xizmatlari bilan bog‘liq. Dilerlar qimmatli qog‘ozlarni emitentdan nommnal qiymati bo‘yicha
sotib oladilar va investorlar orasida emission qiymat bo‘yicha sotadilar.
Balans qiymati - bu qimmatli qog‘ozni xarid qilishda sarf qilingan haqiqiy xarajatlar
qiymati. Bu qiymat moliyaviy hisobot hujjatlari asosida aniqlanadi.
Bekor qilish (lmkvidatsiya) qiymati - bitta qimmatli qog‘ozga to‘g‘ri keladigan real
(mavjud) mulkni haqiqiy sotuv narxdagi qismining qiymati.
Garov qiymati - bu qimmatli qog‘ozlarning qarz va kreditlar olinganda garov sifatida
hisobga olinadigan qiymati. Garov qiymati deb, asosan, qimmatli qog‘oz garovga berilishi
mumkin bo‘lgan kreditning maksimal summasiga aytiladi.
Iste’mol qiymati - bu kurs qiymatining ortishi natijasida keltirilgan foyda.
Investor qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarni buxgalteriya hisobini 21-sonli
«Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi
hisobvaraqlarning rejasi» buxgalteriya hisobining milliy standartiga asosan ifodalaydi va qimmatli
qog‘ozlarni qiymatini, avvalambor, sotib olish qiymatida va sotish davrigacha ularni narxini
nominal narxgacha etkazadi. Shuningdek, hisobvaraqlaridagi qimmatli kog‘ozlar qiymatini
o‘zgarish mezonlarini aniqlab olish zarur bo‘ladi.
Ammo, 12-sonli «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli buxgalteriya hisobining milliy
standarti va 39-sonli «Moliyaviy instrumentlar» nomli xalqaro moliyaviy hisobot standartida
asosiy mezonlardan biri ehtiyotkorlik tamoyili bo‘lib, u qimmatli qog‘ozlarni mavjud baholardan
«eng kami» va «haqiqiy bozor qiymati» bo‘yicha hisobga olish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Ushbu standartlardan kelib chiqqan masala qimmatli qog‘ozlarni kamida ikkita bahoda aks
ettirish zaruriyatidan iborat: aktsiyalar uchun - bu xarid qilishning xaqiqiy qiymati va joriy bozor
bahosi.
Aktsiyalar uchun haqiqiy xarid bahosi nominal bahoga nisbatan muhimroq ko‘rsatkich
hisoblanadi, chunki aktsiya, odatda, muddatsiz qimmatli qog‘oz bo‘ladi va uning nominal qiymati
- bu faqat oldindan avanslangan kapital miqdoridir. Ta’kidlash joizki, aktsiyalarning bozor qiymati
ularning emissiyasidan keyingi emitentning nizom kapitali bilan juda ham bog‘liq emas.
Obligatsiyalarni muomalada bo‘lishi ularning nominal qiymati bilan bog‘liq, negaki
ularning qoplanish muddati yaqinlashgani sari boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holda,
masalan, emitentning barqarorligi va hokazo) uning bozor qiymati nominalga yaqinlashib boradi.
Aktsiya va obligatsiyalar uchun ikki baho bo‘lishining muhimligini tahlil qilish va boshqarish
masalalari bilan bog‘liqlik orasidagi farq ma’lum vaqt mobaynida amalga oshirilmagan daromad
miqdorining mohiyatidan iborat. Shunday qilib, tadqiqot natijasida qimmatli qog‘ozlar qiymatini
uch xil bahoda ifodalash asoslangan; haqiqiy, nominal va bozor qiymatlarida.
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda 12-sonli «Moliyaviy investitsiyalarni hisobi» va 21-
sonli «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi
xisobvaraqlarining rejasi» buxgalteriya hisobining milliy andozalari orasida qimmatli qog‘ozlarni
hisobga olish qiymati masalasida juda katta farqlar mavjud ekan.
Korxonaning moliyaviy investitdiyalari vaqti-vaqti bilan qayta baholanishi mumkin. Qayta
baholashni o‘tkazish davri korxonaning hisob siyosati bilan belgilanadi.
Qayta baholash natijalari, xususan, qayta baholash natijasida uzoq muddatli moliyaviy
investitsiyalarning qo‘shimcha baholanish summasi qayta baholashdan daromad sifatida xususiy
kapitalga (8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotiga) o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: