O’zbekiston Respublikasi investitsiya muhitining
imitatsion baholanishi
№
|
BERI indeksi mezonlari
|
Bahosi
|
Salmog’i,%
|
Indeks
|
1
|
Siyosiy barqarorlik
|
4
|
12
|
0,48
|
2.
|
Xorijiy investitsiyalar va foydaga munosabat
|
3
|
6
|
0,18
|
3.
|
Milliylashtirish
|
2
|
6
|
0,12
|
4.
|
Devalvatsiya
|
0
|
6
|
0
|
5.
|
To’lov balansi
|
1
|
6
|
0,006
|
6.
|
Rasmiyatchilik masalalari
|
1
|
4
|
0,04
|
7.
|
Iqtisodiy o’sish sur’atlari
|
1
|
10
|
0,01
|
8.
|
Valyutani konvertirlanganligi
|
1
|
10
|
0,01
|
9.
|
Sharnomani amalga oshirish imkoniyati
|
3
|
6
|
0,18
|
10.
|
Ish haqi va mehnat unumdorligiga xarajatlar
|
2
|
8
|
0,16
|
11.
|
Ekspertlar va marketing xizmatlaridan foydalanish imkoniyati
|
1
|
2
|
0,02
|
12.
|
Aloqa va transportni tashkil etish
|
1
|
4
|
0,04
|
13.
|
Mahalliy boshqaruv va hamkor
|
3
|
4
|
0,12
|
14.
|
Qisqa muddatli kredit
|
1
|
8
|
0,08
|
15.
|
Uzoq muddatli kredit va shaxsiy kapital
|
2
|
8
|
0,16
|
16.
|
JAMI
|
|
100
|
1,61
|
Mamlakat investitsiya muhitini baholashda yana halqaro kredit reytinglaridan ham foydalaniladi. 3-jadvalda. Ular jahondagi o’n bir obro’li agentlik tomonidan ishlab chiqiladi. Ulardan beshtasi – amerika, uchtasi – yapon, ikkitasi – kanada va bittasi angliya agentliklaridir. Bunda bozorning 90% ikki yirik va mashhur amerika kompaniyalariga tegishlidir – Standart and Poor’s Investor Service va Moody’s Investor Service. (3-jadval)
3-jadval
Halqaro kredit reytinglarini tuzishda foydalaniluvchi qimmatbaho qog’ozlarning ishonchliligi klassifikatsiyasi
Reyting belgilari
|
Reyting interpritatsiyasi
|
Standart Poor’s
|
Moody’s
|
|
AAA
|
Aaa
|
O’ta yuqori ishonchlilik. Foizlar va qarzning asosiy summasining to’lanish ehtimoli o’ta yuqori
|
AA
AA
AA
|
Aa1
Aa2
Aa3
|
Yuqori ishonchlilik. Foizlar va qarzning asosiy summasining to’lanish ehtimoli yuqori
|
A
A
A-
|
A1
A2
A3
|
Ishonchlilik o’rtadan yuqori. Emitentning qarzni va foizlarni to’lash imkoniyatlari yuqori, ammo iqtisodiyotni ichki barqarorligiga bog’liq
|
VVV
VVV
VVV-
|
Vaa1
Vaa2
Vaa3
|
Ishonchlilik etarli darajada. Emitentning qarz va foizlarni to’lash imkoniyatlari to’lov vaqtidagi iqtisodiyotning ichki barqarorligiga bog’liq
|
VV
VV
VV-
|
Va1
Va2
Va3
|
Sharoitni ishonchli deb hisoblasa ham bo’ladi, ammo ichki iqtisodiy holatning beqarorligi tufayli doimo to’lamaslik xavfi mavjud
|
V
V
V-
|
V1
V2
V3
|
To’lamaslik havfi yuqori. Emitentning to’lov qobiliyati cheklangan, ammo joriy vaqtdagi majburiyatlarga mos keladi
|
SSS
SSS
SSS-
|
Saa
|
To’lanishi ehtimoli kam yoki to’lanmaydigan majburiyatlar. Emitentning to’lov qobiliyatiga mamlakatning ichki iqtisodiy beqarorligi bilan putur etkazilgan
|
S
|
Sa
|
Umuman to’lanmaydigan majburiyatlar (to’lovlarni muddatini uzaytirish yoki to’lamaslik). Emitent bankrot yoki zarar ko’rmoqda
|
Xorijiy investorlar reytingdagi ma’lumotlardan vaqtni tejash maqsadida keng foydalanadilar. Mamlakatning reytingi yuqori yoki pastligi albatta ahamiyat kasb etadi. Lekin shu reytingga kirishning o’zi ham investorlarda ushbu mamlakatga nisbatan u yoki bu darajada ishonch uyg’otadi.
Qisqa xulosalar
Investitsiya muhiti tushunchasi o’z murakkabligi va mukammalligi jihatidan makro va mikro iqtisodiyot darajasida ko’rib chiqiladi. Makroiqtisodiyot darajasida u kapitalni qabul qiluvchi mamlakatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy holatlarni o’z ichiga oladi.
Mikroiqtisodiyot darajasida investitsiya muhiti bir tomondan investor-firmasi va ikkinchi tomondan xorijiy investitsiyani qabul qiluvchi xo’jalik sub’ektlari, ya’ni sotuvchilar, sotib oluvchilar, banklar hamda kasaba uyushma va boshqa jamoat tashkilotlari o’rtasidagi ikki yoqlama munosabatlarni aks ettiradi.
Tayanch iboralar
Investitsiya muhiti, investitsion tavakkallik, makrodarajadagi muhit, mikrodarajadagi investitsion muhit, siyosiy omil, iqtisodiy omil, ijtimoiy omil, beri indeksi.
Nazorat savollari
1. Investitsiya muhiti nimani anglatadi?
2. Investitsiya muhitiga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
3. Investitsiya muhitini baholashda Beri indeksining ahamiyati nimalardan iborat?
Iqtisodiy omil qanday usullarni o’z ichiga oladi?
Mahalliy ishbilarmonlik muhitini tushuntiring?
Valyuta muomalasini tartibga solishda nimani tushunasiz?
Qimmatli qog’ozlarni turlarga ajrating?
Beri indeksini tushuntirib bering?
Adabiyotlar ro’yxati
1. “Инвестиция фаoлияти тўғрисида”ги Ўзбекистoн Республикасининг 1998 йил 24 декабрдаги Қoнуни. “Сoлиқлар ва бoжхoна хабарлари” газетаси. 1999, 4 сoни. 1-2 б.
2. “Чет эл инвестициялари тўғрисида”ги Ўзбекистoн Республикасининг 1998 йил 30 апрелдаги Қoнуни. -Ўзбекистoннинг янги Қoнунлари.- Сoлиқлар ва бoжхoна хабарлари” газетаси 1998, 19 сoни. 1-2 б.
3. “Тўғридан-тўғри хусусий хoрижий инвестицияларни жалб этишни рағбатлантириш бoрасидаги қўшимча чoра-тадбирлар тўғрисида”ги Ўзбекистoн Республикаси Президентининг Фармoни. 2005 йил 11 апрель. “Халқ сўзи” газетаси 1-2 б.
4. Фархутдинoв И.З. Инвестициoнные правo: учеб-практ. пoсoбие / И.З. Фархутдинoв, В.А. Трапезникoв. – М.: Вoлтерс Клувер, 2006. –332-336 с.
5. Шарп У., Александр Г., Бейли Дж. Инвестиции: Пер. с англ. – М.: ИНФРА-М, 2006. – XII, 882-887 с. 2 экз.
6. Ошибка! Источник ссылки не найден.Ошибка! Источник ссылки не найден. http://www.gov.uz/. -Ўзбекистoн Республикаси ҳукумат сайти;
YI bob. XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISH VA MOLIYALASHTIRISH
6.1. Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va amalga oshirilishi sabablari.
6.2. Bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar.
6.3. Xorijiy investitsiya eksportorlari va importorlari.
6.4. Xalqaro kapitallar migratsiyasi.
6.1. Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va amalga oshirilishi sabablari
Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo’naltirilgan har qanday shakldagi mulkni to’la qonli xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet davlat mulki hisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa, bu xorijiy shaxs mulki hisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo’la olmaydi.
Xalqaro investitsiyalar jahon mamlakatlari o’rtasida harakatda bo’lgan investitsiyalardir. Investitsiyalarni xorijga chiqarish, ularning mamlakatlar o’rtasidagi faol harakati zamonaviy jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ajralib turuvchi xususiyatlariga aylandi. Investitsiyalarni chetga chiqarish jahon xo’jaligidagi tovarlarni chetga chiqarish monopoliyasini tugatdi. Hozirgi vaqtda xalqaro investitsiyalarning o’rtacha yillik o’sish sur’ati 30%dan oshadi. Bu ko’rsatkich jahon savdosi o’sishi sur’atlaridan deyarli 5 marotaba ortiqdir. Xalqaro investitsiyalar o’zida moddiy boylik barpo etish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish, pul va tovar shakllarida jamg’arilgan zaxiralarni mujassamlashtiradi. Ushbu investitsiyalar doimiy ravishda mamlakat ichida bir tarmoqdan boshqasiga, hamda davlatlararo harakatda bo’ladi.
Kompaniyalar va jismoniy shaxslar investitsiya jarayonining ishtirokchilaridir. Ular investitsiya jarayonida ham talab tomonida ham taklif tomonida ishtirok etishlari mumkin.
Xorijiy investitsiyalarning ichki investitsiyalardan farqi shundaki, ularda investor boshqa mamlakat fuqarosi bo’ladi. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra xorijiy investitsiyalar ssuda kapitali (ya’ni qarz va kredit), hamda bevosita va portfel investitsiyalarga bo’linadi. Investitsiyalar nimaga yo’naltirilganligi ular qaysi xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi.
Xorijiy investitsiyalar qo’shma korxonalarda o’z hissasi bilan qatnashib, xorijiy investorlarga to’liq tegishli bo’lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda qatnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaho qog’ozlarni sotib olishi, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga ega bo’lishi, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin.
Xorijiy investitsiyalarga asosan 2 guruh omillar ta’sir ko’rsatadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |