Investitsiyaga talab funksiyasi. Akselerator modeli. Investitsiya nima?
Investitsiya — (nemischa „Investition“, lotincha „Investio“) soʻzidan olingan boʻlib, asosan, ishlab chiqarishga uzoq muddatli qoʻyilmalar sarfi, yaʼni xarajatlar yigʻindisi deb talqin etilgan. Investitsiya — foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida, davlat, xuquqiy va jismoniy shaxslar (investorlar) tomonidan cheklangan imkoniyatlardan samarali foydalanib, cheklanmagan extiyojni qondirish uchun iqtisodiyotning turli soxalariga maʼlum muddatga sarflangan barcha turdagi boyliklardir. Koʻpchilik iqtisodiyotni tushunmaydiganlar Investitsiyani qarz deb tushunadi. Davlat qarzi hisoblab chiqilganda Investiitsiyalar hisobga olinmaydi.
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi - investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg’armalarivah.k.); - qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari); - jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari); - davlat byudjeti mablag’lari; - chet elliklar mablag’lari. Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi omillar - 1. Soliqqa tortish darajasi; 2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o‘zgarishlar; 3. Mavjud bo‘lgan asosiy kapital miqdori; 4. Investorlarning kutishi; 5. Yalpi daromadlarning o‘zgarishi.
- Yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko’ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir- biridan farqlash zarur. Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga mo’ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo’shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo’shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat.
Yalpi investitsiya hamda amortizatsiya nisbati o’zgarishining iqtisodiyotga ta’siri Yalpi investitsiya hamda amortizatsiya nisbati o’zgarishining iqtisodiyotga ta’siri Yalpi investitsiya hamda amortizatsiya nisbati o’zgarishining iqtisodiyotga ta’siri Akselerator modeli - Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o‘zgarmagan sharoitda ham) ko‘payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga turtki beradi. Investitsiyalar hajmining YaIM yoki daromadlar darajasiga bog‘liqligini akselerator modeli aks ettiradi: I = f(Y), ya’ni investitsiyalar (I) YaIM (Y)ning funksiyasi ekan.
Akselerator modelining to‘liq ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |