Тashkilotlarga berilgan domen nomlari:
com
|
Commercial (tijorat)
|
mil
|
military (harbiy)
|
edu
|
educational (ta’lim)
|
net
|
network (tarmoqlar bilan ishlovchi tashkilotlar)
|
gov
|
government (hukumat)
|
org
|
organization (notijorat tashkilotlari)
|
info
|
Information (Axborot xizmatlari ko`rsatuvchi tashkilotlar)
|
tv
|
televideniye kanallari
|
Har bir davlat ikki harfdan iborat o`z geografik domen nomiga ega.
Geografik domen nomlari:
-
ae
|
United Arab Emirates (Birlashgan Arab amirliklari)
|
au
|
Australia (Avstraliya)
|
be
|
Belgium (Belgiya)
|
br
|
Brazil (Braziliya)
|
by
|
Belarus (Belorussiya)
|
ca
|
Canada (Kanada)
|
ch
|
Switzerland (Shveysariya)
|
cz
|
Czech Republic (Chexiya)
|
de
|
Germany (Germaniya)
|
dk
|
Denmark (Daniya)
|
do
|
Dominican Republic (Dominikan Respublikasi)
|
ee
|
Estonia (Estoniya)
|
es
|
Spain (Ispaniya)
|
fi
|
Finland (Finlyandiya)
|
fr
|
France (Fransiya)
|
hu
|
Hungary (Vengriya)
|
il
|
Israel (Izrail)
|
in
|
India (Indiya)
|
jp
|
Japan (Yaponiya)
|
kg
|
Kyrgyzstan (Qirg`iziston)
|
kr
|
South Korea (Janubiy Koreya)
|
kz
|
Kazakhstan (Qozog`iston)
|
lt
|
Lithuania (Litva)
|
lv
|
Latvia (Latviya)
|
mx
|
Mexico (Meksika)
|
nl
|
Netherlands (Gollandiya)
|
no
|
Norway (Norvegiya)
|
nz
|
New Zealand (Yangi Zelandiya)
|
pl
|
Poland (Polsha)
|
ro
|
Romania (Ruminiya)
|
ru
|
Russia (Rossiya)
|
si
|
Slovenia (Sloveniya)
|
sk
|
Slovak Republic (Slovakiya)
|
uk
|
United Kingdom (Buyuk Britaniya)
|
ua
|
Ukraine (Ukraina)
|
uz
|
Uzbekistan (O`zbekiston)
|
yu
|
Yugoslavia (Yugoslaviya)
|
za
|
South Africa (Janubiy Afrika Respublikasi)
|
Davlatlar domenlari nomlarida yana tashkilotlar va georgafik domenlar ishlatilishi mumkin. Domen nomlari ham takrorlanmas bo`lishlari kerak. Masalan bir davlat miqyosida ikki kompaniya bir xil domenli nomga ega bulishiga yo`l qo`yilmaydi.
Domenli adreslardan foydalanilsa, u holda IP-adresning nima keragi bor, degan savol tug`ilishi mumkin. Agar Internet so`rovida adres sifatida domenli nom ko`rsatilgan bo`lsa, domen nomlarini muvofiqlashtiruvchi server bu nomni IP-adresga aylantirib beradi. Shunday qilib, domen nomlariuga xizmat ko`rsatish tizimi (DNS) muammosiz domenli nomlarni sonli IP-adreslarga aylantiradi yoki aksincha.
7. Resursning yagona, qaytarilmas adresini tasvirlash
URL (Uniform Resource Locator- resursning joylashgan adresini ko`rsatuvchi) dastlab 1990 yilda Тim Berners Li tomonidan taklif etildi. Bundan maqsad adres bo`yicha resurs joylashgan nom aniq ko`rsatilishi kerak edi. Ushbu adreslash tizimi Internetra murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli bo`lib, u aniq Internet adresini ifodalaydi. URL adresidan ixtiyoriy foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Ya’ni, bu adresdagi ma’lumotdan barcha foydalanuvchilar bir paytning o`zida foydalanishi mumkin.
URL adres umumiy ko`rinishda quyidagi formatga ega
:
bu HTTP, FTP va gorher kabi protokol nomlaridan biri.
faylning uzoqdagi kompyuter fayl tizimidagi to`liq adresini aniqlaydi.
Bu sxemaning ko`plab foydalanuvchilarga tanish bo`lgan boshqacha tasviri quyidagi ko`rinishga ega:
Bog`lanish sxemasi: //mashina nomi/domen nomi/faylning to`liq nomi.
Bog`lanish sxemasi nomi Internet kompyuter adresi bilan ikkita og`ma chiziq bilan chegaralanadi, u esa bitta og`ma chiziq bilan faylning to`liq nomi bilan ajratiladi. Ko`pchilik hollarda URL-adresda HTTP, FTP va Gorher kabi protkollar ko`rinishiga ega.
URL –adresni batafsilroq tushunish uchun misollardan foydalanamiz.
HTTP://www.youthcenter.com/index.html
Bu URL adres tarkibiy qismlarini ko`rib chiqaylik:
HTTP resursdan foydalanishda gipertekst (HyrerText Transfer Rrotocol) protokoli ishlatilyapti.
www.youthcenter.com izlanayotgan ma’lumot joylashgan Internet sahifa nomi.
index.html faylning kompyuterdagi to`liq nomi.
Ko`pchilik Web-sahifalar nomlanishi shu sxemaga mos keladi. E’tibor bergan bo`lsangiz, ba’zan HTTP, FTP yoki gorher protokollariga oid resurslarga murojaat qilinganda, faylning to`liq nomi bitta og`ma chiziq bilan tugallanadi. Bu aniq faylga emas, balki belgilangan katalog ostiga murojaat etilganda sodir bo`ladi. Bu adresga murojaat qilinganda, kompyuter mazkur katalog va faylga mos standart indeksli faylni beradi. HTTP ning standart indeksli fayli odatda index.html (yoki index.htm) deb ataladi. Shu bilan birga u yana home.html, homerage.html, welcome.html yoki deault.html deb atalishi mumkin.
URL adresga doir boshqa misollar:
Do'stlaringiz bilan baham: |