Bugungi kunda qishloq joylarda uyali aloqa xizmati abonentlari soni 5 millionga yetgani, bu esa mamlakatimiz bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichning 30 foizini tashkil etayotgani va ushbu raqam tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgani ham shundan dalolat beradi. - Bugungi kunda qishloq joylarda uyali aloqa xizmati abonentlari soni 5 millionga yetgani, bu esa mamlakatimiz bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichning 30 foizini tashkil etayotgani va ushbu raqam tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgani ham shundan dalolat beradi.
- Shu bilan birga, qishloq hududlarida yangi texnologiyalar asosida kommunal xizmatlar uchun ekspress to‘lovlarni qabul qiladigan 3 mingta shoxobcha tashkil etildi.
- Ayniqsa, joriy yilda 4 ming 200 ta qishloq maktabi, takror aytaman, faqatgina qishloqda joylashgan maktablar internet tarmog‘iga ulangani bu sohada amalga oshirgan jiddiy ishlarimiz qatoriga kiradi.” (2009 yil, 5 dekabr)
- “Yurtimizda Internet tizimidan foydalanuvchilar safi jadal sur’atlar bilan kengayib bormoqda. Bugungi kunda ularning soni 6 milliondan ortib ketgani ham buni tasdiqlab turibdi” (2010 yil, 12 noyabr)
- “Shu bilan birga, zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiyalar, internetni nafaqat maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlariga, balki har bir oilaga joriy qilish harakatlari bugungi kunda tobora kuchayib bormoqda. Aynan zamonaviy aloqa va axborot texnologiyalari tizimini keng ko‘lamda rivojlantirish mamlakatimiz va jamiyatimizning taraqqiyot darajasini ko‘rsatadigan mezonlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Joriy yilda bu borada amalga oshirilgan ishlar natijasida bugungi kunda yurtimizda 6 million kishi internetdan foydalanmoqda, ularning yarmini mobil aloqa orqali internetdan foydalanuvchilar tashkil etadi.” (2010 yil, 7 dekabr) - Joriy yilda bu borada amalga oshirilgan ishlar natijasida bugungi kunda yurtimizda 6 million kishi internetdan foydalanmoqda, ularning yarmini mobil aloqa orqali internetdan foydalanuvchilar tashkil etadi.” (2010 yil, 7 dekabr)
- “Aholining internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati kengayib borayotganini albatta ijobiy baholash lozim. 2010 yilda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 1,4 barobar ko‘paydi va 6,6 million kishidan oshdi.” (2011 yil, 21 yanvar)
- “Yil davomida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmining 41,6 foizga o‘sganini bugungi kun talablariga javob beradigan ijobiy tendensiya sifatida baholash lozim.
- Bu ko‘rsatkich, avvalo, mobil aloqa va Internet tarmog‘i xizmatlaridan foydalanadigan abonentlar sonining o‘sishi hisobidan ta’minlandi. Bunda hisobot yilida aholi uchun Internet xizmatlaridan foydalanish tariflarini 22 foizga kamaytirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etdi. Hozirgi kunda mamlakatimiz aholisining 8 millionga yaqini Internet tarmog‘idan faol foydalanmoqda.” (2012 yil, 19 yanvar)
Do'stlaringiz bilan baham: |