zarup shapoitlarni yaratish, uni qabul qilish va shartlashilgan narxxni to‘lash majburiyatini olishini
nazarda tutadi. Qurilish pudrat shartnomasi kopxona, bino, inshoot yoki boshqa ob’ektni qurish
yoki pekonstpuktsiya qilish, shuningdek montaj qilish, ishga tushirish-sozlash va qurilayotgan
ob’ekt bilan uzluksiz bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni bajarish uchun tuziladi.
Agap qurilish-montaj ishlarini bajarish shartnomasi bo‘yicha ishlarni materiallar bilan
ta’minlash majburiyati pudrat tashkilotiga yuklangan bo‘lsa, buyurtmachi tomonidan pudrat
(yopdamchi pudrat) tashkilotiga qurilish materiallarining berilishi soliq solish maqsadida
pealizatsiya deb tan olinib, belgilangan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi. Bunda
materiallarning etkazib berilishi alohida oldi-sotdi (etkazib berish) shartnomasi bilan
rasmiylashtirilishi shart. Bu holda tovap-moddiy boyliklarning berilishi Soliq kodeksining 222-
moddasiga asosan hisobvaraq-faktura bilan rasmiylashtiriladi va oluvchi tomonidan moddiy
javobgap shaxs ishonchnomasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Qurilishning xo‘jalik usuli quruvchining o‘z kuchi bilan, pudrat tashkilotlari jalb etilmay
bajariladigan qurilish-montaj ishlarini tashkil etish shaklidir. Ya’ni xo‘jalik usulida qurilish-
montaj ishlari buyurtmachisi va bajaruvchisi birgina yuridik shaxs hisoblanadi. Yangi qurilish,
faoliyat yurituvchi ob’ektlarni kengaytirish, pekonstpuktsiya qilish, texnik jihatdan qayta
qurollantirish va modernizatsiyalash xo‘jalik usuli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Qurilishning xo‘jalik usulida tashkilotda odatda qurilish raytida qurilish bo‘linmasi (kapital
qurilish bo‘limi) tuzilib, u qurilish ishlarining muayyan turlarini bajaradi.
Xo‘jalik usuli bilan qurish uchun tashkilot o‘z ishlab chiqarish bazasini yaratadi, qurilish
mashinalari va mexanizmlari, asboblar va inventar xarid qiladi yoki ijaraga oladi, qurilishni
qurilish materiallari, konstpuktsiyalar va detallar, loyiha-smeta hujjatlari, ishchilar va muhandis-
texnik kadplar bilan ta’minlaydi.
Xo‘jalik usuli bilan qurilish-montaj ishlari bajarilishida QQS solinadigan aylanmalar
mavjud emas.
O’z kuchi va o‘z ehtiyojlari uchun qurilish-montaj ishlari bajarilishida foydalanilgan, xarid
qilingan moddiy-ishlab chiqarish zaxiralari bo‘yicha QQS summasini kopxona hisobga kiritmay
qurilish-montaj ishlari qiymatiga hisobdan chiqaradi.
Ishlarning tugallanishi bajarilgan ishlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan
rasmiylashtiriladi, unga ko‘ra ob’ekt tugallangan va foydalanishga topshirilishi mumkin deb
hisoblanadi. Binolar, inshootlar va epga mustahkam o‘pnashgan boshqa ob’ektlar ko‘chmas
mulkka kiradi. Ko‘chmas mulkka egalik qilish huquqi za boshqa mulkiy huquqlar davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart va ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquq to‘g‘risidagi hujjat bilan
tasdiqlanadi. Ko‘chmas mulk ob’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xarajatlari uning boshlang‘ich
qiymatiga kiritiladi.
Asosiy vositalar ob’ektlarini qurish va ularni foydalanishga topshirish bo‘yicha umumiy
buxgalteriya o‘tkazmalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: