“Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari va uni optimallashtirish masalalari” mavzusida savol-javoblar. 1.Investitsion loyihalarni moliyalashtrish manbalariga qaysilarni kiritsak boʻladi?
J:Investorning oʻz moliyaviy resurslari, investorning qarzga olgan mablagʻlari, investorning jalb qilgan moliyaviy resurslari, noananaviy moliyalashtrish(sindikatli kreditlash, seleng , vaucherli moliyalashtrish va boshqalar)
2. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash qanday usullarda amalga oshiriladi?ʼ
J: imtiyozlar va preferensiyalar qoʻllash;
3. Investorning qarz mablag‘lari tarkibiga nimalar kiritish mumkin?
J: Bank krediti, byudjet krediti,va obligatsiya bo‘yicha qarzlar.
4. Investorning oʻz moliyaviy resurslari tarkibiga nimalarni misol keltirsak boʻladi?
J: Investorning oʻz moliyaviy resurslari tarkibiga foyda, amortizatsiya ajratmalari va maxsus zahira fondlarini misol keltirsak boʻladi.
5. Jalb qilingan moliyaviy resurslari bu?
J: Aksiyalarni sotish, mehnat jamoasining pay va boshqa ko‘rinishdagi badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa badallari.
6. Chet el investitsiyalari qay holda jalb qilish mumkin?
J: Chet el investitsiyalarini chet el kreditlari, to‘g‘ridan – to‘g‘ri chet el investitsiyasi, qo‘shma korxonalar ko‘rinishida jalb qilish mumkin.
7. Lizing va seleng koʻrinishdagi moliyalashtrish qanday holda amalga oshiriladi?
J: Lizing va seleng bu — investitsion loyihalarni moliyalashtirishning bir turi bo‘lib, asbob-uskuna, transport vositalari, bino va inshootlarni ijariga yoki intellektual mulkdan foydalanish huquqini berish tushiniladi.
8. Foydani investitsiyalarni moliyalashtirish manbai sifatida qarar ekanmiz balans va sof foydalarning tarkibiy qismi qanday?
J: Korxonaning balans foydasi (Fb) quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
Fb= Fs+Fm+(Db-Xb)
Bu yerda:
Fs – mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushgan foyda;
Fm – korxona mulkini sotishdan tushgan foyda;
Db – boshqa operatsiyalardan tushgan daromad;
Xb – boshqa operatsiyalar bo‘yicha harajatlar.
Fs=Fb-Sf
Bu yerda:
Fb – balans foyda;
Sf – foyda solig‘i va boshqa majburiy to‘lovlar.
9. Amortizatsiya ajratmalari investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbai sifatida foydalnar ekanmiz Amortizatsiyaga qanday tarif berish mumkin?
J:Amortizatsiya – asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni normativ xizmati muddati davomida qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o‘tkazib borish jarayonidir.
10. Investitsiya loyihalarini venchurli moliyalashtirish qanday amalga oshiriladi?
J: Venchurli moliyalashtirish – yuqori risk holatida moliyalashtirish hisoblanadi. Venchurli moliyalashtirish, asosan, zamonaviy texnika, texnologiya va yangi turdagi ishlab chiqarishlarga joylashtiriladi.
11. Rossiyalik iqtisodchi olim I.Mazurning “Upravleniye proyektami” kitobida loyihaviy moliyalashtirishga qanday tariflgan?
J: “loyihaviy moliyalashtirish – bu investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida moliyaviy resurslarni kredit ko‘rinishida taqdim etishdir”, deb ta’rif berilgan.
12. D.Morozovning fikricha , loyihaviy moliyalashtirish bu?
J:“loyihaviy moliyalashtirish – bu loyihani turli shakllarda kreditlashdir, bunda kreditlarning qaytarilishi ta’minoti loyihadan keladigan daromadlardir”, degan fikr ilgari surilgan.
13. Loyihaviy moliyalashtirishda investitsion loyihalarning ko‘plab xususiyatlari mavjud bo‘lib, ularning asosiylariga misollar keltiring?
J: qiymati yuqori bo‘ladi; loyiha ishtirokchilarini ko‘pligi; ko‘pincha risklarni barcha turlari uchraydi (tizimli va tizimsiz); loyiha ishga tushadigan joylarini ajratilishi va shu sababli infratuzilmani rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha harajatlarning kiritilishi; davlat yoki mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy holatiga ta’siri.
14. Loyihani amalga oshirishda kimlar ishtrok etadi?
J: loyiha tashabbuskori; loyiha kompaniyasi maslahatchilar; pudratchilar (bosh pudratchi, subpudratchi); uskunani yetkazib beruvchilar; sug‘urta kompaniyalari va kafolatchi banklar; kreditorlar (banklar)va h.k.
15. Kreditorlar loyihaning iqtisodiy sezgirligini jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan qanday koeffitsientlar yardamida aniqlash mumkin?
J: Sof qoplash koeffitsiyenti (NPV Coerage Ratio) va Umumiy qoplash koeffitsiyenti (Annual Coerage Ratio) kabi ko‘rsatkichlar orqali aniqlashlari mumkin.