Internet to‘lov tizimlari va ularning asosiy turlari reja



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana12.02.2022
Hajmi0,75 Mb.
#445123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Elektron to\'lov tizimlari (1)

1.
 
Mumkin bo‘lgan to‘lovlar summasi bir dollardan bir necha ming 
dollargacha bo‘lgan etarlicha tor diapazonda bo‘ladi, shuning uchun mikro 
to‘lovlar uchun (tsent ulushidan bar necha dollargacha) boshqa turdagi 
vositalar talab qilinadi. 
2.
 
To‘lovlarni 
olib 
borish 
(avtorlashtirish) 
uchun 
talab 
qilinadigan vaqt ba’zan juda ham kattalashib ketadi. 
3.
 
Kartochka 
tizimida 
sotuvchi 
va 
xaridor 
teng 
huquqli 
emas. 
Xususan, kartochkalarning oddiy foydalanuvchilari o‘z kartochka hisob- 
raqamidagi pullarni olishiga imkon yo‘q. Bu o‘z mijozlariga yutuqlarini to‘lashi 
lozim bo‘ladigan virtual xazina, lotoreya va shu kabilarni tashkil qilishda 
qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. 
Elektron naqd pullar bunday kamchiliklardan holidir va shuning uchun plastik 
kartochkalar asosidagi to‘lov tizimlariga nisbatan tabiiy raqobatchilikni vujudga 
keltirishi mumkin. 
WebMoney Transfer raqamli naqd pullardan foydalanuvchi to‘lov tizimidir. 
WebMoney tizimi internet tarmog‘idagi har qanday foydalanuvchiga real 
vaqtda xavfsiz bo‘lgan naqd to‘lovlar va hisob kitoblarni WebMoney (WM) deb 
nomlanuvchi elektron naqd pullardan foydalanish orqali amalga oshirishni taqdim 
etadi. 
Tizimning mijozlari mahsulot va xizmatlarni sotuvchilar, xaridorlardan 
iborat. Bu bir tomondan, internet-do‘konlar, ikkinchi tomondan, hisob-kitoblar 
an’anaviy usullari, masalan, internetning kredit kartochkalaridan foydalanishga 
imkoniyati yo‘q yoki xohlamaydigan har qanday foydalanuvchisi bo‘lishi mumkin. 
Tizim doirasida AQSh dollari asosida hisob-kitob qililadigan WM-shartli pul 
birligidan kreditlash va to‘lovlarning universal vositasi sifatida foydalaniladi. 
WM-pul birligi internetdagi hisob kitoblar uchun foydalaniladigan AQSh dollari va 
boshqa valyutalarga nisbatan to‘liq konvertatsiya qilingan bo‘ladi. WebMoney 
Keeper mijoz dasturiy ta’minoti tizimga mijoz sifatida a’zo bo‘lishga imkon beradi. 
WebMoney Keeper dasturi yordamida anonim holda tizimning boshqa mijozlari 
bilan hisob-kitoblarni WMda bir lahzada amalga oshirish, WMni o‘zining 
bankdagi hisob-raqamiga o‘tkazish, internet tarmog‘ida mahsulot va xizmatlarga 
to‘lash, 
shuningdek, 
Web-Money 
Keeper 
dasturiga 
qurilgan 
xabarlar 
ayirboshlashning himoyalangan tizimi orqali ehtimol qilinayotgan hamkorlar bilan 
savdo bitimlarini muhokama qilish mumkin. 
WebMoney tizimi ishtirokchisi bo‘lish uchun qo‘yidagilar etarlidir: 


1.
Hamma foydalanuvchilar uchun: WebMoney Keeper dasturini 
chiqarib olish va installyatsiya qilish. 
2.
Xaridor 
uchun: 
ixtiyoriy 
bank 
hisob 
raqamidagi 
pul 
mablag‘larini WMra konvertatsiya qilib, o‘z navbatida uni «Hamyonlar» 
tizimidagi maxsus hisob raqamiga o‘tqazish. 
3.
Sotuvchilar uchun: sotilayotgan mahsulot va xizmachlar hisobiga 
WMlap kelib tushadigan manzilda maxsus «Hamyon» hisob-raqamlarini bepul 
ochish. Internet-do‘konlarni WMda hisob-kitob yuritishlar uchun sozlash. 
WebMoney Transfer tizimi doirasida WM pullarni xizmat va mahsulotlarga 
to‘lov sifatida qabul qiladigan ixtiyoriy do‘konda sarflash mumkin. Buning uchun 
unda avvaldan o‘zining maxsus hisob-raqamlarini ochish yoki kredit kartochka 
raqamini uzatish shart emas. WM to‘laqonli va ekvivalent pul qiymatiga ega 
bo‘lganligidan to‘lovlar amalga oshirilishi bilan WebMoney Transfer tizimidagi 
internet-do‘konlar shu zahotiyoq mahsulotlar va xizmatlarni etkazib berishni 
ta’miilaydi. 
WM pullar ixtiyoriy lahzada naqd bo‘lmagan to‘lovlar yo‘li bilan har qanday 
ko‘rsatilgan hisob-raqamiga AQSh dollari yoki har qanday valyutaga almashtirilgan 
holda kelib tushadi. 
Xavfsizlikni ta’minlashning WebMoney Transferda qo‘llanilgan ba’zi bir 
usullarini batafsil ko‘rib chiqamiz: 
1.
WebMoney 
Keeper 
dasturiga 
kirish 
uchun 
foydalanuvchining 
unikal 
13-qiymatli 
identifikatsiya 
raqami, 
uning 
shaxsiy 
paroli, 
shuningdek, kompyuter hotirasidagi mahfiy kalitlar va hamyonlar bo‘lgan fayllarni 
joylashgan joyini bilish zarur bo‘ladi. 
2.
Tizimdagi 
barcha 
axborotlar 
axborotlarni 
himoya 
qilshning 
kalit uzunligi 1024 bit bo‘lgan, RSAra o‘xshash algoritmdan foydalanilgan holda 
kodlashtirilgan ko‘rinishda uzatiladi. Har bir seans uchun unikal seans kalitidan 
foydalaniladi. Shuning uchun seans vaqtida (transaktsiyalarni amalga oshirish vaqti) 
foydalanuvchining o‘zidan boshqa hech kim to‘lovni nimaga tayinlanganligi va uning 
summasini bilish imkoniyatiga ega emas. 
To‘lov tizimlari orasida internet-banking vazifalarini bajaruvchi, ya’ni, internet 
tarmog‘i orqali bank operatsiyalarini olib borishga imkon beradigan tizimlar alohida 
guruhni tashkil qiladi. Ular orqali amalga oshirish mumkin bo‘lgan operatsiyalar o‘z 
ichiga amaliy jihatdan amalga oshirilgan operatsiyalardan ko‘chirma olish bilan bank 
hisob raqamlarini boshqarishda to‘liq xizmatlar to‘plamini oladi. 
«Uy banki» tizimi xususiy shaxslarni real bankdagi hisob-raqamlarini 
internet tarmog‘i orqali boshqarish uchun mo‘ljallangan «Uy banki» o‘z 
foydalanuvchilariga real vaqt tartibida va planetaning ixtiyoriy nuqtasidan tunu-kun 
to‘laqonli bank servis xizmatlarini taqdim etiladi. «Uy banki» real vaqt tartibida 
internet tarmoqi orqali bir qancha operatsiyalarni amalga oshirishga imkon 
beradi. 
Adapter kompyuterga LPT yoki COM portlari orqali ulanadi. Hotira kaliti 
elementi (Touch memory) foydalanuvchining unikal kalitlarini ifoda qiladi va «Uy 
banki» tizimida mijozni ro‘yxatga olish raqami hisoblanadi. Tizimda har qanday 
operatsiyani amalga oshirish vaqtida bu jarayonni hotira kaliti elementi va parol 


bilan tasdiqlash lozim bo‘ladi. «Uy banki» dasturiy komponenti Microsoft Internet 
Explorer 5 uchun modul ko‘rinishida bajarilgan bo‘lib, qurilma bilan birga taqdim 
etiladi. 
Internet-banking vazifalarini bajaruvchi ikkinchi tizim «Telebank» deb 
nomlanib, bu tizim xususiy shaxslarga masofadan turib bank xizmatlarini 
ko‘rsatilishiga imkon beradi. Operatsiyalar uzluksiz va internet yoki telefon orqali 
ixtiyoriy joydan amalga oshiriladi. 
Mijoz to‘lovni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi chiptani, shuningdek, 
hisob-raqami bo‘yicha barcha ko‘chirmalarni internet orqali avtomatlashtirilgan 
tartibda faks yordamida yoki bevosita bankning ofisidan olish mumkin. 
Rossiyaning «Rapida» to‘lov tizimi 2001 yil ssntyabrda bozorga kirib kelgan 
bo‘lib, moliyaviy institutlarning naqd bo‘lmagan masofaviy hisob kitoblari 
an’anaviy amaliyotini oxirgi yuqori texnologik yutuqlar bilan birgalikda olib 
boradigan yangi avlodi hisoblanadi. 
O‘zining hisob-raqamlarini masofadan turib boshqarish g‘oyasi foydalanish 
uchun etarlicha jozibalidir o‘z mablag‘larini kafolatlangan xavfsiz joyda saqlash va 
shu bilan bir vaqtda saqlanish joyidan qanchalik uzoq bo‘lmasin xohlagan vaqtda 
undan foydalanish mumkin. 
Avtomatlashtirilgan masofaviy hisob -kitoblar g‘oyasini O‘zbekistonda 
qo‘llanishi bir muncha kechiqmoqda. Buni iqtisodiyotni tubdan qayta 
qurilayotganligi, aholi asosiy qismining daromadlarini past darajadaligi va bank 
tizimiga bo‘lgan ishonchsizlik bilan izohlash mumkim. Shunga qaramay, keyingi 
vaqtlarda masofaviy hisob-kitoblarning plastik kartochkalar kabi instrumentlarini 
keng ommalashib borayotganligi kuzatilmoqda. Ularga bo‘lgan ob’ektiv talab 
yuqori bo‘lsada, undan aholining juda ham kichiq qismi foydalanmoqda 
kimlargadir kartochka tizimi murakkab tuyulsa, boshqalarini unga ko‘rsatiladigan 
xizmatlap bahosi cho‘chitadi. 
«Rapida» to‘lov tizimidagi barcha hisob-kitoblar nobank kredit tashkilot 
bo‘lgan «Banklararo elektron hisob-kitoblar palatasi»ning (BEHP NKT) hisob-
kitob markazi orqali amalga oshirilib, bu tashkilot chet el valyutalarida hisob-
kitoblarni olib boorish litsenziyasiga ham ega. Bundan tashqari hisob-kitob 
markazining vazifalariga tizimining to‘lov instrumentlari «Rapida» plastik 
kartochkalarining emissiyasi ham kiradi. 
Bank bu tizimga a’zo bo‘lib kirar ekan, BEHP MKTda o‘z 
korrespondentlik hisob-raqamini ochadi va undan «Rapida» to‘lov tizimidagi 
banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda, bankning ko‘rsatmasiga asosan 
boshqa har qanday to‘lovlarni amalga oshirish uchui hamfoydalanilib, bank 
korrespondentlik hisob-raqamidagi pul mablag‘lari qoldiqlarini o‘z mijozlarining 
talablaridan kelib chiqib mustqil holda tartibga soladi. 
To‘lovchi «Rapida» to‘lov tizimining o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishinterfeysidan 
foydalanib tizim protsessing-markazining elektron raqamli imzosi qo‘yilgan 
elektron hujjatga qayta shakllanadigan to‘lov instruktsiyasini shakllantiradi va bu 
hujjat avtorlashtirish uchun bank ABTga uzatiladi. 
Protsessing 
markaz 
bilan 
birlashish 
jarayonida 
oddiylikni
ta’minlash maqsadida maxsus formatlangan xabarlar protokoli ishlab 


chiqilgan. Formatlangan xabarlar protokoli o‘z ichiga nafaqat hisob- 
kitoblar uchun instruktsiyalar, agarda ABT quvvatlasa bankni xohishiga ko‘ra 
hisob-raqamlarini boshqarishda foydalanish mumkin bo‘lgan instruktsiyalarni ham 
oladi. Bunday hisob-kitoblar turining yctunligi protsessing markazga ulanishning 
kam xarajatliligi bo‘lib, bu asosan 75 AQSh dollari bahosidagi kriptografik dasturiy 
ta’minot majmualarini sotib olish bilan amalga oshiriladi. Shuning bilan birga, bu 
tizim har qanday turdagi ABT bilan qo‘shilib ketish qobiliyatiga ega. 
Tabiiy holda, kartochka tizimi boshidanoq mablag‘larni ro‘yxatdan chiqarish 
so‘rovlarini tezkor avtorlashtirish uchun mo‘ljallanganligi muhim omil 
hisoblanadi. Bunday holda, kartochka tizimini protsessini markazi bilan 
birlashtirish uchun formatlangan xabarlar protokolini kartochka tizimida 
foydalaniladigan 
protokollarga 
va 
aksincha 
ikki 
tomonlama 
qayta 
shakllantirishlarni bajaruvchi maxsus shlyuz-konverotdan foydalaniladi. Shlyuz-
konvertor bank tomonida yoki tashqi protsessing markazida o‘rnatiladi Bank 
kartochkalaridan foydalanib, mijoz bankomatdan naqd pul mablag‘larini olishi 
yoki supermarketdan mahsulot sotib olishda foydalanishi mumkin, «Rapida» tizimi 
esa aynan shu hisob-raqamidan telekommunikatsiya va maishiy xizmatlarga 
to‘lovlar to‘lashda, internet-do‘kondan xaridlar qilishda va ko‘plab shu turdagi 
to‘lovlarni foydalanib amalga oshirishga imkon beradi. 
«Rapida» tiziminiig asosiy xususiyati shundan iboratki, uning mijozlari amaliy 
jihatdan har qanday moliyaviy risklardan holi bo‘ladi. Bu esa BEHPni lizenziyaga 
ega bo‘lgan nobank kredit tashkilot ekanligi bilan bog‘liqdir. Bu uning aktiv 
operatsiyalar bilan shug‘ullanmasligini va jismoniy shaxslarga hisob-raqamlari 
ochmasligini, uning vazifalariga faqat hisob-kitoblanii amalga oshirish kirishini 
bildiradi. 
Istalgan tijorat shartnomalarining oxirgi bosqichi davlatda yuritilayotgan to’lov 
tizimlaridan biri asosida xisob - kitob qilish bilan yakunlanadi. 
Bu to’lov tizimlarini to’lov tizimlar texnologiyasining tasnifi deyish 
tugrirok.Chunki, xaqiqatda ishlayotgan tizimlar kupincha yuqorida aytib utilgan 
mexanizmlarni xar xil kombinastiyada ishlatishadi. 
Kreditli sxemalar ishlatish bilan amalga oshiriladigan to’lovtizimlari.
 
Kredit kartochkalarini to’lov vositasida ishlatadigan tizimlar xozirgi vaqtda 
dunyo miqyosidagi to’lov tizimlari orasida eng yukori urinda turadi.Internetda xisob - 
kitobga plastik kartochkalar ishlatishning yutug’i ularning ko’p jihatdan an’anaviy 
to’lov tizimlari bilan o’xshashligidandir.Bunday holatda Internet ma’lumot 
uzatishning axborot xavfsizligini ta’minlash texnologiyalari bilan amalga oshirishda 
ishlatiladi. Bu tizimlarga S
U
$
G
SazI; O
R
$
P
MagkeG, Fist Virtual va boshqa bir qator 
to’lov tizimlari kiradi. SSL protokoli bilan bir qatorda shu kabi tizimlarda axborot 
almashinuvida ma’lumot uzatishning SET protokoli (Secure Electronic Transaction) 
ishlatiladi va u kredit kartochkalari raqamlarini ishonchli ximoyalashni ta’minlaydi. 
L SET spestifikastiyasi (Masteg Sagyo va Visa, Netssare, 1VM, Verisign 
yordami bilan ishlab chikarilgan) kreditli karta ishlatishda tovarlarning narxini 
to’lashning eng xavfsiz yo’llaridan biri. 
SET spestifikastiyasi asosida ommaviy kalit va raqamli sertifikatlar bilan 
ishlatish kriptografiyasi yotadi. 


SET protokoli iste’molchining o’g’irlangan yoki soxta kartochkalar bilan 
bo’ladigan bezoriliklardan ximoya qiladi.SETning bugungi kunda kamchiligi, bu 
uning ishtirokchilari o’zlarida maxsus dasturiy ta’minot o’rnatishlari keragidir, bu esa 
ma’lum investistiyalar talab kiladi.Bundan tashqari, oxirgi vaqtlarda o’tkazilgan 
testlarga muvofik tranzakstiyalarning shifrlash operastiyasi tufayli etarlicha tez 
ishlatilayotgani haqida fikrlar yetkazildi.Shunga qaramasdan, SET protokoli 
Internetning elektron tijorat kelajagi sifatida qaralmokda. SET protokoli haqida tuliq 
ma’lumotni quyidagi adres bilan olish mumkin: 
http://www.emoney.ru/publish

Iste’molchi nuqtai nazaridan qaraganda kredit tizimining asosiy kamchiliklari 
kuyidagilar: 

tranzakstiya o’tqazishga xarajatlarni ko’paytiruvchi mijozning to’lov 
qobiliyatini tekshirish va kartochkaning avtorizastiyasini tekshirish 
zarurati. Chunki xar bir tranzakstiyaga kartochka emitenti tranzakstiya 
summasidan 1,5 - 3% oladi, lekin u 20% dan oshmaydi. Aks xolda esa, 
tovarlar to’lovini quyi diapazonda o’tqazish xech qanday samara 
bermaydi; 

anonimning yo’kligi, savdo tizimlari tomonidan majburiy servis; 

kredit, kartochkada ishlovchi elektron do’konlar sonining cheklanganligi; 

kredit xisobi ochishning kerakligi; 

"kartochka ma’lumotlarini tarmoqda uzatish" kompleksi. 
Debit tizimi (Net Sash, Net Bill va boshqalar) chek yoki naqd pullarning raqamli 
ekvivalentini ishlatishga asoslangan. Debitli sxemalar ishlatish bilan amalga 
oshiriladigan to’lov tizimlari.Bunda raqamli naqd pulga asoslangan debit tizimi 3-
shaxs tomonidan tasdiqlasraqamlihni talab qilmaydi, ularni ishlatish baxosi (narxi) "0" 
ga intiladi, ya’ni buni mikra to’lovlarda ishlatish qulay. 
Misol sifatida Sashni kurib chikamiz. Bu tizim 1994 yildan beri faoliyat ko’rsatib 
kelmoqda va ishlatishga juda qulay. Potenstial xaridor avval Net Bankda kupon sotib 
olishi kerak. Buning uchun u pochta dasturi yordamida yoki to’g’ridan-to’g’ri Net 
Sash Web saytida so’rovnoma orqali o’n beshtali kupon oladi va uni sotuvchiga tovar 
yoki xizmatga almashish uchun jo’natadi. Net Sash shifrlashni ishlatmaydi va Web-
brauzerlarning qurilgan imkoniyatlari va xatlarni shifrlashning boshqa tizimlariga 
tayanadi. Nazariy jixatdan olib qaraganda, kupon boshqa odamlarning imzosiga tushib 
qolishi va undan asl mijozgacha foydalanishi mumkin. 
Mijoz sotuvchiga xamisha noma’lum bo’lib qolaveradi.Shuning uchun bunday 
tizimni anonim deyish mumkin. Net Sash tizimi to’lov xavfsizligi yetarlicha darajada 
bo’lmasa xam, oddiy va keng tarqalgan. Net Sashda boshlang’ich to’lov 19,95 $ 
miqdorida belgilanib, Net Bankda xisob raqami ochilishi kerak. 
Mijoz kupon olayotganida 2% tulaydi (minimum 2 $), sotuvchi Net Bank ga 
qaytarib berayotganda 2% (minimum 4 $) miqdorida to’laydi. Bu xaqda to’liq 
ma’lumotni quyidagi manzil bo’yicha olish mumkin: 
http://www.netcash.ru/

http://netbill.ru/

Raqamli naqd pullar bilan amalga oshiriladigan to’lov tizimi
 
Raqamli naqd pullar Internetda xisob - kitobning yangi turi xisoblanadi. 
"Raqamli naqd pul" termini elektron to’lov tizimi kategoriyaeini aniqlaydi.Ular 
naqd pullarni real xayotdan Internet xayotiga o’tqazishga xarakat qiladilar. 


Raqamli naqd pullar - bu juda katta sonlar yoki fayllar bo’lib, ular belgilar 
funksiyasini bajarishadi va boshqa to’lov tizimlaridan farqli ularoq, bu fayllar shu 
pullarning o’zi xisoblanadi. 
An’anaviy jismoniy naqd pullarga karaganda raqamli naqd pullar bir kancha 
afzalliklarga ega. Masalan, uni ishlatish xo’jayiniga anonim darajasida boshqarishni 
ta’minlab beradi, bu kompyuter jinoyatlariga karshi kurashda muxim axamiyatga ega. 
Elektron naqd pullar oqimini real vaqt rejimida qidirib topish mumkin, jismoniy 
naqd pullarda esa buni umuman amalga oshirib bo’lmaydi.Raqamli naqd pullar 
tizimini ishonchli tarzda ishlatishni zamonaviy kriptografiya ueullari ta’minlab 
beradi.Bunday tizimlar faoliyat kursatishi uchun bulgan xarajatlar minimaldir. 
Undan tashkari, exemalarda kredit kartalari xisob - kitobining yukligi ularni 
mikro to’lovlarda ishlatishga imkon beradi. Raqamli naqd pullar ma’noeiga kura debit 
tizimlariga kiradi. Raqamli naqd pullarda ishlashni rivojlantirgan kompaniyalarga Sku 
Bank, Digi Cash, Rossiya Rou Sash. Bugungi kunda raqamli pullar ishlatishda 2 ta 
asosiy to’lov konetrukstiyalari bor: 
-
(Digi Sash) professor D. Chaum tomonidan ishlab chikarilgan 
to’lovlarga katilgan; 
-
Mondex korporastiyaeining elektron pullari, to’lov avtonomga ega va 
avtorizastiyaga muxtoj emae. 
Internet-banking.To’lov tizimlari orasida aloxida gurux Internet - banking 
funkstiyasini bajaruvchi tizimi, ya’ni Internet orqali bank operastiyani amalga oshishi 
hisoblanadi. 
Ularni o’tkazishga imkon beradigan operastiyalar o’ziga bank hisoblarini 
boshqarish bo’yicha xamma xizmatlarni qamrab oladi. Rossiyada xozir Internet 
bankiga " Avtobank ", "Guta -bank" va KB "Grado Bank" banklar tizimi va boshqalar 
kiradi. 
Umuman olganda, raqamli naqd pullar bilan ishlashga muljallangan to’lov 
tizimlari xozirgi vaqtda SET - qushma tizimlar bilan rakobatlashadilar va elektron 
tijoratga va to’lov tizimiga jalb etilgan kupgina kompaniyalar ikkilanib koladilar. SET 
sexemasi bo’yicha to’lovmi yoki elektron naqd pullar to’lovi yaxshimi? 
Bir muncha vaqt oldin xamma elektron naqd pullar afzalligiga ishongan bulsa, 
xozir akeincha, koneervativ kreditlar ularni sikib chikarmokda. 
Rossiyada elektron tijorat to’lov tizimlari. 
Rossiyada elektron tijoratning rivojlanishini ta’minlayotgan elektron to’lovlarni 
amalga oshirishda real ishtirok etayotgan asosiy to’lov tizimlarini kurib chiqamiz. 
Sueg Rlat. Bu tizim (
http://www.cyberplat.ru
) Rossiyadagi I to’lov tizim laridan 
biri bo’lib, (SUEGRLAT
konsepsiyasi asosida debitlash sxemasi yotadi va kelajakda 
Internet-banking imkoniyatlari paydo buladi). Internet -tijoratning korporativ 
sektorida xisob vositasi sifatida rivojlanyapti (V2V elektron tijorat modeli) lekin bu 
tizim jismoniy shaxslarni jalb qilishga xam imkoniyat yaratayapti. Bu tizim internetda 
real pullar bilan bir vaqtda naqd pulsiz xisobni ham amalga oshiradi, internet-
do’konlarda oldi-sotdi xisob-kitobi mijozlarning "Platina" bankidagi xisob varaqasida 
ham, 
ixtiyoriy 
bankning 
kredit 
kartochkalarida 
ham 
amalga 
oshirilishi 
mumkin.hamma ma’lumot almashinuvlar Internet tarmogida amalga oshiriladi. 
Assist. Assist tizimi (
http://www.assist.ru
) 1999 yil aprelda ishga tushgan bo’lib, 


u Internetga ulangan ixtiyoriy kompyuterda Internet provayderlari mijozlarning 
shaxsiy xisob varaqalaridan yoki kredit kartochkalaridan "ON" rejimida avtorizastiya 
o’tkazish va to’lovlarni qayta ishlash imkonini yaratadi. 
Assist tizimi orqali Internet do’konda oldi - sotdini xisob - kitob qilish uchun 
"Visa, Euro, SaM, Masteg Saq, Dinners Club, 7SV, American Exrgess lardan kredit 
kartochkaga ega bulish yoki yirik Internet provayderlardan birining mijozi bo’lish 
kerak. Shunday qilib assist asosan kredit kartochkalari orqali ishlovchi tizim bo’lib, 
o’zida debit sxemasining ba’zi elementlarini xam mujassamlashtirgan. Assist web - 
sayti ma’lumotlariga qaraganda 60 dan ortiq korxonalar bu tizimdan foydalanadilar. 
Web Money (
http://www.webmoney.ru
) Web Money tizimi ixtiyoriy Internetdan 
foydalanuvchiga xavfsiz naqd pulli to’lovlarni amalga oshirishga, "O

-te" rejimida 
Web -topish deyiluvchi elektron naqd pullar bilan xisob -kitob qilishga imkon beradi. 
Rossiyada tizimni ishlab chiqish va texnik qo’llash bilan "Vm-stentr" tashkiloti 
shugullanadi va u Web M
OP
$

dan foydalanuvchilarni birlashtiradi. Tizimning mijoz 
lari Internet - do’konlar va ularning iste’molchilari xisoblanadilar. Bir tomondan 
qaraganda bular Internet - do’konlar, boshqa tomondan esa, xisob -kitob qilishning 
an’anaviy usulidan foydalanilmaydigan yoki imkoniyati yuq, ixtiyoriy Internetdan 
foydalanuvchilar xisoblanadi. 
Uy banki. Avtobankning Internet banking tizimi "Uy banki" deyiladi va u shaxsiy 
korxonalarning bankdagi real xisob raqamlarini Internet orqali boshqarish xisoblanadi. 
"Uy banki" uz foydalanuvchilariga 24 soat davomida, real vaqt rejimida er yuzining 
ixtiyoriy nuqtasidan tuliq bank xizmatini yaratib beradi. 
" Uy banki " Internet orqali real vaqt rejimida quyidagi operatsiyalarni bajarish 
imkonini beradi: 

dollar $ olish va sotish; 

kommunal xizmatlarni tulash; 

ichki va banklararo pul o’tkazishni amalga oshirish; 

Internet - provayderlar xisoblarini tulash; 

depozitlar ochish; 

kartochkali xisoblarni tuldirish. 
Telebank.(http://www.telebank.ru)Yana bir Internet banking funkstiyalarni 
amalga oshiruvchi "Telebank" tizimi bo’lib, u KB "Guta-bank" tomonidan ishlab 
chikarilgan. Tizim shaxsiy korxonalariga masofaviy (distanstion) bank xizmati 
ko’rsatish imkonini beradi.Bu operastiyalar dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan Internet 
yoki telefon orqali bajariladi.Tizim xar xil to’lov yoki informastion xizmatlarni 
boshqarish imkonini yaratib beradi." Telebank - onlayn" orqali kommunal to’lovlar va 
telekommunikastion xizmatlarni tulash mumkin (Masalan, "Bilayn", " Mobil 
Telekom", MSS, MTS, "NTV Plyus"). 
Grad o (
http://www.grado.ru
) KB "Krado bank" tomonidan ishlab chiqarilgan va 
naqd pulsiz elektron xisob - kitob qilishga mo’ljallangan. "Grado" Internet bankning 
tizimida ishlaydi va foydalanuvchiga "Grado bank" dagi xisob varakasidan 
Rossiyaning ixtiyoriy bankiga pul o’tkazish imkonini beradi. 
2008 yilga kelib O’zbekistonda PayNet, FastPay, UniPay, E-pay, Ekarmon kabi 
to’lov tizimlari faoliyat yuritmoqdalar.Ular orasida faqat Ekarmon orqali naqd pulsiz 
to’lovlarni amalga oshirish imkoniyati bor. Unda boshqa tizimlar o’z punktlariga ega 


bo’lib, ular orqali ma’lum bir xisob raqamiga pul o’tkazishingiz mumkin. Masalan, 
PayNet tizimi keng tarqalgan bo’lib, xozirda uning O’zbekiston buyicha barcha 
viloyat va shaxarlarida 9000 ga yakin to’lov punktlari mavjud. Bu punktlar orqali 
mijoz mobil telefon va xujalik xizmatlari uchun (gaz, elektr, suv v.x.) to’lovlarni 
amalga oshirishi mumkin. 
Mijoz PayNet bilan ishlaganda uning ixtiyoriy punktiga kirib, operator yoki 
provayder nomini, provayder tomonidan urnatilgan xizmat nominali yoki telefon 
raqamini aytadi va naqd pul berish bilan amalga oshiradi. Mijozdan kabul kilingan 
to’lov xakidagi ma’lumot PayNet tizimiga uzatiladi. Bu tizimda mos keluvchi 
provayderga ma’lumotlar marshrutizastiyasi yuz beradi.PayNet tizimining 
tranzakstiyasi yakunida mijozga mo’ljallangan axborot cheki bosmadan 
chiqariladi.Agent pul mablag’larini PayNet xisobiga mijozdan qabul qilgan to’lovlari 
asosida o’tkazadi.Qabul qilingan to’lovlar operator yoki provayder billingida xam 
yozib qo’yiladi. Agent kabul kilingan to’lovlar asosida operator yoki provayder 
xisobiga pul o’tkazadi. Shundan sung provayder yoki telefon operatori mijoz uchun 
xizmatni amalga oshiradi. Agar mijoz mobil telefon uchun pul to’lagan bo’lsa, 
operator tomonidan unga xisob to’ldirilganligi haqida SMS xabarini yuboradi. 
E-pay elektron to’lov tizimi 2007 yil iyun oyidan boshlab faoliyat ko’rsatib 
kelmokda. To’lovlar xozirda Perfectum Mobile, Beeline va COSCOM uyali aloqa 
xizmatlari uchun qabul qilinmokda. Yaqin vaqt ichida boshqa uyali aloqa operatorlari 
xizmatlari uchun xam to’lovlarni amalga oshirish rejalashtirilmokda.To’lovlar 
agentlar tarmog’i orqali amalga oshiriladi. Tizimning afzalligi ulanish osonligi va 
depozit 50 ming sum ekanligidir. Bundan tashkari, tizim sayti TAS-IX tarmog’ida 
joylashgan.Bu esa agentlarning Internet trafigini tejashga yordam beradi. 
E-pay to’lov tizimi “Online-Servis-Biznes” (OSB) mas’uliyati cheklangan 
jamiyat tomonidan ishlab chikilgan va OSB kompaniyasining xizmatidir. To’lov 
tizimi bilan bog lik barcha shartnomalar, xukukiy va moliyaviy masalalar OSB 
tomonidan xal qilinadi. Kompaniya o’z faoliyatini 2006 yildan boshlagan.Shu vaqt 
ichida OSB mutaxassislari E-pay tizimini ishlab chikib, 2007 yil iyun oyidan boshlab 
ishga tushirdilar. Bu tizim kulayligi va xavfsizligi buyicha barcha jaxon standartlariga 
javob beradi. Kompaniya falsafasi mijozlarga, kompaniya xizmatchilariga xurmat 
bilan muomala qilishva sifatli xizmat ko’rsatishdir.Quyida tizim ishtirokchilarining 
xamkorligini kursatuvchi tasvirni ko’rishingiz mumkin. 
Yaqin kunlarda O’zbekiston Respublikasi axolisi ozik ovqat maxsulotlaridan 
maishiy va kompyuter texnologiyalarigacha bulgan tovarlarni xarid qilish, mobil 
aloqa, Internet, telefoniya va kommunal xizmatlari uchun xak tulash, shuningdek, 
kino, teatrlarga chiptalarni uy yoki ofislardan chikmagan xolda xarid qilish 
imkoniyatiga ega buladi. Endilikda kimmatli vaqt va asablarni sarflab do’kondan 
do’konga borib, u yoki bu tovarni kidirish xojati kolmaydi. Ushbu masalalarni yakin 
kelajakda ishga tushuvchi va bir kunda 24 soat, xaftasiga 7 kun uzluksiz xizmat 
kiluvchi “eKarmon” elektron to’lovlar tizimi xal etadi. 
Axborot-kommunikastiya, mobil va internet-texnologiyalari soxasida dasturiy 
echimlar ishlab chikaruvchi «Multisoft Solutions» maxalliy kompaniyasi 
2004
yil 16 dekabrda kabul kilingan «Elektron to’lovlar tugrisida»gi qonunga 


xamda Vazirlar Maxkamasining 2007 yil 12 iyundagi 120-sonli «Elektron 
tijoratni amalga oshirishda to’lovlarni o’tkazishni yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari tugrisida»gi qaroriga muvofik “eKarmon” elektron to’lovlar 
tizimini ishlab chikdi. Ayni vaqtda mazkur tizim internet-do’konlar yordamida 
elektron to’lovlarni o’tkazish buyicha «boshlangich loyixa» sifatida takdim 
etilmokda. 
«eKarmon» tizimi Internet tarmogi orqali axoliga tovarlarni xarid qilish, 
xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirish, shu jumladan uyali aloqa operatorlari, 
internet provayderlar, xalqaro va shahar telefonlari, hamda kommunal xizmatlar 
uchun haq tulash imkonini bermokda. Ushbu tizim milliy valyuta sumga bog’langan 
bo’lib, faqat O’zbekiston Respublikasi xududida amal kiladi. 
Uchinchi shaxslarning tizimga ijozatsiz kirishidan ishonchliligi va ximoyasining 
garovi, Elektron raqamli imzolanining (ERI) qo’llanilishi sanaladi. ERI 2003 yil 11 
dekabrda kabul kilingan O’zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo 
tugrisida»gi qonunga muvofik, elektron xujjatdagi ERI ayni bir vaqtning uzida kogoz 
xujjatga kulda uzi kuygan imzo bilan bir xil axamiyatga ega. ERIdan “eKarmon” 
tizimiga kirishda, xamda real vaqt rejimida to’lovlarni amalga oshirishda 
foydalaniladi. Buning uchun tizim foydalanuvchilariga «Multisoft Solutions» 
kompaniyasining ERI kalitlarini Ro’yxatga oluvchi markazi (RO ) tomonidan ERI 
kalitining sertifikati beriladi. 
Eslatib o’tish joizki, yaqinda kompaniya RO i, O’zbekiston aloqa va 
axborotlashtirish agentligida davlat ro’yxatidan o’tdi. ERIni qo’llanilishi, an’anaviy 
«parol va login» lardan foydalanish metodlariga nisbatan, nazariya va amaliyotda 
ustun deb isbotlangan. «eKarmon» tizimida kullaniluvchi ERIning sirli kalitining 
uzunligi 2048 bitni tashkil kiladi; demak, bugungi kunda ERI kalitlarining xar kanday 
komprometastiyasi oldi olinadi. “eKarmon” tizimining a’zosi bulish uchun, ushbu 
tizimning 
www.ekarmon.uz
Internet saytida ruyxatdan utib, “eKarmon” Agentlari 
shaxobchalarda identifikastiyadan utish va tizim tomonidan berilgan uz elektron 
xisobini tuldirishi lozim. Tizimda elektron raqamli imzolarni to’ldirish quyidagi 
usullar bilan amalga oshiriladi: 

tizim Agentlari kassalariga naqd pul mablaglarini kiritish yo’li bilan (fakat 
jismoniy shaxslar uchun). Foydalanuvchining ism- sharifi, elektron xisob 
raqami tekshiruvdan o’tkazilagnadan sung, kiritilgan summa xakida chek 
topshiriladi; 

o’zining bank xisobidan «eKarmon» tizimining bank xisob raqamiga pul 
mablaglarini o’tkazish yuli bilan amalga oshiriladi. 
Bunda pul mablag’lari tizim foydalanuvchilarining elektron xisoblarida 
avtomatik tarzda aks ettiriladi. Aynan ushbu mablaglardan, foydalanuvchilar uy yoki 
ofislardan tashkariga chikmay butun respublika buyicha tovar va xizmatlar (kino, 
teatr, xavo va temir yul transporta uchun chiptalar, kiyim kechak, ozik-ovkat, kredit va 
x.k) uchun xak tulash imkoniyatiga ega buladilar. Real vaqt rejimida tovar va 
xizmatlarini taklif etish istagida bulgan xujalik sub’ektlar xam «eKarmon» tizimida 
aloxida ruyxatdan utishlari lozim. Ularga «eKarmon» tizimi orqali elektron savdoni 
amalga oshirishlarida foydalanish uchun ERI kalitlarining sertifikatlari RO tomonidan 
topshiriladi. 


Tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi sub’ektlarning ulanishi, ularning internet-
saytlari, internet-do’konlari yoki savdo maydonlarining «eKarmon» internet-to’lovlari 
tizimiga ulanishi orqali amalga oshiriladi. “eKarmon” tizimida tovar va xizmatlar 
«onlayn» rejimida sotilishda O’zbekiston Respublikasining amaldagi konunchiligiga 
muvofik elektron xujjat shaklida tuzilgan kelishuv nazarda tutilgan. «eKarmon» 
tizimining kushimcha. funkstiyalari qatorida, bitta foydalanuvchining elektron 
xisobidan ikkinchi foydalanuvchining elektron xisobiga mablaglarni o’tkazish, tizim 
a’zolarini baxolash (attestastiya) xamda foydalanuvchilarning pul mablaglarini bank 
xisob raqamlariga chikarish kabi imkoniyatlar xam mavjud. 
Axoliga ishonchli, xavfsiz va maksimal darajada kulay tizim takdim etish 
maksadida, ishga tushish arafasida turgan «eKarmon» tizimi, O’zbekiston 
Respublikasining tegishli vazirlik va idoralariga kurib chikish uchun taklif etilgan edi. 
Bildirilgan tavsiyalarni inobaga olgan xolda, tizimni kushimcha.modullar bilan 
yanada takomillashtirish karori kabul kilindi. Undan tashkari, kompaniya vakillari 
O’zbekiston xududida etakchi innovastion texnologiyalarini tatbik etish va 
rivojlantirish soxasida me’yoriy-xuquqiy xujjatlarni ishlab chiqish, takomillashtirish 
va ijro etilishiga bagishlangan tadbirlarda faol qatnashmokda. 
«Multisoft Solutions» Kompaniyasi “eKarmon” elektron to’lovlar tizimini joriy 
etib, axborot-kommunikastiya texnologiyalari soxasida yangi dasturiy echimni taklif 
etibgina kolmay, uz oldiga, O’zbekiston Respublikasi xududida elektron raqamli 
imzoni kullash, elektron xujjat almashish va elektron tijoratni joriy etish 
infratuzilmasini rivojlantirishda uz xissasini qushish uz oldiga maksad kilib kuygan. 
. ELEKTRON TO‘LOV TIZIMLARI 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish