Investitsiyalarni baholash
bet 1/4 Sana 16.03.2022 Hajmi 412,06 Kb. #495633
Bog'liq
инвестицияларни баҳолаш ишчи дастур21 (2)
INVESTITSIYALARNI BAHOLASH
FANIDAN
ISHCHI O’QUV DASTURI
(4-kurs kechgi ta’lim shakli talabalari uchun)
Bilim sohasi:
200000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi:
230000 – Iqtisod
Ta’lim yo‘nalishi:
5230100 – Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo`yacha)
Mashg’ulotlar turi
Umumiy soat
VIII semestr
Ma’ruza
32
32
Amaliy mashg’ulot
32
32
Mustaqil ta’lim
JAMI:
Termiz-2021
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent moliya instituti tomonidan 2021 yil __avgustda ro’yxatga olingan “Investitsiyalarni baholash” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchilar:
Pirimkulov O. - TerDU Moliya kafedrasi o‘qituvchisi
Zokirova G. - TerDU Moliya kafedrasi o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
E.Avazov - TerDU “Moliya” kafedrasi mudiri, i.f.n.
B.Q.Qodirov - TerDU “Moliya” kafedrasi katta o’qituvchisi, i.f.n.
© «Investitsiyalarni baholash(ishchi fan dasturi)». - T.: TermDU, 2021. – 12 bet.
I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy
ta’limdagi o’rni
O’zbekiston va jahon iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog’liqligini bugungi kunda deyarli har bir mutaxassis va xo’jalik yurituvchi sub’ekt anglab yetganligini nazarda tutsak, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni kengroq jalb etish va baholash,ularning mamlakatimizda o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini ta’minlashning muhim asosiga aylanganligi bilan bog’liqligini tushunib olish qiyin emas. Sarmoyasiz taraqqiyotni amalga oshirib bo’lmaydi. Ishlab chiqarishni va umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chetdan sarmoya va investitsiyalarning mamlakatimizga, o’lkamizga kirib kelishi uchun qulay sharoit va imtiyozlar tashkil etmasak, istiqboldagi strategik maqsadlarga erishib bo’lmaydi. Investitsion faoliyatni saarali amalga oshirish uchun investitsiyalarin baholash bo’yicha yetarli bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lish kerak.
Mamlakatni ijtimoiy, iktisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarining ahamiyati kattadir. Ma’lumki, har qanday davlat dunyodan ajralgan holda jahon tajribalarini o’rganmasdan, dunyoning yetakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas.
Mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun investitsiyalarni jalb qilish va baholash nechog’lik katta hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu avvalombor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy muammolarni yechish imkoniyatini beradi. Shu boisdan investitsiyalarni baholash va investitsiyalar jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag’batlantirish va zaruriy sharoitlarni yaratib berish o’ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashda investitsiyalarni jalb qilish va baholash, uning ko’lamini kengaytirish bilan bog’liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini o’rganishda “Investitsiyalarni baholash” fani alohida o’rin tutadi. Ushbu masalalarni amalga oshirishda “Investitsiyalarni baholash” fanida o’rganiladigan mavzular va nazariy-amaliy masalalar muhim ahamiyat kasb etadi.
“Investitsiyalarni baholash” fani investitsiya tizimining shakllanish mexanizmini, investitsiyalarni baholashning tashkiliy-iqtisodiy, me’yoriy, ilmiy va uslubiy asoslarini, investitsiyalarni baholashning asosiy yo’nalishlari, shakllari va usullarini o’rganadi.
O’quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o’qitishdan maqsad -investitsiyalarni baholashning mohiyati va zarurligini asoslagan holda, talabalarda shu sohada nazariy va amaliy professional bilimini shakllantirishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarda investitsiya faoliyati, investitsiyalarning mohiyati hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’ydagi talablar qo’yiladi.
Talaba:
investitsiyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati;
investitsiyalarni baholashning nazariy va uslubiy asoslari;
investitsiyalarni jalb etish va baholashning asosiy tamoyillari;
investitsiyalarning turlari va ularning mohiyati;
investitsiyalarni jalb qilish manbalari;
investitsiyalarga doir Uzbekiston Respublikasi va xalqaro qonunchilik;
Uzbekiston Respublikasining investitsiya siyosati;
davlat investitsiya dasturlarini baholash va boshqarish;
investitsiyalarni jalb qilish va baholashning strategik va taktik usullari haqida tasavvvurga ega bo’lishi;
investitsiya jarayonlarini rivojlantirish modellarini;
investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashni;
investitsiyalardan kutilayotgan daromadni aniqlashni;
investitsiya munosabatlari qatnashchilarining huquqiy holatini aniqlashni;
investitsiya muhiti va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni baholashni;
erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishni;
investitsiyalarni baholash va boshqarish strategiyalarini;
investitsiyalarni baholashning rivojlangan mamlakatlar tajribasini;
korxonalarning investitsiya muhiti jozibadorlik darajasini aniqlashni bilishi vaulardan foydalana olishi;
mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalar oqimini ko’paytirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
investitsiyalarni boshqarishdagi tavakkalchilikni baholash;
bevosita va portfel investitsiyalarni jalb etish holatini taxdil etish;
lizing va franchayzing asosida texnika va texnologiyalarni jalb etish;
investitsiyalar va investitsiya loyihalari samaradorligini baholash;
investitsiya jarayonlarini boshqarish modellari xususiyatlarini aniqlash;
investitsiyalarni jalb qilish va baholashda innovatsion infratuzilmalar faoliyatidan samarali foydalanish;
investitsiyalarni siyosiy va boshqa xavf-xatarlardan sug’urtalash;
investitsiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini baholash kunikmalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: