1980-yillar INTERNETning keskin usish davri bo‘ldi. Kompyuterlarning markazlashmagan boshqarish tarmog‘i bilan bog‘lanish sxemasi butun dunyoga tarkaldi va chet el tarmoqlari tashkilotchilari AKSh tarmog‘iga ulanishga rozi bulishdi. INTERNET ning butun dunyoni kamrab olishi quyidagi tarmoqlarning kushilishi xisobiga bo‘ldi. NSFNET - AKShning ilmiy-tadqiqot institutlarini, korporasiya va xukumat idoralarini birlashtiruvchi tarmog. (1980 yil) EUNET (Europe Union Network) - Yevropaning UNIX operatsion sitemasida va UUCP xamda TCP/IP da ishlaydigan mashinalari tarmog‘i. Markazi Amsterdam shaxrida. (1982 yil) EARN (European Academic Research Network) - Yevropaning o‘quv, ilmiy-tekshirish va tadqiqot muassasalarining tarmog‘i (1983 yil) JUNET - Yaponiyaning UNIX mashinalari tarmog‘i (1984 yil) JANET - Buyuk Britaniyaning birlashgan akademik tarmog‘i (1984 yil)

1983 yilda - Internet tashkil etildi. Internet-axborotlar bilan mustaqil almashish imkonini yaratdi. Internet (International Network – xalqaro kompyuter TARMOQ) butun dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir. 1990 yillar o‘rtalarida Internet biznes-ishlovlar bilan ishlash uchun qo‘llanila boshladi. Biroq, bu borada turli muammolar mavjud edi. Internetning statistik ma’lumotlari quyidagicha:

1981 y. - Internet ga 213 ta kompyuter ulangan.
1983 y. - Internet ga 562 ta kompyuter ulangan.
1986 y. - Internet ga 5089 ta kompyuter ulangan.
1989 y. - Internet ga 100000 dan ortiq kompyuter ulangan.
1992 y. - Internet ga 727000 ta kompyuter ulangan.
1995 y. - Internet ga 20-40 million kompyuter ulangan.
2000 y. - Internet ga 100-379 million kompyuter ulangan.
2005 y. - Internet ga 1 mlrd ga yaqin kompyuter ulangan.
2008 y. - Internet ga 1,5 mlrd ga yaqin kompyuter ulandi.
2010 y. - Internet ga 2,095 mlrd dan ortiq kompyuter (The Royal Pingdom kompaniyasi izlanishlari bo‘yicha internetdan foydalanuvchilar soni 2 095 006 005 tani tashkil etgan) ulandi.
2012 y. - Internet ga 2,405 mlrd dan ortiq kompyuter (2 405 510 175 foydalanuvchi) ulandi.
Hozirgi kunda Internet dunyoning 200 ga yaqin mamlakatlarida milliardlab abonentlarga ega.