Kompaniyaning hisob siyosatida uzoq muddatli investitsiyalarni qayta baholash qiymatida hisobga olish ko`zda tutilgan. 2004 yilining birinchi choragida mavjud investitsiyalarning bozor qiymatini o`zgarishi yuz berdi.
Aktsiyalar
turi
|
Aktsiyalar
miqdori
|
Aktsiyani bozor qiymati
|
Jami aktsiyalarning
bozor qiymati
|
Х
|
500
|
1100
|
550000
|
Y
|
1000
|
650
|
650000
|
Z
|
600
|
575
|
345000
|
Jami
|
x
|
Х
|
1545000
|
Dt «Qimmatli qog`ozlarni qayta baholashdan zararlar» 50000
Dt «Uzoq muddatli investitsiyalar» 45000
Kt «Хususiy kapital-Qayta baholash bo`yicha tuzatishlar» 95000
Buxgalteriya yozuvlaridan ko`rinib turibdiki, «Y» toifadagi aktsiyalar bo`yicha baho pasayishidan olingan zarar avval qo`shilgan kapital tarkibida shu xildagi muomalalarga tegishli summa mavjud bo`lmaganligi uchun zarar sifatida tan olindi.
2004 yilning olti oyligi yakunida investitsiyalar tarkibida quyidagi o`z-garishlar yuz berdi
Aktsiyalar
turi
|
Aktsiyalar
miqdori
|
Aktsiyani bozor qiymati
|
Jami aktsiyalarning
bozor qiymati
|
Х
|
500
|
1040
|
520000
|
Y
|
1000
|
600
|
600000
|
Z
|
600
|
525
|
315000
|
Jami
|
x
|
x
|
1435000
|
Bu o`zgarishlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aksini topadi:
Dt «Хususiy kapital-qayta baholash bo`yicha tuzatishlar» 60000
Dt «Qimmatli qog`ozlarni qayta baholashdan zararlar» 50000
Kt «Uzoq muddatli investitsiyalar» 110000
2004 yilning oxiriga kelib, balans tuzish sanasidan avval investitsiyalar qiymatida sezilarli o`zgarish yuz berdi
Aktsiyalar
turi
|
Aktsiyalar
miqdori
|
Aktsiyani bozor qiymati
|
Jami aktsiyalarning
bozor qiymati
|
Х
|
500
|
1150
|
575000
|
Y
|
1000
|
700
|
700000
|
Z
|
600
|
540
|
324000
|
Jami
|
x
|
x
|
1599000
|
Dt «Uzoq muddatli investitsiyalar» 164000
Kt «Qimmatli qog`ozlarni qayta baholashdan zararlar» 100000
Kt «Хususiy kapital qayta baholash bo`yicha tuzatishlar» 64000
Investitsiyalardan olinadigan daromadlar Buxgalteriya hisobining milliy standartlarida ta`kidlab o`tilganidek, foizlar, royalti, dividendlar, uzoq va qis-qa muddatli ijara sifatidagi investitsiyalar bo`yicha ijara haqi hamda investi-tsiyalarni sotish natijasida olingan foyda sifatida yuzaga keladi.
Korxona o`z mablag`larini bankka depozitga qo`yish, qarz berish yoki obliga-tsiyalar kabi qarz qog`ozlarini sotib olish vaqtinchalik keraksiz aktivlarni ijaraga berish orqali foiz ko`rinishidagi daromadga ega bo`ladi. Ushbu yo`nalish-lar bo`yicha daromad hisoblanganda quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Dt «Hisoblangan foizlar»
Kt «Foiz ko`rinishidagi daromad»
Royalti ko`rinishidagi daromad deb, korxonani savdo belgisi yoki boshqa turdagi huquqini o`zga kimsalarga ma`lum vaqtga, ma`lum haq evaziga foydalanish uchun berilishi natijasida olingan daromadga aytiladi. Daromad hisoblanganda quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtirilishi lozim:
Dt «Royalti va gonorarlar bo`yicha olinadigan hisobvaraqlar»
Kt «Royalti bo`yicha daromadlar»
Korxona o`zga korxonalarning aktsiyalariga «qiymat» yoki «ulushda qatnashish» usulida investitsiya qilishi mumkin. Qiymat usulida investitsiya qilinganda korxona boshqa aktsiyadorlar kabi faqat dividendga da`vogarlik qilishi mumkin. Ulushda qatnashish usulida esa investitsiya qilgan korxona ham dividendga, ham sof foydaning tegishli qismiga da`vogarlik qila oladi. Ushbu holatlarni quyidagi misol yordamida ko`rib chiqamiz.
Investitsiyalar bilan bog`liq boshqa yo`nalishlardagi daromadlarni hisobga olish muomalalariga «Investitsiyalarni bir toifadan ikkinchisiga o`tkazish tartibi» va «Investitsiyalar chiqimini hisobga olish tartibi» mavzularini ko`rib chiqish jarayonida to`xtalib o`tamiz.
Investitsiyalarni bir toifadan ikkinchisiga o`tkazish ushbu tartibdagi investitsiyalarga nisbatan bozor shartlarini o`zgarishi yoki tashkilotda bunday investitsiyalarga nisbatan maqsadlarning o`zgarishi sabab bulishi mumkin. Investitsiyalar toifalarini o`zgartirish jarayonida quyidagi omillarni hisobga olish lozim bo`ladi:
toifa o`zgartirilgunga kadar investitsiyalar hisobga olingan qiymat;
toifa o`zgartirilgandan keyin investitsiyalar hisobga olingan qiymat;
toifa o`zgartirilgunga qadar investitsiyalarni qayta baholash natijasida yuzaga kelgan farqni hisobga oluvchi hisobvaraqlar;
toifa o`zgartirilgandan keyin investitsiyalarni qayta baholash natijasida yuzaga keluvchi farqni hisobga oluvchi hisobvaraqlar;
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari talablariga ko`ra agar qisqa muddatli investitsiyalar korxonaning hisob siyosatida sotib olish va bozor baho-sidan kami bo`yicha hisobga olib borilishi ko`zda tutilgan bo`lsa, uzoq muddatli investitsiyalarni ularning toifasiga o`tkazish shu baholarning eng kami bo`yicha amalga oshiriladi. Agar uzoq muddatli investitsiyalar toifasi o`zgartirilishidan avval qayta baholangan va qisqa muddatli investitsiyalar korxonada bozor qiy-matida yuritilayotgan bo`lsa, uzoq muddatli investitsiyalarni qisqa muddatli investitsiyalar toifasiga o`tkazishda qayta baholash summasi balans qiymatida hisobdan chiqariladi. Agar qisqa muddatli investitsiyalar bozor qiymatidagi o`z-garish daromad sifatida tan olib borilayotgan bo`lsa investitsiyalar toifasini o`zgartirishda hisobga olinmay qolgan qayta baholash summasi daromad tarkibiga kiritiladi. Qisqa muddatli investitsiyalarni uzoq muddatli qo`yilmalar tarki-biga o`tkazish sotib olish va bozor qiymatidan kami bo`yicha, agar qisqa muddatli investitsiyalar toifa almashtirilgunga qadar bozor bahosida hisobga olingan bo`l-sa, toifa almashtirish bozor bahosida amalga oshirilishi mumkin.
Korxona investitsiyalarni chiqib ketishidan foyda yoki zarar olishi mumkin. Ushbu xo`jalik muomalalarini tushuntirish uchun 4–misol maьlumot-laridan foydalanib ikkita holatni ko`rib chikamiz.
Korxona avval sotib olgan «Х» turdagi aktsiyalarning 300 tasini 1200 so`mdan sotishga erishdi. Bu xo`jalik muomalasi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda o`z aksini topadi.
a) sotish bahosi bilan balans qiymati o`rtasidagi farqqa
Dt «Pul mablag`lari» 360000
Kt «Investitsiyalar» 345000
Kt «Qimmatli qog`ozlarni sotishdan olingan
daromad» 15000
b) qo`shilgan kapital tarkibidagi qayta baholash summasini sotilgan aktsiyalarga tegishli qismini (75000 : 500 ta aktsiya q 150 so`m x 300 ta aktsiya q 45000 so`m) hisobdan chiqarish muomalasiga
Dt «Qo`shilgan kapital-«Х» turdagi aktsiyalar 45000
Kt «Qimmatli qog`ozlarni sotishdan olingan
daromad» 45000
Korxona bir qancha vaqt o`tganidan keyin «Z» turdagi aktsiyalar kursini keskin tarzda tushib ketayotganligidan xavotir olib, barcha aktsiyalarini birinchi xaridorga har bir aktsiyani 495 so`mdan sotishga qaror qildi. Bu xo`jalik muomalasi quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Dt «Pul mablag`lari» 297000
Dt «Qo`shilgan kapital- «Z» turdagi aktsiyalar 24000
Dt «Moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar» 3000
Kt «Investitsiyalar» 324000
Xulosa
Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va b.ga mablagʻ sarflash) koʻrinishlari bor.
Investitsion hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Jahondagi bevosita I. faol oʻsib bormoqda: 1980-y.lar oʻrtalarida jahon boʻyicha umumiy yillik I. hajmi 450 mlrd. dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 1990-y.lar oʻrtalariga kelib I. hajmi 2 trln. dollardan oshdi.
Uning quyidagi turlari mavjud: davlat I.si — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el I.si — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tad-birkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy I. — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fukarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. I. qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) I.ga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) I. — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan I., ; real I. — moddiy i. ch. (sanoat, q.x., qurilish va b.) soxa-siga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzok, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida I.ni moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing , bevosita chet el I.lari, ipoteka, byud-jetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qonuni,
Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev asari
Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev asari.
Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev asari.
O’zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi qonuni, 1998. 30 aprel.
O’zbekiston Respublikasining “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi qonuni..
Do'stlaringiz bilan baham: |