H1 – o’z sarmoyasi va mijozlar mablag’lari o’zaro nisbatining koeffitsienti;
S – investitsiya institutining o’z sarmoyasi;
K – mijozlarning umumiy mablag’lari.
Bir mijoz uchun xatarning eng ko’p miqdori investitsiya institutini o’z mablag’ining bir mijoz tomonidan taqdim etilgan mablag’larning umumiy hajmiga nisbati sifatida quyidagi formula bo’yicha belgilanadi:
S
N2 q ------,
1K
N2 – xatar koeffitsienti;
S – investitsiya institutining o’z sarmoyasi;
1K – bir mijoz tomonidan taqdim ztilgan mablag’lar summasi.
4.2. Investitsiya maslahatchilari
Investitsiya maslahatchisi – maslahat faoliyati bilan shug’ullanuvchi investitsiya institutidir.28 Maslahat faoliyati qimmatli qog’ozlar bozori va uning ishtirokchilari ahvolini tahlil va taxmin qilish, moliyaviy vasitalarni ekspertizadan o’tkazish, ishlab chiqish va tavsiyalar berish bo’yicha xizmatlar ko’rsatishni, qimmatli qog’ozlarni chiqarish, jaylashtirish hamda ularning muomalada bo’lishi, mutaxassislarni qayta tayyorlash, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan investitsiya siyosatini amalga oshirish masalalari bo’yicha maslahat xizmatlari ko’rsatishni nazarda tutadi. Investitsiya institutlarining boshqa turlaridan farqli o’laroq, investitsiya maslahatchisi sifatida yuridik yoki jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin. O’zbekiston qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya maslahatchisi faoliyatining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u imkoniyatli investorga muayyan qimmatli qog’ozlarni xarid qilish yoki sotish bo’yicha tavsiyalar berish huquqiga ega emas, faqatgina unga mustaqil qaror qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborotni berishi mumkin.
Investitsiya maslahatchisi ustav sarmoyasining eng kam miqdori eng kam ish haqining 100 barobariga teng bo’lishi kerak. Investitsiya maslahatchilari uchun iqtisodiy me’yorlar sifatida N1 va N2 koeffitsienti qo’llanilmaydi.
Investitsiya maslahatchilari quyidagi ish turlarini amalga oshiradi: a) aktsiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish hamda qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish kontsentsiyalarini ishlab chiqish, emissiya prospektini tayyorlash, emissiya prospektini davlat tomonidan vakolatlangan organlarda ro’yxatdan o’tkazishga ko’maklashish;
b) davlat korxonalarini aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirish bilan bog’liq ishlarni tayyorlash va ularni amalga oshirish, ta’sis hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni ro’yxatdan o’tkazishga ko’maklashish, qimmatli qog’ozlar nashrini depozitariyda ro’yxatdan o’tkazish, xususiylashtirilayotgan korxonaning aktsiyalashtirish va shunga o’xshash masalalar bo’yicha manfaatlarini davlat boshqaruvining barcha idoralarida ifoda etish;
v) kasbga o’qitish (qimmatli qog’ozlar bozori sohasida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash);
g) emitentlar, investorlar, investitsiya institutlari bo’yicha ma’lumotlar bazasini yaratish, qimmatli qog’ozlar bozorining ishtirokchilariga axborot xizmatlarini ko’rsatish: maxsus byulletenlar, axborotnomalar chiqarish, buyurtma bo’yicha emitentlarning faoliyati, ularning qimmatli qog’ozlari haqidagi axborotni taqdim etish, vositachini tanlash bo’yicha tavsiyalar berish va h.k.
d) mijozning topshirig’iga ko’ra u yoki bu qimmatli qog’ozlarning reklama qilinishini tashkil etish;
e) emitentlar, investitsiya institutlarining fond bozoridagi faoliyati bilan bolg’iq konsalting xizmatlari (kontragentlar, kadrlarni tanlash va joy–joyiga qo’yish, aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazish bo’yicha tavsiyalar berish);
j) qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilariga ushbu bozorga: oid qonun hujjatlari bo’yicha maslahatlar berish;
z) qimmatli qog’ozlarning birja savdolariga kiritilishiga, shu jumladan, listing tadbiridan o’tish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni tayyorlashga yordam ko’rsatish;
i) investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va ularni ekspertizadan o’tkazish;
k) qimmatli qog’ozlar bozoridagi vaziyatni tahlil qilish (narxning vujudga kelishi, bozor kon’yunkturasini taxmin qilish, qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar qilish imkoniyati va h.k.);
l) bitimlarni tuzishda qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilarining manfaatlarini ifoda qilish, kontragentlar o’rtasidagi nizolarni betaraf hakam sifatida bartaraf etish;
m) investitsiyani amalga oshirish uchun emitentni va uning qimmatli qog’ozlarini baholash;
n) sarmoyadorning loyihada ishtirok etishdan bosh tortganligi munosabati bilan investitsiya mablag’larini qaytarish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish.
Mijoz haqida ma’lumotlar olish ham investitsiya maslahatchisining majburiyatiga kiradi. Mijoz taqdim etmoqchi bo’lgan axborotning to’liq va ishonchli bo’lishi ko’p jihatdan uning mazkur axborot boshqa shaxslarning qo’liga o’tmasligiga ishonishiga bog’liq. Aynan shuning uchun qator mamlakatlarning qonuniy hujjatlari maslahatchilarni mijozlarning moliyaviy ahvoli haqidagi maxfiy axborotni oshkor etmaslikka, ulardan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanmaslikka, agar mijoz o’zi haqida hech qanaqa ma’lumotlar bermasa, maslahat xizmati ko’rsatishdan bosh tortishga, ular oldida majburiy tartibda u yoki bu qimmatli qog’ozlarga nisbatan shaxsiy manfaatlarini ochiq–oydin bayon qilishga majbur etadi.
Eng avvalo investitsiya maslahatchisi mijoz investitsiyani amalga oshirish natijasida erishishni mo’ljallayotgan maqsadlarini, ko’zlangan maqsadlarga erishishga undovchi sabablarni, shuningdek, omonatchi yo’l qo’yishga tayyor bo’lgan xatar darajasini to’liq asnoda o’ziga tasavvur qilishi kerak.
Asosiy investitsiya maqsadlari quyidagilardan iborat:
omonatlarni qadrsizlanishdan eng ishonchli tarzda himoyalash;
yuqori joriy daromadni olish;
uzoq kelajakni mo’ljallagan holda mablag’larni foydali joylashtirishga intilish;
qisqa muddatda qo’yilgan mablag’larning maksimal darajada o’sishiga erishishga urinib ko’rish;
yuqorida sanab o’tilgan maqsadlarga turli uyg’unliklar bilan bir vaqtning o’zida erishish istagi.
Mijozni ma’lum investitsiya maqsadiga erishishga intilishini ta’minlovchi sabablar turlicha va ular bir qancha o’ziga xos sharoitlarga bog’liq. Biroq bu erda, yuqorida ta’kidlanganidek, mijozlarning yoshiga xos xususiyatlarini, ularning harakatchanligi, moddiy ahvoli, ijtimoiy maqomi hamda boshqa bir qancha omillarni inobatga olgan holda muayyan qonuniyatni kuzatish mumkin.
Investitsiyalashning natijalari ularning xatarlilik darajasi bilan bog’liq. Shuning uchun investitsiya maslahatchisi mijoz o’zi uchun mumkin, deb qabul qiladigan barcha xatarlarni inobatga olishi zarur. Investitsiyalashdagi asosiy xatarlar quyidagilar yuz berishi ehtimoli bilan bog’liq:
qo’yilgan barcha mablag’larning to’liq yo’qotilishi;
omonatlarning ma’lum qismining yo’qotilishi;
qimmatli qog’ozlarning nominal qiymati saqlanib qolgan holda ularga sarflangan mablag’larning qadrsizlanishi;
qo’yilgan mablag’lar bo’yicha kutilayotgan daromadning to’liq yoki qisman to’lanmasligi;
daromadlarni olishning kechiktirilishi.
G’arb mamlakatlarida o’tkazilgan qator tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, odamlarning tavakkal qilishga bo’lgan istagi uchta asosiy omil bilan belgilanadi: xarakterining o’ziga xos xususiyatlari, yoshi va moddiy ahvoli.
Investitsiya maqsadlari aniqlab olinganidan keyin maslahatchi ularni amalga oshirishning eng samarali yo’lini belgilab olishi lozim. Buning uchun avvalo mijozning moliyaviy ahvoli haqida axborot olishi kerak. Mijoz fond bozori vositalariga joylashtirish uchun ajratishi mumkin bo’lgan resurslarning hajmi belgilanib, summaning vaqt bo’yicha bo’linishi amalga oshirilganidan so’ng maslahatchi katta investitsion rejani tuzishga hamda omonat va jamg’armalarni joylashtirishning mijoz uchun maqbul bo’lgan yo’nalishlarni aniqlashga kirishadi.
Investitsiya strategiyasi va usullarini ishlab chiqishda investitsiya maslahatchilari investitsiyalarning kelajakdagi qiymatini baholashning turli xil usullaridan foydalanishadi, fond bozorining qaysidir sohasidagi ishlar ahvolini chuqur va har tomonlama aniqlab olish imkonini beruvchi asosiy tahlil qilishga kirishadi, yoki bozor kon’yunkturasining o’zgarishini ta’minlash imkonini beruvchi texnik jihatdan tahlil qilish usullariga suyanadi. Investitsiya maslahatchisining faoliyati mamlakatimiz fond bozorining xalqaro fond bozoriga integratsiyalashuvi sharoitlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda mamlakatimiz investitsiya maslahatchilari turli faoliyag turlari tutashgan joyda ish olib borishadi, bular quyidagilar: bevosita investitsiya maslahati, mol-mulkni, qimmatli qog’ozlar qiymatini baholash, O’zbekiston korxonalarining buxgalterlik balansi va moliyaviy hisobotlari ko’rsatkichlarini xorijiy investorlar uchun tushunarli shaklga keltirish, yuridik xususiyatli xizmatlarni ko’rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |