Qanday ulanish mumkin?
Ushbu usulda ulanish uchun provayder bilan shartnoma tuzish zarur. Provayder bilan qurilmalar mosligi, ularning parametrlari haqida kelishib olish kerak. Keyingi paytlarda provayderlar tayyor paket asosida ushbu ulanish usulini taqdim etmoqdalar. Bunday paketda zarur qurilmalar, uldanish yo`riqnomasi, tarif rejalari bo`yicha summa ko`zda tutilgan. Faqat tegishli qurilmalarni kompyuterga ulab, ulanish parametrlarini sozlash kifoya. Тo`lovlarni maxsus Internet-kartalar asosida tamalga oshirish ham mumkin.
Ulanish narxi ADSL modem turiga qarab ($50 dan $150 gacha) va provayder xotamtoyligiga qarab – ulardan ba’zilari ulanishning o`ziga $50 gacha narx so`raydilar. Har oyda 400-500 Mb trafik uchun $10-20, yoki cheklanmagan trafik uchun $30-100 atrofida haq to`lash kerak..
Do'stlaringiz bilan baham: |