Investitsiya siyosatini amalga oshirishda maqsadli davlat investitsiya dasturlarining o’rni


Xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning jahon tajribasi



Download 4,72 Mb.
bet19/49
Sana10.07.2022
Hajmi4,72 Mb.
#769281
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
Bog'liq
Investitsiya siyosatini va kapital qo\'yilmalar

3.4. Xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning jahon tajribasi

Rivojlangan mamlakatlar xalqaro kapital harakatini asosan kapital eksporti-importini milliy va xalqaro darajada rag’batlantirish orqali amalga oshiradilar. Kapitalning qarzlar, portfel investitsiyalar va boshqalar shaklida harakat qilishi borasidagi davlat siyosati uning harakatidagi barcha cheklashlarni olib tashlash maqsadida olib boriladi. BXIlarga nisbatan davlat har qanday cheklashlarni amalga oshirish huquqini o’z zimmasida qoldiradi, chunki bu milliy iqtisodiy havfsizlik bilan bog’liq. Shunisi xarakterliki, kapitalni chetga chiqarish uni jalb qilishga nisbatan kam darajada tartibga solinib turiladi.

Davlat tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi:

  1. moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar berish; kreditlarni sug’urtalash va kafolatlash;


  1. nomoliyaviy: er uchastkalari ajratish; zaruriy infrastruktura bilan ta’minlash; texnik yordam ko’rsatish.


Bu borada yirik kapital eksporteri-importeri bo’lmish AQSH tajribasi juda muhimdir. AQSHning BXIlarni tartibga solish siyosati ikki darajada amalga oshiriladi: federal, hamda mahalliy (shtatlar, okruglar, shaharlar). Federal tartibga solish deganda xorijiy investitsiyalarga nisbatan cheklashlar tushuniladi. Bunda milliy havfsizlik masalasi birinchi o’ringa ko’tariladi. AQSH prezidenti amerika firmalarining qo’shilishi, yutilib ketilishi va sotib olinishi jarayonlarini (agar bunda firma faoliyati ustidan nazorat xorijiy investor qo’liga o’tsa) to’xtatib qo’yish huquqiga ega.

Mahalliy darajada sug’urta biznesi va qishloq xo’jaligi erlarini sotishni tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Trestlarga qarshi qonunlarni davlat organlari tomonidan qo’llanilishi ham katta ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda mahalliy ma’muriyatning xorijiy investorlar faoliyatini tartibga solish imkoniyatlari katta emas. Investitsiyalarni rag’batlantirish tajribasi ko’proqdir. AQSHga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning muhim mexanizmlaridan biri–xorijdagi vakolatxonalardir. Ular investitsiyalarni u yoki bu shtatga jalb etilishiga ko’maklashadilar (Yaponiyaning o’zida shunday vakolatxonalardan 40 tasi faoliyat ko’rsatmoqda).

AQSHning alohida shtatlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish dasturi quyidagilarni o’z ichiga oladi: soliq imtiyozlari; korxonani qurayotgan yoki modernizatsiyalashtirayotgan xorijiy investor uchun bozordagi stavkalardan pastroq darajada qarzlar va subsidiyalar ajratish; kasbga o’qitish va bandlikka ko’maklashish; transport tarmog’ini takomillashtirish; er uchastkasining qurilishi uchun tayyorlash; tekinga foydalanish uchun er uchastkasini ajratish va boshqalar.

Halqaro investitsiyalarni tartibga solish bo’yicha muhim amaliy hujjatlardan biri–Osiyo-Tinch okeani hamkorligi tashkiloti doirasida ishlab chiqilgan xorijiy investitsiyalarning “ko’ngilli kodeksi”dir. Kelajakda Umumjahon savdo tashkiloti (UST) tomonidan foydalanilishi mumkin bo’lgan ushbu “kodeks” da quyidagi investitsion tamoyillar qayd etilgan:

  1. transparentlik;


  1. donor-mamlakatlarga nodiskriminatsion yondashuv;


  1. xorijiy investorlar uchun milliy rejim;


  1. investitsion rag’batlarni sog’liqni saqlash, havfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash bilan mos tushishi;


  1. savdoni va kapital qo’yilmalar o’sishini chegaralovchi investitsiyalarga bo’lgan cheklovlarni minimallashtirish;


  1. investitsiyalarni ekspropriatsiya qilinishidan voz kechish (bunda ijtimoiy maqsadlar uchun va milliy qonunchilik doirasida, nodiskriminatsiya asosida, xalqaro huquq qoidalariga amal qilgan holda va etarli va samarali kompensatsiya to’lanishi sharti bilan ekspropriatsiya amalga oshirilishi mumkin);


  1. ro’yxatdan o’tkazilish va konvertatsiyalashuvning ta’minlanishi;


  1. kapitalni olib chiqishdagi to’siqlarni yo’qotish;


  1. ikki marotaba soliqqa tortishni bekor qilish;


  1. retsipient mamlakatning milliy qonunchiligiga, ma’muriy tartib va qoidalariga xorijiy investorning amal qilishi;


  1. investitsion loyihani amalga oshirish bilan bog’liq xorijiy mutaxassislarni mamlakatdan chiqishiga va vaqtincha tashrif buyurishiga ruxsat berish;


  1. maslahatlar va muzokara yoki arbitraj yordamida kelishmovchiliklarni bartaraf etish.


Xorijiy investitsiyani o’z iqtisodiyotiga jalb etayotgan har bir davlat xorijlik sheriklariga huquqiy va tashkiliy kafolatlar yaratib beradi. Bu jarayon jahon tajribasida sinovdan ijobiy ravishda o’tgan. O’zbekiston Respublikasi xorijiy investitsiyalar to’g’risidagi qonunining 11- moddasida shunday yozilgan: Respublika hududida o’z investitsiya faoliyatini olib borayotgan xorijiy investorlar huquqlarining himoyasini O’zbekiston Respublikasi kafolatlaydi. Bu kafolat albatta, xalqaro huquq normalari asosida beriladi. Agar O’zbekistonning yangi qabul qilingan qonunchiligi investitsiya sharoitlarini yomonlashtirsa, o’n yilgacha xorijiy investitsiyalar ular jalb qilingan davrda qabul qilingan qonunchilik shartlari saqlanib qoladi. Bu talab mudofaa, milliy havfsizlik, jamoat tartibini saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog’liq qonunchilikni o’zgartirmaydi. O’zbekiston Respublikasi davlat organlari xorijiy investorlarning huquqlariga putur etkazadigan huquqiy normativlarni qabul qilgan taqdirda, investorlarga etkazilgan zarar shu organlardan sud orqali undiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini amalga oshirishda dunyoning 25 dan ortiq mamlakatlari ishtirok etmoqda. Investitsiyalarni jalb etish vazifasini davlatimiz ko’p ukladli bozor iqtisodiyotini yaratish va rivojlantirish asosida xaqiqiy mulkdorlarni shakllantirish bilan bog’laydi.



Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish