Invariantlar



Download 314,53 Kb.
bet1/9
Sana01.06.2022
Hajmi314,53 Kb.
#624062
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
invariantlar yordamida ikkinchi tartibli egri chiziq tenglamasini231


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI


ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
Matematika kafedrasi Qo’lyozma huquqida MAMIROVA DILDORA
INVARIANTLAR YORDAMIDA IKKINCHI TARTIBLI EGRI CHIZIQ TENGLAMASINI SODDALASHTIRISH”
5130100 – matematika yo’nalishi bo’yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan



Ilmiy rahbari: f.m.f.n:AZIMOV.R.K




ANDIJON-2015




R E J A:
  1. KIRISH 2





  1. ASOSIY QISM 5



I bob. Ikkinchi tartibli egri chiziqning kanonik tenglamalari


1.1-§. Chiziq haqida tushuncha 6

1.2-§. Ikkinchi tartibli egri chiziqning kanonik tenglamalari 8




II bob. Ikkinchi tartibli egri chiziq tenglamasini soddalashtirish 10
2.1-§. Ikkinchi tartibli egri chiziqning invariantlari 20
2.2-§. Invariantlar yordamida ikkinchi tartibli egri chiziq tenglamasini soddalashtirish 30

  1. XULOSA 50



  1. Foydalanilgan adabiyotlar 53


Kirish.

“Ilm – fan taraqqiyoti biz uchun eng ustuvor sohalardan biridir”




    1. A. Karimov


Respublikamizda ta'lim va tarbiya sohasidagi islohotlar bugungi dolzarb, ertangi taqdirmizni hal qiluvchi muammoga aylanmoqda. Jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlar rejasining samarali taqdiri – bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutahassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liq.


Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo'lidagi birinchi qadamidanoq ma'naviyatimizni yuksaltirish, ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, unuing milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berilmoqda.
Mustaqil O'zbekiston o'z xalqi tanlab olgan yo'l – ochiq, erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan odil jamiyat, kuchli demokratik huquqiy davlat qurish yo'lidan bosqichma-bosqich olg'a bormoqda. Davlatimiz oldida turgan g'oyatda muhim vazifalar – mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan isloh qilish, iqtisodiy munosabatlarni demokratiyalash, kelajak poydevori bo'lmish yuksak ma'naviyatimizni rivojlantirishdan, ta'lim-tarbiya tizimi shakli va mazmunini tubdan isloh qilib o'zgartirish, uni yangi zamon darajasiga ko'tarishdan iborat. Buning uchun muqaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson Vatan istiqboli, uning ravnaqi va kelajagi uchun kurashishi lozim. Mustaqil mamlakatimizga mustaqil fikrlaydigan ijodkor kadrlar zarur.
Mustaqil fikrlaydigan, o'z bilimlarini hayotga tadbiq eta oladigan ijodkor kadrlarni tayyorlash maktabdan boshlanadi. Lekin Prezident I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, «O'qituvchi va o'quvchi mimosabatlaridagi majburiy
itoatkorlik o'rninini ongli intizom egallashi juda qiyin kechayapti. O'qituvchining
bosh vazifasi o'quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko'pincha yaxshi tushunamiz, lekin, afsuski, amalda tajribamizda unga rioya qilmaymiz»
Huquqiy demokratik davlatda o'quvchilar, umuman olganda har bir jamiyat a'zosi erkin fikrlaydigan qilib tarbiyalanadi. Zero, «Agar bolalar erkin fikrlashni o'rganmasa, berilgan ta'lim samarasi past bo'lishi muqarrar.Albatta, bilim kerak.Ammo bilim o'z yo'liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir»
Darhaqiqat, bugungi bozor iqtisodiga o'tish jarayonida yaxshi kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lgan, mustaqil fikrlaydigan yoshlarga ehtiyoj sezilmoqda. Bizning tadqiqotimizda maktab o'quvchilarining mustaqil fikr yuritib, olgan nazariy bilimlarini kelgusi hayotga tadbiq qila oladigan darajadagi ta'lim berishning jihatlari qarab chiqildi.
Matematika o'quv fani sifatida, o'quvchilarning tadqiqiy ko'nikmalarini shakillantirishda alohida xususiyatga ega. Har bir matematikning faoliyati masala yechishga keltiriladi va barcha nostandart masalalarni yechish va tadqiqiy faoliyat hisoblanadi.
Hozirgi zamon matematikning amaliy faoliyatga chuqur kirib borishi, uni fan-tehnika va iqtisodda qo'llanishi bilan xarakterlanadi. Boshqacha aytganda, matematika amaliy masalalarni yechishda metodalogik asos bo'lib qoldi.Shu bilan birga masalalar yechishda matematikadan tadqiqiy ko'nikma va malakalarni shakllantirmasdan turib, foydalanish mutlaqo mumkin emas. Tadqiqiy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar matematikaning nazariy qurilishi bilan uning amaliy muamolarini bog'laydi. Matematik tushunchalarning asosiy negzini tasvirlaydi, amaliy masalalarni yechishda matematikani qo'llash vositasi bo'lib hizmat qiladi. Bu esa, hozirgi paytda tadqiqiy ko'nikmalarning ummumta'lim va umummadaniy qimmatga ega ekanligini ko'rsatadi.
Jamiyatimizning tez sur'artlar bilan rivojlanishi, xalqimizning milliy qadriyatlari, an'analarining tiklanishi, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarning
takomillashishi xalq ta'limi tizimiga murakkab vazifalarni yukladi. Davlat rahbariyatining tinimsiz g'amxo'rligi va fidoiyligi, xalq ta'limi tizimidagi qayta qurishlar va o'zgarishlar ham izlanishlarimizning izchilligidan dalolat berib turadi. Shu bilan birga jamiyatimizning rivojlanishini, siyosiy tizim barqarorligi hamda bozor iqtisodiyotiga o'tishning boshqarib borilishi, xalqimizning ma'naviy va ma'rifiy saviyasi madaniyatning rivojlanishi, hozirgi kunda matematika ta'limiga bo'lgan talab va ehtiyojning kundan- kunga orib borishi noan'anaviy shakldagi talablarni o'qitish tizimi oldiga asosiy maqsad qilib qo'yadi.
Bugun ana shunday mushtarak maqsadlarimizni amalga oshirish, mustahkam qaror toptirish va rivojlantirish uchun istiqlol sharofati tufayli qulay muhit yaratdi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish,ikki bob va to’rtta paragrafdan iborat bo’lib,birinchi va ikkinchi paragraflarida chiziq hamda ikkinchi tartibli egri chiziqlarni kanonik tenglamalari o’rganilgan.
Ikkinchi bobni birinchi paragrafida ikkinchi tartibli egri chiziqni invariantlari haqida ma’lumotlar keltirilib,bu invariantlar uchun formulalar keltirib chiqarilgan.Ikkinchi paragrafida esa ikkinchi tartibli egri chiziq tenglamalari invariantlar yordamida soddalashtirilib tenglama koeffitsientlari invariantlar orqali ifodalangan.
Har bir paragraf oxirlarida mavzularga doir misollar keltirilib ularni yechish usullari ko’rsatilgan.


Download 314,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish