1)risklarni diversifikatsiyalash;
2) risklarni sug`urtalash;
3) risklarni loyiha qatnashchilari o`rtasida taqsimlash;
4) risklar uchun moliyaviy zahiralar ajratish.
5) qo`shimcha ma`lumotlar va axborotlarga ega bo`lish.
Risklarni diversifikatsiyalash - bir-biriga bog`liq bo`lmagan turli xil faoliyatlar o`rtasida risklarni taqsimlash hisoblanadi. Diversifikatsiya turli xil faoliyatlar o`rtasida investitsiyalarni taqsimlash asosida riskning bir qismidan qutulish imkonini beradi (investitsiya portfelini shakllantirish).
Investitsiya loyihasi riski va u bilan bog`liq yo`qotishlar ehtimolini aniqlashning bir necha usullari mavjud.
Ob`ektiv usul, bu loyihada bo`lish ehtimoli bo`lgan yo`qotishlar va ularning davr oralig`ini aniqligidir.
Bu oraliqni aniqlash risk darajasini kamaytirishga yordam beradi. Yo`qotishlar oralig`ini quyidagi formula bilan aniqlanadi: