Qo‘shma gaparda tinish belgilari. Bog‘langan qo‘shma gaplarda tinish belgilari
1. Bog‘langan qo‘shma gap qismlari o‘zaro qaysi vositalar orqali bog‘lanadi?
A) biriktiruv va zidlov bog‘lovchilari B) teng bog‘lovchilar va ohang C) teng bog‘lovchilar D) teng bog‘lovchilar, ergashtiruvchi bog‘lovchilar
2. Biriktiruv bog‘lovchilari berilgan qatorni ko‘rsating.
A) va, hamda, bilan B) va, ham, -da, -u, -yu, hamda C) va, ham, hamda D) bilan, goh-goh, biroq
3. Zidlov bog‘lovchilari haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri?
A) zidlov bog‘lovchilari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi B) zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasiga shu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi C) keltirilgan barcha fikrlar to‘g‘ri D) zidlovchi bog‘lovchilardan oldin nuqta yoki nuqtali vergul qo‘yilishi ham mumkin
4. Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni ko‘rsating.
A) Yurtimizning bu kuni chiroyli, lekin ertasi, indini yana ham chiroyliroq, baxtliroq bo‘ladi. B) Ishim to‘g‘rilanib ketdi ham yerim o‘zimga qoldi. C) Yo men boray, yo sen kelgin. D) Husayn Boyqaro hazratlari ham shoir, ham ilmparvar emishlar.
5. Bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni ko‘rsating.
A) Bosh yalang Tansiq goh shap-shap suv kechib yuradi, goh uning oyoqlari yelimday loyga botadi. B) Ba’zan sahna, ba’zan minbar vazifasini o‘taydigan so‘ri dam olish joyiga aylantirilgan. C) Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi. D) Bu xonaga shunday jimlik cho‘kkanki, go‘yo unda hayot butunlay yo‘q.
6. Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni ko‘rsating.
A) Ba’zan sahna, ba’zan minbar vazifasini o‘taydigan so‘ri dam olish joyiga aylantirilgan. B) G‘ulomjon goh so‘zlab, goh o‘ylab o‘tirar edi. C) Dam achchig‘im chiqadi, dam kulgim qistaydi. D) Ilgari ham kun shunday qizirmidi yo bu yil yoz issiqroqmi?
7. Buloq shu yerda ammo haligacha bir tomchi suvdan darak yo‘q. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi soda gaplar orasida qanday tinish belgisi qo’llanishi kerak?
A) tire B) vergul C) nuqtal vergul D) ikki nuqta
8. Qaysi qatordagi bog‘langan qo‘shma gap tarkibida vergul noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) Eng yosh qizlarimizga qadar qurbon bo‘lishga, osilish va otilishga rozi bo‘ldilar-u, ammo dushman yo‘lini to‘sdilar. B) Yo podsho biror yerga chiqadi, yoki elchi kelishi kutiladi. C) Odamlarga andisha kerak, lekin undan ham ilgariroq insof kerak. D) Goh uzoqdan oq zar ko‘ylakda ko‘rinadi tog‘lar, tepalar, Goh cho‘zilib quyuq o‘rmonlar ko‘z o‘ngidan asta o‘talar:
Do'stlaringiz bilan baham: |