishning texnik tiuzimlari va ob’ktlari takomillashtirishga
Malakaviy ishchilarning tayyorlashga
Favqulotda oqibatlarni yoqotishga tavakkalni baxolash xarajatga pasaytirish va foydani solishtirishga bog’liq
Xafvlarni o’rgatishda uchun bosqich amalga oshirishiriladi
bosqich –xafvlarni oldindan taxlil qilish, Xavf manbalarini aniqlash xavfi qisimlarini aniqlash, taxlil chegaralari
bosqich xavfli xarakatlarni ketma ketligini aniqlash
Bosqich oqibatlarni taxlil qilish
Xavfsizlikni murakkab masalalari xal qilish yo’llari . Tayyorlash va asoslashga foydalanadigan choralarini yig’indisini “xavfsizlik tizimi” deyiladi. Tizim deganda birgina moddiy ob’ektdan tashqari aloqalar va bog’lanishlar tushuniladi va bunga xar qanday sozlashga mashina texnik tizimga nisol bo’ladi.
Xavfsizlikni ta’minlanishi yo’llarini to’rt xil sinfga ajratish mumkin .
Yo’naltiruvchi belgilari; operotorli faoliyati iqdidori, tuzulishining tartibsizlikni aperotorni aniqlash almashtirish , xafvlarni yoqatish , tartiblash xavfni kamaytirish ;
Texnik belgilar to’siqlash , vakum qo’llash pishiqlash musofadan ximoyalash maxkamlash siqilgan xavo qo’llash xarakatini sekinlashtirish.
Tashkiliy belgilari ; vaqt bilan ximoyalash , axborot zaxirasini mos kelish meyorlash xodimlarni tanlash
Boshqaruv moslik nazorat aloqa javobgarlik rejalilik ragbatlantirishlarsamaradorligini boshqarish.
Xavfsizlikni taminlashda quydagi usular bilan maqsadga erishiladi Buning uchun inson faoliyati jarayonida bo’ladigan fazo-shi joy (gemasarora) , doimo mavjud yoki vaqti-vaqti bilan xavf paydo bo’ladigan Paksosfera fazoni e’tiborga oladi
Hayot xaoliyati xavfsizligining faoliyatiga bog’liq ko’p boshqaruv vositalar mavjud. Bularga xalq ommasining ma’rifati, kasbni tanlash va o’rgatish, odamlarda inson madaniyatini tarbiyalash, boshqariluvchi shaxslarga ruxiy ta’sir, shaxsiy va jamoa ximoya vositalari kiradi.
Mehnatni muhofaza qilish qonuniyatlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunlari Kodekslari asosida ish olib boriladi. Mehnatni muhofaza qilishning qator masalalari Konstitutsiyada aks ettirilgan. Mehnatkashlarni xavfsiz va sog’lom mehnat sharoiti bilan ta’minlashni O’zbekiston Davlati o’zini asosiy vazifasi deb xisoblaydi, buning uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni qonun asosida amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1992 yil 8 dekabrida 12-chaqiriq, II – sessiyasida tasdiqlangan Konstitutsiyasini 18-20, 27, 29, 36-42 moddalarida mehnatni muhofaza qilish masalalari bayon etilgan.
Konstitutsiya barcha fuqarolarni mehnat qilish xuquqini ta’minlaydi, ya’ni mehnatkashlar ma’lum miqdorda xaq olish xisobiga ish bilan ta’minlanadilar. Ishchilarni dam olish xuquqi bilan ta’minlaydi. Bu xuquq xaftasiga 41 soatdan oshmagan ish soati belgilash asosida va yiliga bir marta xaq to’lanadigan (dam olish) ta’til berish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Konstitutsiya bepul davolanish xuquqi, qariganda yoki mehnat qilish qobiliyatini kisman yoki batamom yo’qotilganda ijtimoyi ta’minlanish xuquqlarini ham beradi.
O’zbekiston Davlatini mehnat qilish qonuniyatlari mehnatkashlarga yaratiladigan sharoitlari va xuquqlari jixatdan va ularni nazorat qilish borasida dunyoda eng ilg’or xisoblanadi.
Mehnatni muhofaza qilish qonunlarini yaratish va amalga oshirishda kasaba uyushma tashkiloti faol qatnashadi.
O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunlari kodeksida sog’liqni saqlash xavfsiz va sog’lom sharoit yaratish, xalq uchun madaniy va maishiy farovonlikni rivojlantirishga taaluqli ko’pgina masalalar mazmuni ko’rsatilgan. Masalan, kollektiv shartnoma, mehnat shartnomasi, ish bilan ta’minlash, ish vaqti, dam olish vaqti, ish xaqi, garantiyalar va kompensatsiyalar, mehnat muhofazasi, ayollar mehnati, yoshlar mehnati, imtiyozlar, mehnat nizolari, nazorat, mehnat intizomi va x.k. Revolyutsiya g’alabasidan so’ng bizda 8 soatli ish kuni joriy etildi. 1960-1961 yillar davomida 7 soatlik ish kuniga o’tildi va bunda shanba kuni 6 soatlik ish kuni deb belgilandi. 1967 yil 1 yanvaridan e’tiboran 41 soatli ish vaqti saqlangan xolda 5 kunlik ish xaftasiga o’tildi. Bu o’zgarish mehnatkashlarning ish sharoitlarini yaxshilash bilan birga o’qish va mehnat mutaxassisliklarini oshirish uchun ma’lum yangiliklar tug’diradi. Mehnat qonuniyatlari ish vaqtidan ortiq mehnat qilishni butunlay ta’qiqlaydi. Ortiqcha mehnat qilish fabrika, zavod kasaba uyushma qo’mitasi ruxsati bilan bajarilishi mumkin.
Mehnatkashlar xar yili bir marta 24 kundan kam bo’lmagan miqdorda xaq to’lanadigan ta’til bilan ta’minlanadilar. Bu ularning mehnat faoliyatini tiklash, sog’liqlarini mustaxkamlash imkoniyatini tug’diradi. Mavsum davomida va vaqtincha ishlovchilar uchun ta’til farqli darajada bo’lishi mumkin.
Bizning mamlakatimizda ayolllarning erkaklar bilan teng xuquqligi ta’minlangan. Ayollar organizmini ba’zi xususiyatlarini, ayollarning oiladagi, jamoatdagi mehnatini xisobga olib, qonuniyat ular uchun ma’lum yangiliklar va maxsus me’yorlar belgilangan.
Ayollar sog’lig’iga zarar keltirishni xisobga olib ba’zi bir ishlarda ayollar mehnatidan foydalanish ta’qiqlanadi. Masalan kimyo sanoatining ba’zi tarmoqlarida, yer osti ishlarida va boshqa bir qancha ishlarda ayollarning mehnat qilishga yo’l qo’yilmaydi. Ba’zi xollarda korxona uchastkalarida yuklarni qo’l bilan ko’tarib ko’chirish xollari uchrab turadi. Shuning uchun ayollar uchun yukni ko’tarish qo’lda 20 kg, zambilg’altak bilan 50 kgdan oshmasligi belgilab qo’yilgan.
Xomilador va emizuvchi ayollar uchun yengilliklar yaratilgan. Bunday ayollarni, 1 yoshgacha bolalari bo’lgan ayollarni tungi (soat 22 dan soat 6 gacha) ishdan tashqari dam olish kunlaridagi ishlariga jalb qilish va komandirovkaga yuborish ta’qiqlanadi. Ma’muriyat ba’zi xollarda shunday ayolllarni shifokor xulosasiga asosan, o’rtacha ish xaqini saqlagan xolda yengil ishlarga o’tkazishi lozim. Ayollarga tug’ishdan oldin va tug’ilgandan keyin 70 kundan xaq to’lanadigan ta’til beriladi. Undan tashqari farzand kutayotgan va emizikli ayollar uchun bir qancha imtiyozlar beriladi. Korxonalarda ishlovchi ayollar uchun bola emizish xonalari, dush xonalari va shaxsiy gigiena xonalari tashkil qilinadi.
Mehnat qonuniyati o’smirlar mehnatini muhofaza qilishga alohida ahamiyat beradi. 16 yoshgacha to’lmagan o’smirlar ishga qabul qilinmaydi. Ba’zi xollarda zavod, fabrika, kasaba soyuz uyushmasi qo’mitasi ruxsati bilan ishga qabul qilinishi mumkin. 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar uchun 24 soatli, 18 yoshgacha bo’lganlar uchun 36 soatli ish xaftasi joriy qilingan. Ular uchun to’lanadigan ish xaqi xududi shu kategoriyadagi ishlarda ishlaydigan balog’at yoshidagi ishchilarni o’rtacha ish xaqidan kam bo’lmasligi kerak.
O’smirlar uchun bir kalendar oy miqdorida yilning eng yaxshi davrlarida yoki o’zi xoxlagan vaqtda ta’til berilishi kerak. Ularning mehnatidan tungi ishlarda, dam olish kunlarida foydalanish butunlay ta’qiqlanadi. Sog’liqlari uchun zararli bo’lgan ishni bajarishga jalb qilish mumkin emas.
18 yoshga to’lmagan o’smir bolalarga 16 kg gacha, kizlar uchun esa 10 kg gacha bo’lgan yuklarni tashish ruxsat etiladi. Balog’at yoshiga etkuncha planga muvofiq tibbiyot ko’rigidan o’tib turadi, zarur bo’lganda darxol xavsiz va yengilroq ishga o’tkaziladi.
Bizning davlatimizda sanoat korxonalarini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va sanoat korxonalari texnologiyasiga yangidan yangi fan va texnika yutuqlarini joriy etish natijasida ishlab chiqarish sanitar-gigienik sharoiti yaxshilab bormoqda. Lekin ba’zi bir uchastkalarda zararli ish sharoiti bo’lgan joylar va muhit uchrab turadi. Mehnat qonuniyatiga asosan bunday joylarda ishlovchilar uchun ustama xaqi to’lanadi yoki ish soati qisqartiladi. Ish soatini qisqartirilishi natijasida ishchi zararli bo’lgan muhitda kamroq bo’ladi va u bilan kamroq zararlanadi. Ko’pgina kimyo sanoat korxonalarida ish soati kuniga 4 yoki 6 soatli belgilangan. Bundan ishlovchilarni 30 % foydalanadilar.
Davlat korxonalarida, tashkilotlarida, muassasalarida xavfsizlikni ta’minlash va ish sharoitini yaxshilash ma’muriyatni asosiy vazifasi sifatida mehnat qonunlari kodeksi (MQK) da yozib qo’yilgan.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatini uyushtirish mavjud bo’lgan yagona "Nizom" tuzumiga asoslanadi. Ishlab chiqarishda texnika xavfsizligi, sanitar-gigienik xolat bo’yicha javobgarlik korxona boshlig’i – rahbar muhandisga yuklatilgan. Sex, bo’lim, uchastka, laboratoriyalarda ularni boshliqlari javobgardirlar.
Korxona boshlig’i, ajratilgan mablag’ va vositalarni rejali qo’llanishi, xavfsizlik texnikasi qonun-qoidalari va me’yorlriga rioya qilinishi, mehnat qonunchiligiga amal qilinishi, vazirlikdan, davlat nazorati inspektsiyasidan beriladigan farmoyish, ko’rsatmalarni bajarilishi ustidan nazoart o’rnatadi. Mehnat xavfsizligini standartlar tizimini tadbiq qilinishini ta’minlaydi. Mehnat sharoitini yaxshilash, sanitar-sog’lomlashtirish tadbirlari xaqida tuzilgan rejalarini ko’rib chiqadi, yuqori tashkilotga tasdiqlashga taqdim etadi, kasaba uyushma tashkiloti bilan kelishadi. Nomenklatura chora-tadbirlarni bajarilishiga mablag’ ajratadi, bajarilishini tekshiradi.
Xar yili muhandis-texnik xodimlar bilan kengash o’tkazadi. Statistik xisobot, baxtsiz xodisalar axborotini o’z vaqtida tavsiya etilishini ta’minlaydi.
Bosh muhandis korxonada barcha tashkiliy-texnikaviy ishlarni bajaradi, buning uchun mehnatni muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo’yicha bosh muhandisga o’rinbosar lavozimi bo’lishi mumkin. Katta korxonalarda ishlab chiqarish quvvati xavfliligi jihatidan mehnat muhofazasi bo’limi tashkil etiladi. Kichik korxonalarda esa xavfsizlik muhandisi ish yuritadi, bosh muhandisga bo’ysunadi.
Bosh muhandis, korxona bo’yicha mehnat muhofazasi xizmati ishlariga raxbarlik qiladi, tuzilgan rejani ko’rib chiqadi, tasdiqlaydi.
Kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan birga xavfsizlik rejalari, instruktsiyalarini ko’rib chiqadi, tasdiqlaydi. Malaka oshirish, xavfsizlik texnikasidan sinov, tekshirish va o’qitishni uyushtiradi. Korxona bo’limlarini xavfsizlik xolatini shaxsan ko’rib chiqadi, qonun qoidalarga amal qilib jarayonlarni bajarilishini tekshiradi, suxbatlar o’tkazadi. Kamchiliklar xaqida javobgar shaxslarga aytib daftarda yozma ravishda ko’rsatib o’tadi.
Mehnatni muhofaza qilish bo’limi (MMQB) o’z faoliyatini korxonani boshqa bo’limlari, kasaba uyushma qumitasi, mehnat bo’yicha texnik inspektor, maxalliy davlat nazorat organlari bilan uzviy bog’lanib tasdiqlangan plan asosida olib boradi.
Bo’lim quyidagi vazifalarni bajaradi:
xavfsiz, sog’lom mehnat sharoitini yaratish uchun ishlarni takomillashtirish;
shikastlanish, kassalikdan ogohlantirish;
ilg’or, samarali tajriba, ilmiy usullarni tadbiq qilish,
korxonada nazorat o’rnatish, shikastlanish va kassallanishni sabablarini tekshirish;
sharoitni yaxshilash borasida chora-tadbirlar ishlab chiqish;
qayta ta’mirlangan, yangi qurilgan binolar, o’rnatilgan uskuna-apparatlarni qabul qilish kommisiyasida ishtirok etish;
instruktaj o’tkazish, ishchilarni bilimini tekshirish;
baxtsiz xodisalarni tekshirishda ishtirok etish, xisobot tuzish va boshqalar.
Mehnatni muhofaza qilish bo’limi, xavfsizlik muhandislari quyidagi xuquqlarga ega:
Korxonani barcha bo’limlarini xolatini tekshirish, kamchiliklar hamda uni bartaraf etish muddatini ko’rsatib yozma ravishda buyruq berish;
Ishlayotganlar hayotiga, salomatligiga xavfli bo’lgan mashina, apparat, moslamalarni qo’llashni taqiqlash, bu xaqda bosh muhandisni ogohlantirish;
Xavfsizlik bo’yicha bo’limlardan yozma ravishda xujjat-ma’lumotlar talab qilish;
Mehnat muhofazasi bo’yicha qonun-qoida, instruktsiyalarni bo’zuvchi aybdor shaxslarni ishdan chetlatish;
Korxona raxbarligiga bo’lim xodimlarini namunali xizmatini taqdirlashga, aybdor shaxslarni axloqiy javobgarlikka tortish xaqida tavsiya berish va x.k.
Ishlab chiqarish korxonalarida xavfsiz va sog’lom mehnat sharoitini ta’minlashda xavfsizlik texnikasi, sanitar-gigiena va yong’in xavfsizligiga bog’liq qoida, norma, yo’riqnomalar katta ahamiyatga egadir. Ular umumiy, tarmoq va oraliq turlariga bo’linadi.
Umumiy norma,qoidalarga "Qurilish norma va qoidalari" (QMQ), "Sanoat korxonalarini loyixalash sanitar me’yorlari" SN-245-81 SN - 40 88 -86, "Nurlanish xavfsizligi qoidalari" (NRB 88), "Elektrotexnik moslamalar tuzilishi qoidalari" (PUE), "Portlashdan himoyalangan elektr uskunalarni tanlash qoidalari" (PIVRE) bosimi ostida qo’llanadigan idishlarni tuzilishi va xavfsizligi qoidalari va boshqalar misol bo’ladi.
Vazirlik, ilmiy tekshirish, loyixalash institutlari o’zaro hamkorlikda tarmoq qoida va me’yorlarini ishlab chikib, tasdiqlab ularni bir yoki bir necha tarmoq korxonalarida qo’llashga tavsiya etadi. Oraliq qoida va me’yorlari korxonalarda zaruriyatga qarab bajariladigan ish va jarayonlar uchun xavfsizlik ni ta’minlash maqsadida tavsiya etiladi.
Mehnatni muhofaza qilishni talablarini tashviqot qilish, amalga oshirish, rejalashtirish uchun xujjatlar tayyorlashda 1 iyul 1974 yildan amalda bo’lgan Davlatimiz tasdiqlagan (MXSS) mehnat xavfsizligi standartlar sistemasi mavjud.
MXSS besh turga bo’lingan, masalan:
1. Tashkiliy-uslubiy standartlar GOST.0.001-84, GOST 12.0.002-84, GOST 12.0.003-84, GOST 12.0.004-89
2. Ishlab chiqarishdagi zararli, xavfli birliklarga talab va me’yorlari standartlari- GOST 12.0.003-84
3. Ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablari standarti- GOST 12.2.003-84
4. Ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligi talablari standartlari GOST 12.3.003-84
5. Ishchilarni himoya vositalariga bo’lgan talablar davlat standartlari 12.4.001-84 (MXSS)
1983 yildan e’tiboran 300dan ortiq standartlar tasdiqlanib ishlab chiqarishga joriy qilindi.
GOST 12.0.004-84 (MXSS) ga asosan kimyo sanoati muhandis-texnik xodimlari, asosiy va qo’shimcha tsexlarining ishchilari, korxona xizmatchilari kimyo sanoati vazirligi xizmatchilari ishlab chiqarish xavfsizligini xususiyati darajasidan, ish staji va ishni turidan qat’iy nazar instruktajdan o’tish kerak.
Instruktajlarni asosan turt guruxga bo’lishi mumkin:
Kirish instruktaji;
Ish joyidagi instruktaj, shuningdek;
Rejali instruktaj;
Rejadan tashqari instruktaj;
Kundalik instruktaj.
Kirish instruktaji ishga yangi kirayotganlar uchun o’tkaziladi. Bu instruktajning asosiy maqsadi ishga kirayotgan yangi kishini mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi to’g’risida ma’lumot berish, uni sanoat korxonasi maydonida va tsexlaridagi tartib qoidalardan xabardor qilishdir. Kirish instruktaji yaxshi jihozlangan va ko’rgazmali qurollar o’rnatilgan mehnatni muhofaza qilish xonasida xavfsizlik texnikasi muhandisi tomonidan o’tkaziladi.
Kirish instruktaji vaqtida mehnatni muhofaza qilish asoslari, sanoat korxonasida yo’lga qo’yilgan ichki tartib qoidalar, xavfsizlik texnikasining umumiy talablari, ish joyini tashkil qilish, uskuna-qurilmalardan xavfsiz foydalanish usullari, baxtsiz xodisalarni oldini olish usullarini tushuntirish, xavfli moddalar bilan ishlash tartibi, jihoz-uskunalarni tuxtatish usullari, zarur vaqtda ko’rsatiladigan birinchi yordam va boshqa masalalarga e’tibor beriladi.
Kirish instruktaji o’tkazilganligi, bilimi tekshirilganligi xaqida daftarga yozib qo’yiladi.
Ish joyidagi instruktaj ishga yangi kirgan, bir ishdan boshqa ishga o’tkazilgan, bir mashinadan ikkinchi mashinaga, bir uchastkadan ikkinchi uchastkaga o’tkazigan ishchilarga olib boriladi. Ish joyidagi instruktajda quydagi ma’lumotlar berilishi kerak:
Ishchining doimiy ish joyi, tsexdagi texnologik jarayon, xavfli uchastkalar, ishlatiladigan uskuna va dastgox tuzilishi, xavfli joylari, muhofaza qurilmalari va vazifalari, ishga tayyorlanish qoidalari, uskuna moslamalarni sozlanganligi va erga ulanganligi, yordamchi ish qurollarini mavjudligi, shaxsiy muhofaza vositalarini vazifalari va boshqalar.
Rejali yoki takroriy instruktaj o’tkazish vaqti korxona kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishilgan xolda belgilanadi. Bu instruktajni mazmuni ish joyidagi instruktaj mazmuni bilan bir xil bo’lib, hamma ishchilar ish staji, kasbi, razryadidan ka’tiy nazar o’tkazilishi kerak.
Rejadan tashqari instruktaj o’tkazilishi mumkin, agar, mehnatni muhofaza qilish qoidalarida, texnologik jarayon, uskuna-moslama tuzilishida, xom ashyo materiallarida o’zgarish bo’lsa, mehnatga xavfli birliklar mavjud bo’lsa, shuningdek ba’zi bir ishchilar xavfli ish usullaridan foydalaniyotganligi sezilsa, baxsiz xodisalar sodir bo’lsa, mehnat intizomi va xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilsa, ishchi ishlayotgan joydan biron bir sabab bilan (30-60 kun) uzilish ro’y bersa va boshqa xollarda. Sanoat korxonasida avariya sababi bilan baxtsiz xodisa ro’y berganligi xaqida xabar eshitilgandan keyin darxol rejadan tashqari instruktaj o’tkaziladi.
Kundalik instruktaj naryad-ruxsat bilan bajariladigan xavfli ishlar uchun ish boshlanishidan oldin o’tkaziladi. Bu instruktajni o’tkazilganligi xaqidagi ma’lumot naryad-ruxsatga yozib qo’yiladi.
Ba’zi bir raxbar shaxslarning, ishchilarning o’z ishiga sovuqqonlik va lokaydlik bilan qarashi natijasida mehnatnim muhofaza qilish tartib qoidalari buzilib, baxtsiz xodisa ro’y beradi. baxtsiz xodisaning og’ir-engilligi va oqibatini xisobga olib to’rt xil javobgarlik chora tadbirlari belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |