Internet tezligi va sifati Provayderga bog‘liq. Provayderni tanlashda quydagilarni xisobga olamiz:
Internet tezligi va sifati Provayderga bog‘liq. Provayderni tanlashda quydagilarni xisobga olamiz:
Provayder kanday tarmoqdan foydalanadi.
Domen ochish imkoniyati.
Bog‘lanish va ma’lumotlarni uzatish tezligi.
Kushimcha xizmatlar ruyxati va ularning baxosi.
Agar biron-bir mahalliy tarmoq bevosita Internet ga ulangan bulsa, u holda maskur tarmoqning xar-bir ishchi stansiyasi Internet ga ulanishi mumkin. Internet ga mustaqil ulangan kompyuter xam mavjud. Server - bu boshqa kompyuter va dasturlarga xizmat ko‘rsatadigan kompyuter yoki dasturdir. Kompyuterlarga uzining fayllaridan ruxsat beruvchi kompyuter server hisoblanadi. Bitta kompyuterda bir nechta server ishlashi mumkin.
Hozirgi kunda Internet ning WWW xizmati kundan kunga rivojlanib mukammal ma’lumotlar manbasiga aylanib bormoqda. Internet ning bu xizmat turlaridan foydalanish uchun avvalo mijoz kompyuterlarida shunday imkoniyatlarni yaratib beruvchi maxsus dastur ta’minoti bo‘lishi zarur. Bunday dastur ta’minoti brauzerlar deb ataladi. Eng birinchi Brauzer CERN (Yevropa fizika tadqiqotlari markazi) xodimi Tim Berner tomonidan kashf qilingan Mosaic brauzeridir. Dunyoda eng ko‘p foydalaniladigan Brauzerlar Netscape Communication va Internet Exploler hisoblanadi. Brauzerlarni asosiy talablardan biri, bu web sahifalarini qaysi texnologiya yordamida ishlatishidan hamda qaysi dasturlash tilida yozilganidan qat’iy nazar undan to‘liq foydalanish imkoniyatini berish. Netscape Navigator bu Web Brauzerlari bo‘lib, uning yordamida World Wide Web da butun dunyo bo‘ylab sayoxat qilish, butun dunyo bo‘yicha tarkalgan va yaxlit holda ishlayotgan o‘zida turli hujjatlar, audio va vedio kliplar, grafikalar tijoratlarning malumotlar mujassamlashtirilgan va Internet ulangan kompyuterlar - Web serverlardan foydalanish imkoni bor.
Internetda ishlash uchun bizga maxsus dasturlar «internet yo‘lovchilari» yordam berishadi. Uni ishga tushirish uchun biz Пуск menyusiga kirib Программы bo‘limni tanlaymiz va shu bo‘limdagi Internet Explorer dasturni (yoki ekrandagi yorliqni) tanlaymiz.
Har bir dastur oynasiga o‘xshab bu dastur ham o‘zining menyusi va yordamchi tugmalariga ega. Oynaning eng yuqorisida menyu satri joylashgan. Bu dasturni ishlash holatlarini to‘g‘ri o‘rnatish uchun biz menyudan foydalanamiz. Quyida biz shu menyuning har bir bo‘limini alohida ko‘rib chiqamiz.