Investitsiya siyosatini amalga oshirishda maqsadli davlat investitsiya dasturlarining o’rni



Download 4,72 Mb.
bet37/49
Sana10.07.2022
Hajmi4,72 Mb.
#769281
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49
Bog'liq
Investitsiya siyosatini va kapital qo\'yilmalar

1) iqtisodiy omillar:
  1. ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o’sish sur’atlarining bir maromda ushlab turilishi;


  1. jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotida chuqur tarkibiy siljishlarning amalga oshirilishi (ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va jahon xizmatlar bozori taraqqiyoti ta’siri ostida olib borilishi);


  1. ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi;


  1. jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishining o’sib borishi (AQSH Transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi AQSH tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir);


  1. ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi;


  1. xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM)ning faol rivojlanishi va boshq.




2) siyosiy omillar:
  1. kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIH), offshor hududlari va boshq.);


  1. rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish;


  1. iqtisodiy islohotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash);


  1. bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshq.


Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy samarasi. Xalqaro kapital harakatning iqtisodiy samarasini ko’rsatish uchun, kapital qo’yilmalardan olinadigan foyda turli mamlakatlarda turlicha degan tasavvurdan kelib chiqish zarur. Jahonda ikki mamlakat mavjud deb hisoblaylik. I mamlakat AK miqdorda, II mamlakat AK' miqdorda kapitalga ega.

Ikkala mamlakatning umumiy kapitali KK' ga teng. S1 va S2 to’g’ri chiziqlar I va II mamlakatlarda qo’yilgan kapital hajmiga bog’liq ravishda ishlab chiqarish hajmi o’sishini aks ettiradi. Agar xalqaro kapital harakati mavjud emas deb faraz qilinsa I va II mamlakatlar o’z kapital mablag’larni mamlakat ichkarisida sarflab daromad oladi (I mamlakat KS hajmida, II mamlakat K'D hajmda). I mamlakatning o’z kapitali yordamida ishlab chiqarish hajmi segmentlarining yig’indisiga teng bo’lib, bulardan kapital egalarining foydasi ga teng bo’ladi, qolgani esa er va mehnat kabi boshqa ishlab chiqarish omillari egalarining foydasidir. II mamlakatning ishlab chiqarish hajmi ga teng bo’lib, bundan kapital egalarining foydasi, qolgani esa boshqa ishlab chiqarish omillari egalarining foydasidir. KC ekanligi I mamlakatda kapital qo’yishdan olinadigan foyda II mamlakatnikidan kam ekanligini anglatadi.

Bevosita xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy samarasi.

Agar ikkala mamlakat kapitalning xalqaro harakatini taqiqlovchi cheklovlarni olib tashlasa I mamlakatdagi kapitalning bir qismi (AV) II mamlakatga ko’chadi, chunki investitsiyalardan keladigan foyda ikkala mamlakatda turlichadir. Shundan so’ng investitsiyalardan keladigan foyda BR darajasida balanslashadi. Buning natijasida I mamlakatning o’z kapitali yordamidagi ishlab chiqarish hajmi segmentlarining yig’indisiga teng bo’lib, mahsulotlar ichki investitsiyalar hisobiga, - II mamlakatga qilingan xorijiy investitsiyalar hisobga olingandir. Kapitalning bir qismini II mamlakatga investitsiyalash hisobiga yalpi ishlab chiqarish (yalpi kapital hajmi o’zgarmagan holda) ma’lum bir hajmga (h segment hajmiga) o’sadi. Bunda kapitaldan olingan daromad ham KS dan KE darajagacha oshadi. Kapital egalarining daromadi hajmgacha o’sib, boshqa ishlab chiqarish omillari egalarining daromadi S segment hajmida bo’ladi, xolos.

Boshqa tomondan, kapitalni I mamlakatdan II mamlakatga oqib kelishi unda kapitaldan olinadigan foydani K'D hajmidan K'F hajmgacha qisqarishiga olib keladi. Shu vaqtning o’zida I mamlakatdan jalb qilingan va o’zining ichki kapitalini ishlatish natijasida II mamlakatda ishlab chiqarish hajmi I mamlakatdan II mamlakatgacha kengayadi. Albatta, segmentlar xorijiy kapital hisobiga ishlab chiqarilgan bo’lib, natijada I mamlakat investorlariga foyda tariqasida berilish zarur. Shunday qilib II mamlakatda ichki ishlab chiqarishning sof o’sishi g segmentga teng bo’ladi. II mamlakatda kapital qo’yilishidan olinadigan foyda pasayishi natijasida kapital egalarining daromadi xajmdan k hajmgacha qisqaradi, boshqa ishlab chiqarish omillari egalarining daromadi esa i dan hajmgacha o’sadi.

Jahon xo’jaligi miqyosida qaralganda kapitalning bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga oqib o’tish natijasida yalpi ishlab chiqarish hajmi o’sadi. Bunda h I mamlakatning kapitalini II mamlakatga investitsiyalab samaraliroq foydalanish natijasida yuzaga keladi, g esa II mamlakatga tegishli bo’lib, shu mamlakatda investitsiyalanadigan kapital hajmining o’sganligi natijasida vujudga keladi.

Shunday qilib, kapitalning xalqaro harakati (tovarlarning xalqaro harakati kabi) ishlab chiqarish omillarini samaraliroq qayta taqsimlash va ulardan foydalanish evaziga yalpi umumjahon ishlab chiqarishi o’sishiga olib keladi. Bunda, kapitalni eksport qiluvchi mamlakatdagi kapital egalarining daromadi o’sadi va boshqa omillar (ayniqsa mehnat va er) egalari daromadi esa qisqaradi. Kapitalni import qiluvchi mamlakatdagi kapital egalarining daromadlari qisqaradi va ishlab chiqarishning boshqa omillari egalarining daromadlari esa o’sadi.

Mamlakatlarning XKM jarayonlarida qatnashishi bir qator ko’rsatkichlar orqali namoyon bo’ladi. Bularga kapital eksporti (importi) hajmi, kapital eksporti-importi saldosi, mamlakatdagi xorijiy kapitalli korxonalar soni, ularda bandlar soni va boshqalar kiradi. Saldodan kelib chiqib, jahon xo’jaligi mamlakatlarini quyidagicha guruhlash mumkin:



  1. Download 4,72 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish