III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) 1-mavzu. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati Investitsiyalarni baholash fanining predmeti va vazifalari. Investitsiyalarni baholash fanining boshqa fanlar bilan bog’liqlikda o’rganishining sabablari. Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Investitsiyalarning tasniflanishi. Investitsiya faoliyati ob’ektlari va sub’ektlari. Uzbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qonunining mohiyati va maqsadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiyalarning harakteri. Iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiyalarning roli. Investitsion jarayonlarning rivojlanish qonuniyati. Investitsiya jarayonining asosiy kategoriyalarining tasnifi va iqtisodiy mohiyati. Globallashuv va iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonlari. Turli iqtisodiy tizimlarda investitsiya jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari. Ochiq iqtisodiyot modeli. Xalqaro va milliy moliya tizimlari. Jahon bozorining investitsiya jarayoniga ta’siri. Milliy investitsiya resurslari. Protektsionizm siyosati bilan himoya qilingan iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida investitsiya jaryonlari: ijobiy va salbiy tomonlari. Investitsiya jarayonlarini rivojlantirish modellari. investitsiyalarni foydalanish istiqbollari.investitsiyalarga ta’sir etuvchi omillar. Ishlab chikarishning rivojlanishi va iqtisodiy o’sish. Ishlab chikarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi. Jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishi. Integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi. Ishlab chiqarishni baynalminallashuvi. Kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish. Korxonalarni zamonaviy texnika va texnologiya bilan qayta jihozlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish. Mulkiy huquqlar. Investitsiya faoliyatini mablag’ bilan ta’minlash.
2-mavzu. Xorijiy investitsiyalar hakida tushuncha va uning mohiyati. Xorijiy investitsiyalar va ularni jalb qilinish sabablari. O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o’rni va roli. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari. O’zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish. Xorijiy investitsiyalar va ularning harakatiga ta’sir etuvchi omillar. Investorlar uchun O’zbekiston iqtisodiyotini jozibadorligini oshirishning asosiy yo’nalishlari. Tashqi kapital. O’zbekiston iqtisodiy siyosatining strategiyasi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Xorijiy kapitalni jalb qilishning xuquqiy asoslari. Eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish. Tashqi iqtisodiy faoliyatning muhim strategik yo’nalishlari. Qo’shma tadbirkorlik. Xorijiy investorlar uchun qulay va sodda soliq, moliya-kredit tizimlarini tashkil etish. Xorijiy valyutalarni ayirboshlash. Foyda olishni kafolatlash. Ikkilamchi qimmatbaho qog’ozlar bozorini rivojlantirish. Import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish. O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari. Mahalliylashtirish dasturi. Xalqaro miqyosda mamlakat nufuzini oshirish. Xorijiy investitsiyalarni jalb etishga hududiy jihatdan yondashuv. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O’zbekistonning investitsiya imkoniyatlari va muhiti to’g’risida xorijiy ishbilarmon doiralarga batafsil ma’lumot yetkazib berish.
3-mavzu. Uzbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning xuqukiy asoslari va xorijiy investorlarga yaratilgan shart-sharoitlar Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari. Xorijiy investorlarning huquq va majburiyatlari hamda ularga berilgan kafolatlar Xorijiy sarmoyadorlarga yaratilgan imtiyozlar va rag’batlantirish omillari. O’zbekiston respublikasida qulay investitsiya muhitini shakllantirish bo’yicha ishlarni yanada kuchaytirish va uzoq muddatga mo’ljallangan strategik vazifa. investitsiya muhitini omillarini taxdil qilish va baholash. Shakllantirish. Investitsiyalarni rag’batlantirishda jadallashtirilgan amortizatsiya usullari. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning faoliyati. Investorlar huquqiy holatining o’ziga xos xususiyatlari. Xorijiy investor xuquqi. Xuquqiy maqom. Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar. Xalqaro xuquq. Davlat immuniteti. Investitsiya munosabatlari qatnashchilarining xuquqiy holati. O’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlari. O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo’yicha ishlab chiqilgan me’yoriy-xuquqiy asoslar. Ko’p tomonlama xalqaro konventsiyalar va kelishuvlar. Xorijiy investorlarni xuquqiy himoya qilish. Xorijiy investorlarga davlat tomonidan kafolatlarning berilishi. Xorijiy investitsiyalarga doir O’zbekiston Respublikasi va MDH davlatlarining qonunchiligi. O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning zarurligi va shart- sharoitlari. O’zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirish kontseptsiyasi. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish tamoyillari. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirish strategiyasi. Tashqi investitsiya oqimi. Investitsiya dasturlari. Rejalashtirilgan va o’zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning chet el tajribasi. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning strategik va taktik usullari. Qulay investitsiya muhiti. Lizing va franchayzing. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish mexanizmi va asosiy yo’nalishlari.
4-mavzu. Xorijiy investitsiyalarning shakl va turlari Xorijiy investitsiyalarning turlari. Xorijiy investitsiyalarning. tasniflanishi. Bevosita va portfelli xorijjiy investitsiyalar. Xorijiy investitsiyalarni eksporti va importi. Investitsiya shartnomalari. Xorijiy investitsiyalar maqsadli yo’naltirish, va boshqarish. Xorijiy investitsilar oqimini tartibga solishning mexanizmlari. Xorijiy investitsilar ishtirokidagi korxonalarni sog’lomlashtirish va rivojlantirish yo’nalishlari. O’zbekiston respublikasida amalda bo’lgan xorijiy investitsiya turlari va shakllari o’rtasidagi nisbatlarning tavsifi.
5-mavzu. Investitsiyalarni moliyalashtirishda moliyaviy vositalar Moliyaviy vositalarning mohiyati va ahamiyati. Moliyaviy investitsiyalar (qimmatli qog’ozlar)ning turlari va xususiyatlari. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda qimmatli qog’ozlar bozorining o’rni va roli taxlili. Moliyaviy investitsiyalar samaradorligini baxolash. Iqtisodiyot tarmokdariga investitsiyalarni jalb qilish, loyixalarni moliyalashtirishning samarali usullarini qo’llash, halqaro moliya institutlari bilan bevosita aloqalarni o’rnatish, investitsiya faoliyatini moliyaviy ta’minlashda kimmatli qog’ozlar bozorining rolini oshirish. Investitsiya loyixalarini moliyalashtirishda turli moliyaviy vositalar. Moliyaviy vositalar moliya tizimi va uning tarkibiy bo’g’inlarida qo’llaniladigan vositalar, usul, usul elementlari, investitsion vositalar(qimmatli qog’ozlar) va ularni muomalasini amalga oshirish va tartibga soluvchi element(vosita)lar.