Ion almashinuvi


Havas – bu sub’ektning ajratilmagan, anglanmagan yoki etarlicha anglanmagan ehtiyojlarini ifodalovchi ruhiy holat. Istak



Download 166,96 Kb.
bet4/23
Sana22.09.2021
Hajmi166,96 Kb.
#181847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
q4444444455555555555555

Havas – bu sub’ektning ajratilmagan, anglanmagan yoki etarlicha anglanmagan ehtiyojlarini ifodalovchi ruhiy holat. Istak faoliyat motivi sifatida ehtiyojning etarlicha aniq anglanganligi bilan ifodalanadi. Bunda uning ob’ektigina emas, balki uni qondirish yo‘llari ham anglanadi. Intilish istak tuzilishiga irodaviy tarkibiy qism qo‘shilganida yuzaga keladi. Qiziqish – bu shaxsning yo‘nalganligini faoliyat maqsadlarini anglash bilan ta’minlovchi bilish ehtiyoji ifodalanishining maxsus shakli. Sub’ektiv tarzda qiziqish  ob’ektni chuqurroq o‘rganish, u haqda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish, uni tushunish istagida bilish jarayoniga ega bo‘ladigan ijobiy emotsional tonda namoyon bo‘ladi. Odatda, shaxs yo‘nalganligini ifodalovchi qiziqishning qondirilishi uning so‘nishiga sabab bo‘lmasdan, uni ichdan o‘zgartiradi, boyitadi va chuqurlashtiradi, bilish faoliyatining yuqori darajasi talablariga javob beruvchi yangi qiziqishlarni uyg‘otadi. E’tiqodlar – bu shaxsni o‘z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga muvofiq ravishda harakat qilishga undovchi motivlar tizimi. E’tiqodlar shaklidagi ehtiyojlar mazmuni – bu tabiat va jamiyatni o‘rab turgan olam haqidagi bilimlar, ularni muayyan tarzda anglash. Bu bilimlar tartibli va ichdan tashkil topgan qarashlar (falsafiy, etika, estetika, tabiiy-ilmiy) tizimini hosil etganida, ular insonning dunyoqarashi sifatida o‘rganilishi mumkin.

SHaxs mayli – bu avvalgi tajribada shakllangan, ob’etni aynan ma’lum shaklda idrok qilish, tushunish yoki u bilan harakat qilishga tayyorlik, moyillik.

Ko‘pchilik mayllarning yanglish mohiyati, yoki inson shaxsiy tajribasidagi ba’zi faktlardan shoshilinch va etarlicha asoslanmagan holda chiqarilgan xulosalarning natijasi, yoki fikrlash stereotiplarini    – ma’lum ijtimoiy guruhda qabul qilingan  xillarga ajratilgan mulohazalarni tanqidsiz o‘zlashtirish natijasi bo‘lib hisoblanadi. Jamiyat hayotidagi turli faktlarga (hodisalar, odamlar va boshqalar) nisbatan  ogohlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan mayllar ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Mayllar u yoki bu darajada anglanmagan bo‘lishi mumkin. Psixologik tadqiqotlar tomonidan mayl tuzilishida uch tarkibiy qism    ajratiladi: kognitiv tarkibiy qism inson bilishga va idrok qilishga tayyor tasvir namunasidir; emotsional-baholash tarkibiy qism mayl ob’ektiga nisbatan xayrixohlik va xush ko‘rmaslik majmuasidir; hulq-atvor tarkibiy qism – mayl ob’ektiga nisbatan ma’lum tarzda harakat qilish, iroda kuchini amalga oshirishdir.

       Psixologiya tarixida shaxsning psixologik mohiyati haqidagi tasavvurlarga ko‘p marta o‘zgartirishlar kiritilgan. Avvalambor, shaxsni, aynan, psixologik tushuncha sifatida anglashning zaruriyati bilan bog‘liq nazariy qiyinchiliklarni bartaraf etishning eng ishonchli vositasi shaxsni psixologik voqelik kabi tashkil etuvchi tarkibiy qismlarni sanab o‘tish hisoblanadi. Bu holatda shaxs inson psixikasining sifatlari, xossalari, qirralari, o‘ziga xos xususiyatlarining to‘plami sifatida maydonga keladi. Muammoga bunday yondoshish A.V. Petrovskiy tomonidan «kolleksiya to‘plash» deb nomlangan, bunda shaxs o‘zida temperament, xarakter, qiziqishlar, layoqatlar va h.k.larning qirralarini mujassamlashtirgan qandaydir kattalik, hajmga aylanadi.

 XX asr 60-yillarining o‘rtalarida  shaxs umumiy tuzilishini o‘rganish bilan bog‘liq tadqiqotlar o‘tkazishga qaratilgan harakatlar  boshlab yuborildi. Bu yo‘nalishda shaxsni bioijtimoiy, tartibli tuzilish sifatida ta’riflagan K.K. Aflotunovning yondoshuvi e’tiborga loyiq. U shaxs tuzilishini quyidagilarga ajratadi:

1. Yo‘nalganlik (fikrlar, dunyoqarash, mayllar, istaklar, qiziqishlar, moyilliklar, ideallar kabi shakllarni o‘z ichiga oladi). Bu tuzilish osti tarbiya yo‘li bilan shakllanadi.

2. Tajriba (ta’lim olishda shaxsiy tajriba vositasida orttirib bo‘lingan, lekin shaxsning biologik va hatto, irsiy belgilangan xossalarining sezilarli ta’siri ostidagi  bilimlar, malakalar, ko‘nikmalar va odatlarni birlashtiradi).

3. Aks ettirish turli shakllarining  individual xususiyatlari (his etish, idrok, xotira, tafakkur, hissiyotlar, tuyg‘ular, iroda).

4. Biopsixik xossalar o‘zida temperament xususiyatlari,  shaxsning jins va yosh xususiyatlari, patologik, organik o‘zgarishlarni birlashtiradi (7.1 jadval).

Bu to‘rt tarkibiy qismga yana ikki tarkibiy qism jamlanadi: mustaqil tarkibiy qism bo‘lib hisoblanmaydigan shaxsning umumiy sifatlaridan iborat, asosiy tarkibiy qismlarning har birining xususiyatlaridan tashkil topgan xarakter va layoqatlar.

Bunday yondoshuvning asosiy kamchiligi shundan iborat ediki, shaxs umumiy tuzilishi uning biologik va ijtimoiy belgi, xususiyatlarining yig‘indisi sifatida izohlanar edi. Natijada shaxs psixologiyasida shaxsdagi ijtimoiy va biologik xususiyatlar nisbati muammosi asosiy muammolardan biri bo‘lib qoldi. Lekin, aslini olganda, biologik xususiyatlar inson shaxsi tarkibida ijtimoiyga aylanadi.

 XX asr 70-yillarning oxirida shaxs muammosiga tuzilishli yondoshuv yo‘nalishi tizimli yondoshuvni qo‘llash tendensiyasi bilan almashindi. SHu munosabat bilan A.N. Leontev g‘oyalari alohida e’tiborga loyiq. Uning fikricha, shaxs, - bu insonning jamiyatdagi hayoti natijasida yuzaga keladigan alohida turdagi psixologik hosila. Turli faoliyatlarning birgalikda bo‘ysunishi ontogenezda shakllanadigan shaxsning asosini yaratadi. SHu o‘rinda, A.N. Leontev ko‘rsatib o‘tganidek,  shaxsga  tegishli bo‘lmagan, avvalambor, irsiyat tomonidan belgilangan: tana tuzilishi, asab tizimining turi, temperament, biologik ehtiyojlarning o‘sish kuchi, affektivlik, tug‘ma layoqatlar kabi, shuningdek, orttirilgan ko‘nikma, bilim va malakalar, hamda,  –  kasbiy belgilarni ta’kidlab o‘tish joiz. Uning fikricha, sanab o‘tilganlar, insonning individual xossalarini tashkil etadi.

SHaxs avvalgi tajribalar bilan boyitilgan individ emas. Individ xususiyatlari shaxs xususiyatlariga aylanmaydi.

      A.N. Leontev tomonidan belgilab berilgan shaxs muammosini o‘rganishga umumiy yondoshuv A.V. Petrovskiy va V.A. Petrovskiylarning ishlarida rivojlantirildi. Ularning fikriga ko‘ra, shaxs hamkorlikdagi faoliyatning har bir ishtirokchisi o‘rtasida o‘rnatilgan mazmun-mohiyati, qadriyatlari vositasidagi barqaror shaxslararo aloqalar tizimida o‘rganilishi mumkin.

Bayon etilganlar shaxsni faoliyat va muloqotda yuzaga keladigan individual munosabatlarning (sub’ekt – ob’ekt – sub’ektiv va sub’ekt – sub’ekt – ob’ektiv) barqaror tizimiga nisbatan sub’ekt sifatida o‘rganish imkonini beradi. A.V. Petrovskiy va V.A. Petrovskiylar shaxs tuzilishini individning «o‘ta sezgir» tizimli xususiyati sifatida ko‘rib chiqadilar. SHaxsni sub’ektiv munosabatlar tizimida ko‘rib chiqib, individ shaxsiy turmush tarzining uch xildagi atributsiyasini (qo‘shib yozish, belgilash) yoki shaxs tushunchasining uch xil nuqtai nazarini ajratadilar.

Ko‘rib chiqishning birinchi nuqtai nazari  – intraindivid shaxsiy atributsiya: shaxs sub’ektning o‘ziga xos bo‘lgan xossasi sifatida tushuntiriladi; shaxs individ turmush tarzining ichki muhitiga kiritilgan holatda bo‘ladi.




Download 166,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish