O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qayta taxrirdagi qonunida investitsiyaga quyidagicha ta rif berilgan: “Investitsiya – iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritilgan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir xuquqlar” sifatida ta’riflanadi.Shunday qilib, “Investitsiya” deganda kelgusida daromad (foyda) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida qonun doirasida iqtisodiyotning turli tarmog’lari va boshqa sohalariga investorlar tomonidan qo’yiladagan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intekllektual boyliklar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |